3-modul: oliy maktabda ta’limni tashkil etish shakllari. 11-mavzu: ma’ruza va uni tashkil etish shakllari


Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish


Download 0.63 Mb.
bet10/17
Sana04.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1325822
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
11-15mavzular

Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish. Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda quyidagi savollarga javob topiladi:

  1. Nima uchun? – Seminarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad.

  2. Qanday tarzda? – Seminarni olib borish texnologiyasini ishlab chiqish.

  3. Nimani muhokama qilish? – Seminarni olib borish vaqtida muhokama qilinadigan materiallar mazmuni.

  4. Qanday omillarni hisobga olish zarur? – Seminarni tashkil etish jarayonida ma’lum omillarni hisobga olish.

Seminar turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari

Seminar turlari

O‘ziga xos xususiyatlari

Seminar oldi

Seminar oldi mashg‘ulotlari, asosan, talabalarni mustaqil ishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida o‘tkaziladi. Unda adabiyotlar, ma’lumotnoma - adabiyotlar va boshqa manbalar bilan ishlash usullari o‘rgatiladi, talabalarni boshlang‘ich shaklda ilmiy-tadqiqot ishlariga o‘tishga hozirlaydi.
Seminar oldi mashg‘ulotlari seminar mashg‘ulotlarining tayyorgarlik shakli hisoblanadi va odatda birinchi kurslarda o‘tkaziladi.
Seminar oldi mashg‘ulotlarida o‘qituvchi yetakchilik qiladi, chunki talabalar muayyan ixtisoslik bo‘yicha o‘quv ishlariga kam e’tibor beradilar, shuning uchun ham yetarli darajada tashabbus ko‘rsata olmaydilar.

Maxsus seminarlar

Maxsus seminarlar ma’ruza mavzulariga aloqador bo‘lmaydi va biror fanning dasturi mazmuniga kirmaydi. Odatda fanning xususiy masalalarini chuqur o‘rganish maqsadida ko‘zlaydi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling