3. Mulkiy xuquqlar Xulosa Adabiyotlar Mulkchilik ta’riflarining tahlili
Download 51.8 Kb.
|
mulk
2. Mulk-imtiyoz. Monopolist. Vaqti kelib ijtimoiy-iqtisodiy rol ikkita yangi rolga bo`linadi: tabiiy resurslar mulkdorining roli va ishlab chiqaruvchining roli. Egalik qilish huquqi foydalanish huquqidan, egalik qilish ob’ekti esa xo`jalik yurituvchi sub’ektdan ajralib chiqadi. «Mulk-imtiyoz» tushunchasi paydo bo`ladi. Bu yerda mulkdor-monopolistning renta – o`ziga tegishli resurslardan daromad olish huquqiga duch kelamiz.Mulk-imtiyoz aholining ma’lum qismi peshona terisi bilan o`zining tirikchiligi uchun non topish majburiyatidan ozod bo`lishi uchun imkoniyat, ya’ni fan, san’at va harbiy ishni rivojlantirish imkoniyati yaratadi.Ishlab chiqaruvchi. Xo`jalik faoliyatini amalga oshiruvchi-ishlab chiqaruvchining shaxsiy maqsadi o`z ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Ko`plab xo`jalik yurituvchi sub’ektlar shaxsiy maqsadlariga erishishga intilish natijasida ijtimoiy ahamiyatga molik missiyaning amalga oshishi – jamiyatni takroriy ishlab chiqarish sodir bo`ladi.3. Mulk-korxona. Tovar almashuvining rivojlanishi rollarning yangidan bo`linishiga dastlabki tarixiy sabab hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchining tabiiy huquqi hisoblangan mahsulotga bo`lgan huquq ishlab chiqarish vositalarining mulkdori – xo`jayinga o`tadi.Xususiy mulk majburlashga asoslangan hokimiyatni hamda obro`ga asoslangan hokimiyatni tarixning chetiga siqib chiqaradi. Mulk-korxonaning paydo bo`lishi bilan birga yollanma xodim va xo`jayin, ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan mulkchilikdan mahrum etilgan va o`zining mehnat qobiliyatini sotishga majbur bo`lgan iqtisodiy agent hamda xo`jalikning yangi xili – korxonani tashkil etuvchi iqtisodiy agentning roli paydo bo`ladi.Xo`jayin. Xo`jayinning shaxsiy maqsadi - qo`shimcha qiymatni olish uni iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beruvchi barcha yangi narsalarni joriy etishga undaydi. Xo`jayin o`ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy missiya – iqtisodiy faoliyatni ratsionalashtirish egasiga aylanadi.Download 51.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling