3. Mulkiy xuquqlar Xulosa Adabiyotlar Mulkchilik ta’riflarining tahlili


mehnat sharoitlari va natijalarini o`zlashtirib olish usullari


Download 51.8 Kb.
bet4/10
Sana24.09.2023
Hajmi51.8 Kb.
#1687270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mulk

mehnat sharoitlari va natijalarini o`zlashtirib olish usullari;

  • mehnat sharoitlari va natijalarini tasarruf etish xususiyatlari;

  • mehnat sharoitlarini takror yaratish;

  • faoliyat turlari bo`yicha almashishning asosiy usuli;

  • natijalari qayta taqsimlash usullari;




    Mulkchilik munosabati tarixan qanday shakllarda rivojlanganligi katta qiziqish uyg`otadi (4.1-rasm).


    1. Mulkchilikning eng dastlabki shakli jamoaviy mulk G`arb huquqiy tizimining asos (antik taraqqiyot)ini tashkil etadi. U uchta asosiy xususiyat bilan tavsiflanadi:



    • jamoaviy mulk jamiyatga – uni to`laqonli a’zolar deb tan oluvchi indvidlar yig`indisiga tegishli;

    • jamoaviy mulkni qayta taqsimlash huquqi mutlaq jamiyatga tegishli;

    • jamoaviy mulk jamoaviy huquq normalari bilan tartibga solinadi.

    Jamoaviy mulkning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat:
    a) boshqarish (taqsimlash) ijtimoiy;
    b) egalik qilish xususiy;
    v) jamoaviy mulk ob’ektidan voz kechish taqiqlangan;
    g) ijtimoiy majburiyatlar tizimi;
    d) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi.
    Jamoaviy mulk rivojlanishi davlatchilikni yuzaga keltirgan. Ushbu bosqichida davlat majbur etish apparati sifatida hali jamiyatga qarshi turmaydi.

    2. Oliy mulk davlat mulkining dastlabki shaklidir. Davlatni tashkil etish ko`p hollarda mulkni, masalan, yerni zo`rlik bilan tortib va bosib olishlar oqibati bo`lgan. Oliy mulkning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat:


    a) mulk va hokimiyatning bo`linmasligi;

    b) xizmat uchun mukofot sifatida resursni hadya qilish shaklida faoliyat bilan almashish;

    v) mehnat sharoitlarini ishlab chiqaruvchilarga biriktirish (xususiy egalik);

    g) biriktirilgan resurslarni tasarruf etish uchun davlat monopoliyasi;


    d) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi.
    Davlat boshlig`i bunday mulkning «oliy mulkdoriga» aylangan va ularni o`z fuqarolariga tarqatgan (hadya qilgan). Yerni egalikka olish va undan foydalanish sharti davlatga xizmat qilishdan iborat bo`lgan. Oliy hokimiyat ixtiyorida eng muhim ta’sir etish vositasi – tortib olish (tasarruf etish) huquqi qoldirilgan. Bu bir vaqtning o`zida ikkita o`zaro bog`liq vazifani hal etish imkonini bergan: ishlab chiqaruvchining ehtiyojlarini qondirish va ishlab chiqaruvchini o`zi foydalanadigan resursni takror yetishtirishga majbur qilish.
    Asta-sekin vaqt o`tishi bilan oliy mulkchilik instituti sharoitida, davlat monopoliyasi xo`jalik faoliyati mahsulotlari bilan almashuv rivojlanishiga to`sqinlik qila boshlagan. Iqtisodiy ehtiyojlarning ta’siri ostida mulkchilik instituti o`zgara boshladi. Natijada turli ishlab chiqarish usullariga xos bo`lgan ikkita turli institut shakllandi: tabaqali va ko`p pog`onali mulk.
    3. Tabaqali mulk – oldingi davrda asosiy mehnat sharoiti bo`lgan tabiiy resurslarga tabaqali monopoliyalar shakllanishi bilan tavsiflanadi, dvoryanlarning o`zlariga «biriktirilgan» mol-mulkni tasarruf etish huquqi borgan sayin kengayishi bilan izohlanadi.
    Tabaqali mulkchilikning asosiy xususiyatlari:
    a) mulkdorlar sinfining paydo bo`lishi;
    b) ishlab chiqarish vositalari cheklangan aylanmasining paydo bo`lishi;
    v) hokimiyat huquqlariga nisbatan mulkiy huquqlarning cheklangan xususiyati;
    g) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi;
    d) mulkdan olinadigan daromadni qayta taqsimlash yangi shaklining paydo bo`lishi. Rivojlanishning Yevropa modeliga xos bo`lgan tabaqali mulkchilik instituti davlat mulkchiligidan xususiy mulkchilikka o`tish bosqichi sifatida ta’riflanadi.
    4. Xususiy mulkchilik individning jamoaviy xo`jalik faoliyatidan ajralib chiqishini o`zida namoyon etadi va quyidagi asosiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

    • iqtisodiy agentlarning mustaqilligi;

    • mehnt sharoitlari va natijalarining erkin aylanishi;

    • hokimiyat huquqlariga qaraganda mulkiy huquqlarning yetarliligi;

    • mulkdorning mulkiy javobgarligi.

    Xususiy mulk institutining shakllanishi tobelikning yangi shakli – iqtisodiy tobelikning paydo bo`lishiga olib keldi. Xodimning ishlab chiqarish vositalaridan ajralishi bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchining o`z mehnatining mahsuliga bo`lgan huquqidan mahrum etilishi yuz berdi.
    5. Korporativ mulk. Ko`plab tadqiqotchilar korporativ mulkni xususiy mulk bilan tenglashtirib, korxonani tashkil etishning korporativ shaklini mulkiy majmuani ishonchli boshqarish shakli sifatida talqin etishni taklif qilishadi. Korporativ mulkchilikning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: mulkning ayrim shaxslarga taqsimlanganligi; iqtisodiy agentlarning tobelik munosabatlari; iqtisodiy agentlar javobgarligining cheklanganligi; qayta taqsimlash munosabatlari sohasida mulkdan keladigan daromadlar rolining keskin ortishi; mulkdor – korporatsiya huquqlarini bilvosita himoyalash orqali mehnat sharoitlarini takroriy yaratish.
    6. Ijtimoiy mulk. Ijtimoiy mulk yuridik va jismoniy shaxslar mulki bilan birga mavjud bo`ladi. Jamiyat mulki, ko`p holatlarda davlat tomonidan boshqarilishiga qaramay, unga tegishli emas. Jamiyatning muammosi resurslarni takroriy yetishtirish va mulkdan daromad – monopol rentani olish ustidan nazorat o`rnatishdan iborat.
    Ijtimoiy mulkchilikning asosiy xususiyatlari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
    a) jamiyatning hokimiyat apparati sifatida davlatdan ajratilishi;
    b) jamiyatning tabiiy resurslarga monopoliyasi;
    v) ijtimoiy mulk ob’ektlaridan foydalanishning konsession mexanizmi;
    g) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi;
    d) ijtimoiy mulkdan keladigan daromadlardan jamiyat a’zolarining ijtimoiy ahamiyatli ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish.
    7. Ko`p pag`onali mulkchilikning vujudga kelishi mulkdor vakolatlarining turli xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`rtasida taqsimlanishi jarayonini o`zida namoyon etadi. Ko`p pag`onali mulkchilikning asosiy xususiyatlari:
    a) mol-mulk va hokimiyatning ajratilmaganligi;
    b) mol-mulk uchun to`liq huquqlariga ega bo`lgan shaxslarning mavjud emasligi;
    v) mulkdor vakolatlarini amalga oshirishda ishtirok etishning xizmat xususiyati;
    g) ular o`rtasida mulkchilik vakolatlari taqsimlanadigan sub’ektlar o`rtasidagi tobelik munosabatlari;
    d) mehnat sharoitlarining ishlab chiqaruvchilarga biriktirilishi.

    Ta’kidlash lozimki, ko`p pag`onali mulkchilik instituti barcha xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning mehnat sharoitlarini tasarruf etishdagi huquqlarini sezilarli darajada cheklagani holda, mehnat natijalarining erkin aylanishinini istisno etmadi. Demak, tabiiy resurslar emas, balki xo`jalik faoliyatining mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy vositalariga aylanishiga qarab mazkur institutning iqtisodiy asosi nuray boshladi. Lekin bu noiqtisodiy majburlashga asoslangan hokimiyat o`z mavqeini osongina bo`shatib berganligini anglatmaydi. Ko`p pag`onali mulkchilik instituti o`z shaklini o`zgartirdi. Tarixga ushbu o`zgarishning ikkita yo`nalishi ma’lum: totalitar va byurokratiya mulkchiligi.




    8. Totalitar mulkchilikka sobiq SSSRda mavjud bo`lgan «davlat mulkchiligi» instituti yaqqol misol bo`ladi.

    Totalitar mulkchilikka mos keluvchi rejali-taqsimlash iqtisodiyotida xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`zlariga biriktirilgan mol-mulkka faqat amalda egalik qilishadi va o`zlari ishlab chiqargan mahsulotning ham, uni sotishdan olingan mablag`larning ham egasi hisoblanmaydi. Totalitar mulkchilikning asosiy xususiyatlari:

  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling