3. Nutq tovushlarining uch jihati: Nutq a'zolari va ularning vazifasi: Fonetika haqida tushuncha Fonetika grekcha phone «tovush», tika «ta'limot»


Download 26.72 Kb.
bet1/3
Sana19.10.2023
Hajmi26.72 Kb.
#1710267
  1   2   3
Bog'liq
Fonetika. Nutq a’zolari haqida ma’lumot


Fonetika. Nutq a’zolari haqida ma’lumot


Reja:
1. Fonetika haqioja tushuncha.
2.O'zbek tilining fonetik vositalari: tovush va fonema.
3. Nutq tovushlarining uch jihati:
4. Nutq a'zolari va ularning vazifasi:

Fonetika haqida tushuncha
Fonetika grekcha phone «tovush», tika «ta'limot», ya'ni tovush haqidagi ta'limot demakdir. Tilshunoslikning nutq tovushlarini tekshiradigan, o'rganadigan bo'limi fonetika deyiladi. Muayyan ma'noda o'zbek tili fonetikasi shu tildagi tovushlar tizimini, ularning hosil bo'lish va o'zgarish qonuniyatlarini, so'zlarni ajratishdagi o'rnini tekshiradi. Shuningdek, fonetikada urg'u, bo'g'in kabi hodisalar ham o'rganiladi.
Inson tili tovush tilidir. Nutq tovushlari til uchun moddiy manba hisoblanadi. Fikr gap orqali ifodalanadi, gap esa so'zlardan tashkil topadi, so'zlar nutq tovushlaridan tuziladi. Masalan, biz huquqiy demokratik jamiyat
qurmoqdamiz so'zlari biz (b, i, z), huquqiy (h, u, q, u, q, i, y), demokratik (d, e, m, o, k, r, a, t, i, k), jamiyat (j, a, m, i, y, a, t), qurmoqdamiz (q, u, r, m, o, q, d, a, m, i, z) kabi shakllardan tashkil topgan.
Tekshirish usuliga ko'ra fonetikaning turlari
Fonetika tovushlarni tekshirish usuliga ko'ra bir necha turlarga bo'linadi.
Umumiy fonetika. Nutq tovushlarining nazariy masalalari, ohang, urg'uning tabiati, bo'g'in tuzilishi, tilning tovush tomonining grammatik tizimga munosabati kabi masalalar o'rganiladi.
Xususiy fonetika. Aniq bir tilning (masalan, o'zbek tili) nutq tovushlari, urg'usi, bo'g'in tuzilishi, ohang tomoni kabi masalalar o'rganiladi.
Tarixiy «(uiaAiun) fonetika. TVvush tizimiclagi taraqqiyot va o'zgarishlarni o'rganadi.
Tasviriy (sinxrom) fonetika. Ma'lum bir davrdagi muayyan birorta tilning (masalan, o'zbek tili) tovushlar tuzilishini o'rganadi.
Eksperimental fonetika. Tildagi tovushlarning artikulyatsiyasi va akustik tomonini ma'lum asboblar orqali tekshiradi va boshqalar.
O'zbek tilining fonetik vositalari
So'z ma'nolarini ajratish va chegaralash uchun xizmat qiladigan vositalar fonetik vositalar deyiladi. Bunga nutq tovushlari, urg'u, ohang kiradi. Nutq tovushlari alohida kelsa ma'no ifodalamaydi, balki har qanday so'z nutq tovushlari vositasida shakllanadi. Masalan: o, f, t, o, b, o„ 1, m, a tovushlarini maiurii bir tartibda talaffuz qilsak oftob, olma so'zlari hosil qilinadi. So'zlar o'z tovush tarkibiga ko'ra turlicha bo'ladi:
1. Bir tovush bilan farq qiladigan so'zlar; osh-oz, o't-o's, oq-ot, ov-ol, or-os, ol-ov, bola-tola, aziz-azim, olma-olsa kabi.
2. Tovushlarning joylashish tartibiga ko'ra farq qiladigan so'zlar: xo'sh-sho'x (birinchi so'z tarkibidagi birinchi tovush x ikkinchi so'zning oxirida qo'llangan).
3. Biror tovushning ortiqligi bilan farq qiladigan so'zlar: sava-savat, tana-tashna, sana-sahna, o'roq-so'roq, o'rik-ko'rik, taxt-taxta kabi.
Demak, tovush so'zning eng kichik, boiinmaydigan fonetik birligidir. Masalan, ona so'zida uchta (o + n + a), bola so'zida to'rtta (b + o + 1 + a), mehnatkash so'zida to'qqizta (m + e + h + n + a + t + k + a + sh) tovush bor.
So'z ma'nolarini farqlash uchun ishlatiladigan nutq tovushlari fonema deyiladi. Masalan, bor-bar, bo'r so'zlari tarkibidagi o, a, o' unli tovushlari, bosh-qosh, tosh, shosh so'zlaridagi b, q, t, sh undosh tovushlari shu so'zlarning ma'nolarini farqlash uchun xizmat qiluvchi fonemalardir.
Hozirgi o'zbek tilida 31 ta fonema bor, lug'at tarkibidagi barcha so'zlar, grammatik ko'rsatkichlar ana shu fonemalaming ma'lum bir tartibda ketma-ket joylashishi orqali shakllangan.
Ayrim hollarda o'xshash (omonim) so'zlarning ma'no va grammatik shakllarini ajratishda urg'u (so'z urg'usi), gapning maqsadiga ko'ra turini ajratishda esa ohang (intonatsiya) fonetik vosita bo'lishi mumkin.



Download 26.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling