3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari


Kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishi


Download 211.78 Kb.
bet33/55
Sana04.11.2021
Hajmi211.78 Kb.
#170583
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Bog'liq
3-Ìîdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘

43.4. Kapitalning doiraviy aylanishi va aylanishi.

Kredit - qiymatning harakati bo‘lib pul va tavar ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berishlilik, muddatlilik va foiz to‘lashlilik asosida berish natijasida yuzaga keladi.

Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:



birinchidan, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo‘sh qolgan mablag‘larning harakatsiz turib qolishining oldi olinadi;

ikkinchidan, takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz davom ettirishga imkoniyat yaratiladi.

Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan sharoitlar bo‘lishi zarur. SHu masala bo‘yicha ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni tahlil qilib, iqtisodchilar tomonidan kredit yuzaga kelishining quyidagi shartlariga ko‘proq e’tibor berilganini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Kredit munosabati bo‘lishi uchun:



birinchidan, kredit munosabati ishtirokchilari – qarz beruvchi va qarz oluvchi – huquqiy jihatdan mustaqil subyekt bo‘lishi kerak. Mustaqil subyekt sifatida har ikkala tomon birbiri bilan o‘zaro aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishini moddiy jihatdan kafolatlay olishi kerak. Majburiyatlarni bajara olish qobiliyatini hisobga olgan holda mustaqil huquqiy subyekt sifatida tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak.

ikkinchidan, qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari birbiriga mos tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar, avvalambor, obyektiv jarayonlar, o‘zaro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog‘liq.

Kreditor(qarz beruvchi) tomonidan pul mablag‘larini qarzga berish bo‘yicha, qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag‘larni olish bo‘yicha qiziqish tug‘ilgan taqdirdagina kredit munosabatlari vujudga keladi.

Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining yo‘nalishiga bog‘liq. Tomonlar manfaatlarining mos kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta’minlaydi. Lekin kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat vaqt va makon jihatdan, shuningdek, sifat jihatdan ham mos tushgan taqdirdagina bu munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga, kreditning bu muhim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo‘lishining asosiy sababi bo‘lolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek, aniq bir iqtisodiy asos fondlarning doiraviy aylanishi va shunga o‘xshash boshqa aniq sharoitlar bo‘lishi zarur. Faqatgina ana shu ta’sir etuvchi omillar bo‘lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi.

Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun zarur, deb ta’kidlanadi. Agar bu fikr to‘g‘ri deb qaraydigan bo‘lsak, kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo‘ladi, chunki u qarz berish orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishiga asoslangan obyektiv jarayonlarga emas, balki bankning kredit operatsiyalari orqali qarz oluvchining faoliyatini nazorat qilish istagiga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish mumkinki, kreditning obyektiv zarurligi takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning doiraviy aylanishi qonuniyatlariga asoslangandir.

Kreditga zarurat tug‘ilganda quyidagi manbalardagi bo‘sh mablag‘lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu manbalar asosan quyidagilardir:


  • asosiy fondlarni tiklash, kapital ta’mirlash uchun ajratiladigan amortizatsiya sifatidagi pul mablag‘lari;

  • tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari;

  • tovarlar realizatsiyasidan tushgan tushum bilan ish haqini to‘lash vaqtlari orasida vaqtincha bo‘sh turib qolgan pul mablag‘lari;

  • kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig‘iladigan va kapitallashtirish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha mablag‘lar;

shaxsiy sektor daromadlari, jamg‘armalari va boshqa bo‘sh pul mablag‘lari


Download 211.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling