3. Mulkiy xuquqlar Xulosa Adabiyotlar Mulkchilik ta’riflarining tahlili


hokimiyat va mulkning ajratilmasligi


Download 51.8 Kb.
bet5/10
Sana24.09.2023
Hajmi51.8 Kb.
#1687270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mulk

hokimiyat va mulkning ajratilmasligi;

  • ishlab chiqarish vositalariga davlat monopoliyasi;

  • mehnat sharoitlarining xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`rtasida markazlashgan tarzda qayta taqsimlanishi;

  • ishlab chiqaruvchining o`zi yetishtirgan mahsulot va uni sotishdan olinadigan daromadni tasarruf etish huquqidan mahrum etilishi;


  • mehnat sharoitlarini markazlashgan rejalashtirish mexanizmi yordamida takroriy yaratish.

    9. Byurokratiya mulkchiligi ko`p pag`onali mulkchilik rivojlanishining tabiiy mahsuli hisoblanadi. Ishlab chiqarish emas, balki qayta taqsimlash katta pullarni paydo qiladi. Uning asosiy xususiyatari:
    a) mulkchilik huquqlarini himoya qilishning samarali tizimi mavjud emasligi;
    b) resurslar va mahsulotlarni qayta taqsimlash jarayonida amaldorlar ishtirokining qonunchilikda belgilangan imkoniyati;
    v) narxlar va tariflarning byurokratik tartibga solinishi;
    g) xufyona iqtisodiyotning katta ulushi;
    d) mehnat sharoitlarini takror yaratish samarali mexanizmining mavjud emasligi.

    Hokimiyat va mulkning ajralmasligining rasmana tan olinishi bilan xususiy mulkchilik huquqini buzmasdan qolmaydi. Noiqtisodiy majburlashga asoslangan hokimiyat mulkdorning erkin irodasiga qaraganda iqtisodiy hayotning muhim omili hisoblanadi. Hokimiyat tuzilmalarida ishtirok etish orqali beriladigan imkoniyatlar xo`jalik faoliyatidan kelib chiqadigan imkoniyatlarga qaraganda ancha yuqori. Hokimiyaga ega bo`lgan amaldorlar shaxsiy boylikni ko`paytirish uchun hokimiyat imkoniyatidan foydalanishadi. Lekin hokimiyat o`z egasiga mulkdan ko`ra ko`proq narsani beradi, ularning sa’y-harakatlari birinchi navbatda hokimiyatni saqlab qolishga yo`naltirilgan. Hokimiyatni yo`qotib, ular, odatda, mulkni ham yo`qotishadi.


    4.3. Mulkiy xuquqlar
    1. Mulk-egalik qilish. Mulkdor. Egalik qilish ijtimoiy institut sifatida noyob resurslarni takroriy yetishtirish vazifasi paydo bo`lgan vaqtda yuzaga keladi. Dastlab mehnat sharoitlari egalik qilish ob’ekti hisoblanadi.

    Download 51.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling