3-Modul. Auditning nazariy asoslari 6-mavzu. Auditning mohiyati, zarurligi va axamiyati
Download 311.25 Kb. Pdf ko'rish
|
6-MAVZU. AUDITNING MOHIYATI, ZARURLIGI VA AXAMIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2.Audit maqsadi va vazifalari. Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari. 6.3. Audit va buxgalteriya hisobi o‘rtasidagi farqlar. Audit va taftish
3-Modul. AUDITNING NAZARIY ASOSLARI 6-MAVZU. AUDITNING MOHIYATI, ZARURLIGI VA AXAMIYATI. Reja 6.1.Audit va auditorlik faoliyatining mohiyati. O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o‘rni. 6.2.Audit maqsadi va vazifalari. Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari. 6.3. Audit va buxgalteriya hisobi o‘rtasidagi farqlar. Audit va taftish, ularning o‘xshashlik va farqli tomonlari. Tayanch iboralar: Audit usullari, hujjatli tekshiruv, inventarizatsiya, kalьkulyatsiya, taftish, taxdid, ekspertiza, audit uslubi, auditning turlari, tashqi audit, ichki audit, moliyaviy audit, qonunlarga moslikning auditi, iqtisodiy samaradorlikning auditi, tavakkalchilikning auditi, auditning boshqa turlari, audit turlarining o‘zaro bog’liqligi va farqlari, auditning huquqiy asoslari, «Auditorlik faoliyati to‘g’risida»gi Qonun, «Buxgalteriya hisobi to‘g’risida»gi Qonun, audit standartlari, auditorlik shartnomasi. 6.1. Audit va auditorlik faoliyatining mohiyati. O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o‘rni. Audit shu kunga qadar uzoq tarixga egadir. Birinchi mustaqil auditorlar Yevropaning aktsiyadorlik kompaniyalarida XIX-asrlaridayoq paydo bo‘lgan. Audit so‘zi turli tarjimalarda u "eshitadi" yoki "eshitmoqda" degan ma’noni anglatadi. Auditning paydo bo‘lishi korxonani bevosita boshqarish bilan shug’ullanayotganlar (ma’muriyat, menedjerlar) va uning faoliyatiga pul qo‘yayotganlar (mulkdorlar, aktsiyadorlar, investorlar) manfaatlarini ajralishi natijasi bilan bog’liqdir. Moliyaviy ma’lumotni to‘g’ri ekanligini tekshirish va moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun, aktsiyadorlarni fikri bo‘yicha ishonish mumkin bo‘lgan shaxslar taklif etilar edi. Auditorga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablardan uning so‘zsiz halolliligi va mustaqilligidir. Buxgalteriya hisobining murakkablashganligi auditorning jiddiy malakaviy tayyorgarlikka ega bo‘lishligini taqozo etadi. O‘rta asrlardan boshlab Yevropada hokimiyat shartnomalarini turli javobgarlar tomonidan tasdiqlab, qayd etish odat tusiga kirdi va shu yo‘sinda asta – sekin buxgalteriya hisobi va nazorat shakllana boshladi, XIV asrda ikki yoqlama yozish usuli paydo bo‘ldi va mulk yo‘nalishi ustidan nazorat kuchaydi. 1862 yili Angliyada, 1867 yili Frantsiyada, 1937 yili esa AQSh da majburiy audit to‘g’risidagi qonun qabo‘l qilingan. Hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o‘zining tashkiliy huquqiy infratuzilmalariga ega bo‘lgan audit institutlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Download 311.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling