3-Modul. Auditning nazariy asoslari 6-mavzu. Auditning mohiyati, zarurligi va axamiyati


Download 311.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana01.01.2023
Hajmi311.25 Kb.
#1074372
  1   2   3   4
Bog'liq
6-MAVZU. AUDITNING MOHIYATI, ZARURLIGI VA AXAMIYATI



3-Modul. AUDITNING NAZARIY ASOSLARI 
6-MAVZU. AUDITNING MOHIYATI, ZARURLIGI VA AXAMIYATI. 
Reja 
6.1.Audit 
va 
auditorlik 
faoliyatining 
mohiyati. 
O‘zbekiston 
Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o‘rni. 
6.2.Audit maqsadi va vazifalari. Auditorlik faoliyatining rivojlanish 
bosqichlari.
 6.3. Audit va buxgalteriya hisobi o‘rtasidagi farqlar. Audit va taftish, 
ularning o‘xshashlik va farqli tomonlari. 
Tayanch 
iboralar: 
Audit 
usullari, 
hujjatli 
tekshiruv, 
inventarizatsiya, 
kalьkulyatsiya, taftish, taxdid, ekspertiza, audit uslubi, auditning turlari, tashqi 
audit, ichki audit, moliyaviy audit, qonunlarga moslikning auditi, iqtisodiy 
samaradorlikning auditi, tavakkalchilikning auditi, auditning boshqa turlari, audit 
turlarining o‘zaro bog’liqligi va farqlari, auditning huquqiy asoslari, «Auditorlik 
faoliyati to‘g’risida»gi Qonun, «Buxgalteriya hisobi to‘g’risida»gi Qonun, audit 
standartlari, auditorlik shartnomasi. 
 
6.1. Audit va auditorlik faoliyatining mohiyati. O‘zbekiston 
Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o‘rni. 
 
Audit shu kunga qadar uzoq tarixga egadir. Birinchi mustaqil auditorlar 
Yevropaning aktsiyadorlik kompaniyalarida XIX-asrlaridayoq paydo bo‘lgan. 
Audit so‘zi turli tarjimalarda u "eshitadi" yoki "eshitmoqda" degan ma’noni 
anglatadi. 
Auditning 
paydo 
bo‘lishi korxonani bevosita boshqarish bilan 
shug’ullanayotganlar (ma’muriyat, menedjerlar) va uning faoliyatiga pul 
qo‘yayotganlar (mulkdorlar, aktsiyadorlar, investorlar) manfaatlarini ajralishi 
natijasi bilan bog’liqdir.
Moliyaviy ma’lumotni to‘g’ri ekanligini tekshirish va moliyaviy hisobotni 
tasdiqlash uchun, aktsiyadorlarni fikri bo‘yicha ishonish mumkin bo‘lgan shaxslar 
taklif etilar edi. Auditorga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablardan uning so‘zsiz 
halolliligi va mustaqilligidir. Buxgalteriya hisobining murakkablashganligi 
auditorning jiddiy malakaviy tayyorgarlikka ega bo‘lishligini taqozo etadi. 
O‘rta asrlardan boshlab Yevropada hokimiyat shartnomalarini turli 
javobgarlar tomonidan tasdiqlab, qayd etish odat tusiga kirdi va shu yo‘sinda asta – 
sekin buxgalteriya hisobi va nazorat shakllana boshladi, XIV asrda ikki yoqlama 
yozish usuli paydo bo‘ldi va mulk yo‘nalishi ustidan nazorat kuchaydi. 
1862 yili Angliyada, 1867 yili Frantsiyada, 1937 yili esa AQSh da majburiy 
audit to‘g’risidagi qonun qabo‘l qilingan. Hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti 


rivojlangan mamlakatlarda o‘zining tashkiliy huquqiy infratuzilmalariga ega 
bo‘lgan audit institutlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Download 311.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling