3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarning hisobi


Download 0.61 Mb.
bet176/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

10.3.Asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarning hisobi


21-son BHMSga muvofiq asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:



  • 9310 “Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda” –bu passiv va vaqtinchalik schyotda korxonalar o‘zlarining asosiy vositalarini sotishdan va boshqa chiqimlaridan olgan foydasini hisobga olishda foydalanadilar. Schyotning kreditida olingan foyda yil maboynida to‘planib boradi. Ushbu foyda asosiy vositalarning sotish (berish ) qiymatidan ularning qoldiq qiymatini va sotishdan olingan QQS summasini ayirgandan qolgan summadan iborat bo‘ladi. Masalan, boshlang‘ich qiymati 500000 so‘mlik, jamlangan eskirish qiymati 300000 so‘mlik kompyuter 440000 so‘mga sotildi deylik. Sotishdan olingan QQS summasi ushbu holda 40000 sumni ((440000 – 200000) *20/120), sotishdan olingan foyda summasi esa – 200000 sumni ( 440000-20000040000) tashkil qiladi. Ushbu foyda summasi debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqimi” schetda va kredit 9310 “ Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda”schyotida aks ettiriladi.

Yil yakunida ushbu 9310- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling