9380 “ Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” - ushbu passiv va vaqtinchalik schyotning kreditida turli yuridik va jismoniy shaxslardan qaytarib bermaslik sharti bilan olingan moliyaviy yordam summalari aks ettiriladi. Bunda olingan yordamning turini aks ettiruvchi schyotlar, masalan, 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 0100 “Asosiy vositalar schyoti”, 1000 “Materiallar schyoti” va boshqa schyotlar debetlanadi. Yil yakunida 9380- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi
9390 “Boshqa operatsion daromadlar”- ushbu passiv va vaqtinchalik schyotning kreditida yuqorida keltirilgan schyotlarga olib borilmagan boshqa operatsion daromadlar, masalan inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, turli qoplama summalar va boshqalar, aks ettiriladi. Bunda mos ravishda TMZ va pul mablag‘larini aks ettiruvchi schyotlar ( 0100,1000,2800,2900,5000 va boshqalar) debetlanadi. Yil yakunida 9390- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Korxonalarning asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarining analitik hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |