3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari


Download 211.78 Kb.
bet22/55
Sana04.11.2021
Hajmi211.78 Kb.
#170583
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Bog'liq
3-Ìîdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘

Pul muomalasi qonuni. Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli – pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy tuzumlarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo‘lini tahlil qilayotib, K. Marks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan muomala vositasi funksiyasini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan pul miqdori aniqlanadi.

Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan. Agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib o‘tishi kuzatilgan yoki aksincha. SHunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik, muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi ham muomalada pulning ortiqcha miqdori bo‘lishini inkor etadi. Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog‘oz pullar (xazina biletlari) amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amalga oshadi.

Qog‘oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin pullarning nazariy miqdoriga teng bo‘lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. YUqorida ko‘rsatilgan talab pulning barqarorligini ta’minlaydi, shuningdek, pul muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy tuzumlarda o‘z kuchiga ega.

Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga asosan muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:




SHunday qilib, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan turli xil omillar ta’sir ko‘rsatadi. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil – bu tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to‘g‘ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil – bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Odatda, pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.

Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular:–iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko‘p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo‘ladi;

– naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi;

– pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.

Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish yuritishi zarur. CHunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur etkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ke-tishi, ya’ni inflyasiya bo‘lishiga yoki pul tanqisligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o‘zaro ta’siri bilan, ya’ni xo‘jalikning pulga bo‘lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko‘proq uchraydigan hol bu aylanmada xo‘jalikka kerak bo‘lganidan ko‘proq pulning bo‘lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga – pul birligi xarid qobiliyatining tushishiga olib keladi.



Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:

1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig‘i ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.

2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.

3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg‘arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo‘lmagan muddatli va jamg‘arma depoztlar olinadi.

4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + jamg‘arma sertifikati.

5. M4 (L- AQSHda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg‘arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori o‘zaro fondlari paylari.

Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko‘ra Markaziy bank pul agregatlarining qisqa muddatli davriy orqalidagi o‘sishini e’tiborga olmasligi lozim, chunki pul agregatlarining qisqa davrda o‘sishi mavsumiy omillar ta’sisirida bo‘ladi. SHuning uchun pul massasining yillik o‘sish sur’atlarini nazorat qilish lozim.

Pul muomalasining muhim ko‘rsatkichi pul massasi hisoblanadi. Pul massasi xo‘jalik aylanmasidagi naqd pullik hisob-kitoblarni aholi, korxonalar, davlat muassasalariga tegishli xarid va to‘lov vositalarining yalpi hajmini o‘zida ifodalaydi.

Pul muomalasining belgilangan muddat va belgilangan davri uchun miqdoriy o‘zgarishlarini bilish uchun, shuningdek, pul massasi hajmi va o‘sish sur’atlarini tartibga solish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqarish uchun turli xil ko‘rsatkichlar ( pul agregatlari) dan foydalaniladi.

Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to‘plamidan (guruhidan) foydalaniladi:

M-1 agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank schyotlaridagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi;

M-2 agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg‘arma qo‘yilmalaridan (to‘rt yilgacha) tarkib topgan;

M-3 agregati – o‘z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi jamg‘arma qo‘yilmalarini kiritgan;

M-4 agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli sertifikatlaridan iborat.

AQSH da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, YAponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.

Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan to‘g‘ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo‘llaniladi.

MO agregati = naqd pullar;

M1 agregati = MO agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar (maxsus schyotlar, kapital qo‘yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, mahalliy byudjet schyotlari, byudjet, kasaba, uyush-malari, jamoat va boshqa tashkilotlarning schyotlari, davlat sug‘urta mablag‘lari, uzoq muddatga kreditlash fondi) dagi mablag‘lar ti-jorat banklariga qo‘yilmalar va jamg‘arma banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlarning yig‘indisiga teng;

M2 agregati = M1 agregati va jamg‘arma banklaridagi muddatli qo‘yilmalardan iborat;

M3 agregati = M2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom obligatsiyalari yig‘indisidan iborat.

Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo‘lish mumkin, ya’ni pul massasining aktiv qismi – bu pul mablag‘larining xo‘jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog‘liq qismi va ikkinchisi passiv qism – jamg‘ar-madagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.



Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag‘ va jamg‘armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aksiyalarini o‘z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo‘lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.

Download 211.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling