9020 “Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar” - bu passiv va vaqtinchalik schyot asosan ulgurji va chakana savdo korxonalarida, shuningdek o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini firma magazinlari orqali sotadigan ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladi. Schyotning kreditida tovarlarni sotishdan olingan daromad yil maboynida to‘planib boradi, bunda tovarlarni sotish usuliga qarab 5010 “Kassa” schyoti, 4010 “Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4110 “Maxsus ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar debetlanadi. Yil maboynida 9020 “ Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar” schyoti faqat kredit saldosiga ega bo‘ladi va bu saldo yil boshidan boshlab olingan daromad summasini ko‘rsatadi. Yil yakunida ushbu schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |