3. Model turlari. Model va modellashtirish tushunchasi. Model
Download 20.77 Kb.
|
1. Model va modellashtirish tushunchasi. Model
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik model
- Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir.
Matematik modellar. Tirik organizmlarning tuzilishi, o‘zaro aloqasi vazifasiga oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo‘lib, tajriba ma'lumotlariga ko‘ra yoki mantiqiy asosida tuziladi, so‘ngra tajriba yo‘li bilan tekshirib ko‘riladi. Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o‘rganish tekshirilayotgan biologik jarayonning o‘zgarish xarakterini oldindan bilish imkoniniberadi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo‘li bilan tashkil qilishva o‘tkazish ba'zan juda qiyin kechadi. Biologik model turli tirik ob'ektlar va ularning qismlari-molekula, hujayra, organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashda qo‘llaniladi. Biologiyada, asosan biologik, fizik va matematikmodellardan foydalaniladi. Ijtimoiy-iqtisodiy modellar taxminan, 18-asrdan qo‘llanila boshlandi. F. Kenening“Iqtisodiy jadvallar”ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqarishjarayonining shakllanishini ko‘rsatishiga harakat qilingan. Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish uchun har xil modellardan foydalaniladi.Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo‘jaligi modellariyordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad,ish bilan bandlik, iste'mol, jamg‘armalar, investitsiya ko‘rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellarqo‘llaniladi. Aniq xo‘jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan,murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, matematik modellardanfoydalaniladi. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Model deganda nimani tushunasiz? 2. Model hodisa va jarayonni qanday akslantirishi kerak? 3. Modelning taqribiylik xarakteri qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi? 4. Modellashtirish uslublaridan qaerda foydalaniladi? 5. Modellashtirish qanday ob'ektlarni o‘rganishda, ayniqsa, muhim? 6. Modellarni qanday turlarga ajratish mumkin? 7. Abstrakt va fizik modellarning farqi nimada? 8. Biologik model deganda nimani tushunasiz? 9. Iqtisodiy model deganda nimani tushunasiz? Download 20.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling