3-mustaqil ta'lim mavzusi: faoliyatning eksterorizatsiyasi va interorizatsiyasi


Download 77.68 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi77.68 Kb.
#1121159
Bog'liq
3-MUSTAQIL TALIM





3-MUSTAQIL TA'LIM MAVZUSI:FAOLIYATNING EKSTERORIZATSIYASI VA INTERORIZATSIYASI.
Faoliyat subyektning olam bilan faol oʻzaro munosabatidir. Odam faoliyati falsafaning faoliyat falsafasi sohasida oʻrganiladi.
Faoliyat — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri. Faqat faoliyat zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, faoliyat shakllari, asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy faoliyat (insonning oʻz xavfsizligi taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); ijtimoiysiyosiy faoliyat (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir koʻrsatish); maʼnaviy faoliyat (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va boshqa sohalardagi faoliyat.).
Inson faoliyati shakllari, turlari, avvalo, mehnat taqsimoti, odamlar, jamiyat ehtiyojining oʻsishi jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. Faoliyat elementlarini insonlar, inson ehtiyojlari va manfaatlari, faoliyat predmeti, motivlari, faoliyatning maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va usullari tashkil etadi. Faoliyat yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy borliqni, amaliyotni oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib chiqadigan harakatlar majmuini mujassamlashtiradi.
Keyingi davrlarda faoliyat funksiyalarining murakkablashuvi, turlarining ortishi va chuqurlashishi kuzatilib, u ilmiy, amaliy, ijtimoiy ahamiyatga molik masalaga aylandi. Shu bois, faoliyat bir qancha fanlar: psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya, iqtisodiy nazariya, huquqshunoslik, xususan, falsafaning ham maxsus tadqiqot obʼyekti sanaladi.
Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi.
Inson miyasi hayvonlarnikidan farqli o‘laroq u voqelikni aks ettiradi va u yana kelajakni ko‘ra oladi. Bu esa oldindan voqelikni ko‘ra bilish uchun zarur bo‘lgan imkoniyat tashqi olamning xususiyati tufayli, qonuniyatlari tufayli yuzaga keladi. Chunki tashqi dunyodagi turli hodisalar
bir-biri bilan bog‘liq, ular muayyan sharoitda mustahkam xususiyat va tuzilishga egadir. (M: qum suvda erimaydi, sovuqda suv muzlaydi, soyanichopib bo‘lmaydi) narsalar bilan hodisalar o‘rtasidagi bunday barqaror
munosabatlarni narsalarning, ya’ni obyektlarning qonuniyatlari deb ataladi. Narsalarning barqaror xususiyat va qonuniyatlari ma’lum bir ta’sir tufayli qanday o‘zgarishi va shu maqsad tufayli ish ko‘rish narsa va hodisalarning «xatti-harakat»larini oldindan ko‘ra bilish imkonini yaratadi. Bunda narsalar bilan qilinadigan ish go‘yo ichki, ya’ni ideal faoliyat tomonidan payqab olinadi. Tashqi, yaqqol faoliyat ichki (psixik) faoliyat tarzida his etiladi. Narsalarni bajarishda amal qilinadigan
harakatlar ularning muhim xususiyatlariga mo‘ljallangan psixik jarayon bilan almashtiriladi.
Tashqi real ishdan ichki ideal ishga o‘tish jarayoni interiorizatsiya («ichki ishga aylanish») deb ataladi. Interiorizatsiya — ichki psixik faoliyatning tashqi amaliy faoliyatdan kelib chiqishi, tashqi harakatlarning ichki harakatlarga, narsalarning obrazlari va ular haqidagi tushunchalarga aylanishi jarayonidir. Inson psixikasi interiorizatsiyasi tufayli ayni vaqtda ko‘z o‘ngida bo‘lmagan narsalarning obrazlari bilan ishlay olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, insoniyat tajribasini va bir qancha yuz va ming kilometr uzoqlikdagi kishilarning va jamoalarning tajribalarini o‘zlashtiradi.
Inson faoliyatida shaxsning tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) tomonlari bir-biriga juda bog‘liqdir. Odam faoliyatining tashqi tomoni –tashqi olamga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday harakatlar motiv, bilish va boshqarish kabi ichki (psixik) faoliyat orqali aniqlanadi. Ichki faoliyat tashqi (jismoniy) faoliyat tomonidan boshqariladi. Tashqi faoliyat narsalarning, jarayonlarning xususiyatlarini ta’minlaydi va qo‘lga kiritilgan natija va ishlarning kutilgan samarasi va uni maqsadga qanchalik mos kelishini belgilaydi.Ichki (psixik) faoliyat buyumlar bilan qilinadigan tashqi faoliyatning interiorizatsiyasi natijasi deb qarash mumkin. Shunga muvofiq narsalar bilan qilinadigan tashqi faoliyatni ichki psixik faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb qarash mumkin.
Eksteriorizatsiya (tashqi) ichki psixik faoliyatning tashqi, predmetli faoliyatga, jonli mushohadaga aylanishidir. Shaxs faoliyatining tashqi
(jismoniy) va ichki (psixik) tuzilmalari bir-biri bilan bog‘liqdir. Inson faoliyatining tashqi jabhasi uning atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishiga mo‘ljallangan harakatlar psixik (ichki) jihatiga bog‘liq bo‘lib, ularni motivlashtiradi, bilishga undaydi. Tashqi jismoniy harakatlar ichki psixik harakatlarda buyumlar va jarayonlar xususiyatlarini o‘zida namoyon qiladi, ularni maqsadga muvofiq ravishda o‘zgartiradi, nazorat qilib turadi.Shuning uchun ham tashqi (jismoniy) harakatlar ichki (psixik) harakatga aylanadi. Bu esa faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda muvaffaqiyatli ijro etish imkoniyatini ta’minlaydi.
Odamning u yoki bu ehtiyojlarini qondirgan faol xatti-harakatlar faoliyat deb ataladi. Hayvonlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlarni faoliyat deb bo‘lmaydi. Inson faoliyatining hayvonlar xattiharakatidan farqi shundaki, hayvonlar tabiatga moslashadi, inson esa o‘z ehtiyojini qondirish uchun o‘z faoliyati jarayonida tevarak-atrof borliqni faol ravishda o‘zgartiradi.Odamning ijtimoiy va ongli xarakterga ega bo‘lgan faoliyati natijasida biron-bir muayyan mahsulot yaratiladi. U nimaki qilmasin, bu ishning ko‘p qismini o‘zi uchun emas, balki jamiyat uchun qiladi, kishilarning
ehtiyojlarini qondiradi. Bu esa inson ongining qay darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi.
Ong va faoliyatning birligi deb ataladigan psixologiyaning tamoyiliga
binoan ong faoliyat davomida vujudga keladi, shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Faoliyat xarakteri, uning u yoki bu xususiyatlari odam tomonidan atrof-muhitni aks ettirish jarayoniga va uning natijalariga, shuningdek,odam ongida qanday psixik hodisalar qay tariqa paydo bo‘lishiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Psixikani aks ettirish jarayoni sifatida tushunish uning ikkilamchi xarakterini, ya’ni u obyektiv voqelikning obraz ekanligini ham ta’kidlaydi. Psixikaning faoliyat sifatida tushunilish esa aks ettirishning faol xarakterini ta’kidlaydi. Bunday aks ettirish jarayonida kishi ongida tevarak-atrofdagi olamning ideal modeli shakllanadi.
TOPSHIRIQ.

2-MAVZU:XORIJ PSIXOLOGIYASIDA O'QISH MOTIVLARINING NAZARIY TAHLILI.


Motiv - lotin tilidagi “movere” so'zidan olingan bo'lib, harakatga keltirish, harakatlantirish ma’nosini anglatadi.
Motiv - subyekt ehtiyojlarining qondirilishi bilan bo'gMiq
bo'lgan faoliyatga undovchi turtki.

Motiv muammosi D.N.Uznadze tomonidan o'rganilgan boMib,


uning mohiyatini tushuntirish, ustanovka nazariyasiga asoslangan.
Shuning uchun motivni muallif subyekt faolligining manbai, deb tushuntiradi, motivatsiyani esa irodaviy aktga olib keluvchi bosqich deb hisoblaydi.
«Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivatsiya - inson xulq-atvori, uning bog'lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini
tushuntirib berish kerak boMganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo'lida?» degan savollarga javob qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi.
Demak, “motivatsiya” deganda o'zaro bir-biri bilan bog‘liq psixologik holatlaming 3ta turi tushuniladi.
Birinchidan, motivatsiya faoliyatga undovchi turtki, deb qaralishi mumkin. Bu holda motivatsiya umuman faollik holati nima uchun vujudga kelishi, qanday ehtiyojlar subyektni faoliyatga undashini aniqlab beradi.
Ikkinchidan, motivatsiya xulq-atvor yo'nalishini tanlash sababi bo'lib,inson shaxsi yo‘nalishini tashkil qiladi.

Uchinchidan, motivatsiya faoliyatni boshqarish vositasi hisoblanadi. Bu vositalarga - emotsiya, istak, mayllarni kiritish mumkin.TOPSHIRIQ.GLOSSARIY.


Amaliyot - Amaliy ish, amaliy jarayon, kundalik tajriba.

. Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir. Ong, uning mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar.


Kategoriya - fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha.


Psixika (qadimgi yunoncha: ψῡχικός, psychikos — „ruhiy“) yoki ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati.


Interiorizatsiya (lot. interior -ichki) — tashki real xattiharakatlarning ichki harakatlarga aylanish ja-rayoni; tashqi ijtimoiy faoliyatni oʻzlashtirish tufayli odam ichki psixikasining shakllanishi.

Psixologiyada interyerizatsiya - bu jamiyatda qabul qilingan faoliyatni o'zlashtirish orqali aqliy jarayonlarning shakllanishi.


Bilimlarni ichkilashtirish - bu bilimlarni aniq holatdan yashirin holatga o'tkazish jarayoni.


INTERIORIZA - (latdan. ichki makon - ichki) - harflar .: tashqaridan ichkariga o'tish; barqaror tarkibiy va funksional birliklarning shakllanishini anglatuvchi psixologik tushuncha ong tashqi harakatlarni predmetlar bilan o'zlashtirish va tashqi belgi vositalarini o'zlashtirish


Ijtimoiy muhit - insonning yashashi va ishlashi uchun uni oʻrab turgan ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy shartsharoitlar


Ijtimoiy Faoliyat tushunchasi-- amaliyot tushunchasiga yaqin bolib, insonning nazariy faoliyati sifatida amaliyotni fanga qarama-qarshi qoyish zarur bo`lgandagina shartli ravishda undan ajralib turishi mumkin.


Jamiyat (lotincha: socium — „umumiy“) — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui.


Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam.


. Munosabat - (falsafada) — muayyan tizimdagi elementlarning joylanish xarakteri va ularning oʻzaro bogʻliqligini ifodalovchi falsafiy tushuncha

Tajriba - biror ilmiy faraz yoki iddaoni tekshirish uchun bajariladigan amal.


.Tushuncha — narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari, aloqalari va munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shakli.


Oʻzlashtirish - (pedagogikada) — oʻquvchi yoki talabalar egallagan bilim, koʻnikma va malakalarning toʻlaligi, chuqurligi, ongliligi hamda mustahkamligi darajasini anglatuvchi pedagogik tushuncha.


Ixtiyoriy - Xohish-istak erkiga bogʻiq boʻlgan, kishining oʻz xohishi bilan qilinadigan yoki qilingan; erkin, koʻngilli.




Download 77.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling