3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Download 0.61 Mb.
bet166/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

A’zolik badallari – bu jamiyatning ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilangan a’zolik badallari summasi. 21-son BHMS ga muvofiq a’zolik badallarining hisobi 8830 “A’zolik badallari” schyotining kreditida va pul mablag‘lari schyotlarining ( 5010,5110,5210 ) debetida aks ettiriladi. Yig‘ilgan a’zolik badallari jamiyatning faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi. Jamiyat tugatilganda to‘plangan a’zolik badallari uning qarzlarini qoplashga yo‘naltiriladi.

  • Maqsadli foydalanish uchun soliq imtiyozlari- bu davlat qonunlari asosida korxonani maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliqlardan ozod etish natijasida to‘plangan mablag‘lar majmuasi. Ushbu maqsadli tushumlarning hisobi maxsus Nizomga, shuningdek 21- son BHMS ga muvofiq 8840 “Maqsadli ishlatishga doir soliq imtiyozlari” schyotida yuritiladi. Ushbu imtiyozlar ga ega xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soliqlarni Soliq Kodeksi va ularga doir yo‘riqnomalar asosida hisoblaydilar. Hisoblangan soliq summasi korxona ixtiyorida qoldirilganda quyidagi yozuv qilinadi: Debet 6410 “ Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”

    Kredit 8840 “ Maqsadli ishlatishga doir soliq imtiyozlari”

    Soliq imtiyozlari ma’lum muddatga berilgan bo‘lsa, ushbu muddat tugagach, boshqa hollarda esa hisobot yilning oxirida maqsadli ishlatishga doir berilgan soliq imtiyozlari korxonaning rezerv kapitaliga qo‘shiladi va unga quyidagi yozuv qilinadi: Debet 8840 “ Maqsadli ishlatishga doir soliq imtiyozlari”



    Kredit 8530 “Bepul olingan mulk”

    Soliq imtiyozlari sifatida olingan maqsadli tushumlarning analitik hisobi soliq to‘lovlari turlari bo‘yicha olib boriladi.


  • 1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   302




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling