3. Nutq tovushlarining uch jihati: Nutq a'zolari va ularning vazifasi: Fonetika haqida tushuncha Fonetika grekcha phone «tovush», tika «ta'limot»


Download 26.72 Kb.
bet2/3
Sana19.10.2023
Hajmi26.72 Kb.
#1710267
1   2   3
Bog'liq
Fonetika. Nutq a’zolari haqida ma’lumot

Nutq tovushlarining uch jihati bor: fiziologik (artikulatsiya-talaffuz) jihati, akustik (eshitilish) jihati va lingvistik (funksional-ma'no) jihati.
Fiziologik (artikulatsiya) ya'ni talaffuz jihati. Nutq a'zolarining tovush hosil qilish paytidagi harakati va holati artikulatsiya deyiladi. Bunda ikki narsa farqlanadi; 1) artikulatsiya o'rni, 2) artikulatsiya usuli.
Nutq tovushlarini hosil qilish paytida u yoki bu nutq a'zolarining faol qat-nashgan qismi artikulatsiya o'rni deyiladi. Masalan: 1, n, z, s, d kabi tovushlarni hosil qilishda tilning old qismi va ularning milkka yaqinlashuvi ko'proq kuzatiladi. Shuning uchun bunday tovushlarning artikulatsiya o'rni til oldidir.
Tovush hosil boiish paytida ikki nutq a'zolarining bir-biri bilan jipslashuvi yoki jipslashmay orada havoning o'tib ketishi uchun bo'shliq qolishi artikulatsiya deyiladi. Masalan: b, m, p, tovushlari aytilganda lablar bir-biriga jipslashadi va so'ng havo lablarni yorib portlab chiqadi.
Akustik (eshitilish) jihatdan tovush biror jismning boshqa bir jism ta'sirida tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari tovush paychalarinirig tebranishidan hosil boiadigan ovozdan, nutq ,a'zolarida hosil boiadigan shovqindan iboratdir.
Eshitilishi jihatidan tovushning balandlik kuchi tembri va cho'ziqligi farqlanadi. Tovushning balandligi tebranish miqdoriga bog'liq, agar tebranish qancha ko'p boisa tovush shuncha baland boiadi yoki, aksincha, tebranish kam boisa, tovush shunchalik past boiadi.
Nutq tovushlarining kuchi tebranishning shiddatiga bog'liqdir. Tebranish daraiasi qanchalik kafta boisa, tovush ham shunchalik kuchli chiqadi. Tovushning kucRi o'pkadan chiqayotgan havo oqimining nutq a'zolariga qanday kuch (zarb) bilan urilishiga bog'liq.
Lingvistik (ma'no) jihatdan. Nutq tovushlarini birlashtiruvchi yoki ularni farqlovchi belgilari haqida ma'lumot berildi. ToVushlarning ma'no (funksional) tomoni deyilganda ularning so'zda ma'no farqlash xususiyati tushu-niladi. Masalan: bir, bor, bar, bo'r kabi so'zlar uch tovushdan tashkil topgan boisa ham, e, u, a, o, o' kabi unlilar ma'no farqlaydi, demak ular fonema sanaladi. Tovushlarning so'zda ma'no farqlovchi xususiyati fonema uchun asosdir.

Download 26.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling