3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


“Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda”


Download 0.61 Mb.
bet177/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

9320 “Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda” - bu passiv va vaqtinchalik schyotda korxonalar o‘zlarining turli boshqa aktivlarini, masalan materiallarini, xo‘jalik inventarlarini, nomoddiy aktivlari va boshqa aktivlarini sotishdan va boshqa chiqimlaridan olgan foydasini hisobga olishda foydalanadilar. Schyotning kreditida olingan foyda yil maboynida to‘planib boradi. Ushbu foyda boshqa aktivlarning sotish (berish ) qiymatidan ularning tannarxini (qoldiq qiymatini) va sotishdan olingan QQS summasini ayirgandan qolgan summadan iborat bo‘ladi. Masalan, tannarxi 50000 so‘mlik material 72000 so‘mga sotildi deylik. Sotishdan olingan QQS summasi ushbu holda 12000 sumni (72000 *20/120), sotishdan olingan foyda summasi esa – 10000 sumni ( 72000-50000-12000) tashkil qiladi. Nomoddiy aktivlarni sotishdan (berishdan) olingan foyda xuddi asosiy vositalarni sotishdagidek topiladi. Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda summasi debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqimi” schetda va kredit 9320 “Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda”schyotida aks ettiriladi. Yil yakunida 9320- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.


  • Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   302




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling