3. Ommaviy axborot vositalarida plagiatning aniqlanish


Download 91.25 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi91.25 Kb.
#1502952
  1   2   3   4
Bog'liq
Plagiat turlari


MUNDARIJA
KIRISH.............................................................................................................
Plagiat turlari......................................................................................................
2.Plagiatning ko‘rinishlari……………………………………………………
3.Ommaviy axborot vositalarida plagiatning aniqlanish……………………....
XULOSA.............................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ............................................................
KIRISH
Plagiat zamirida nima bor? Azaldan o‘zi loyiq bo‘lmagan “obro‘”ga erishish uchun yoki mashhurlik kasaliga (maniya velichiya) yo‘liqqanlar ko‘chirmachilik qiladi. Gohida esa ilojsizlikdan bunga qo‘l uriladi. Birinchi holat haqida ko‘p aytilgan.
Ikkinchi holat, ayniqsa, oliy ta’lim tizimida bitiruv malakaviy ish yozish (BMI) va himoya qilishda bor “bo‘y-basti” bilan namoyon bo‘ladi. Talaba 70-90 betlik ishni (adabiyotdanmi, tildanmi yo boshqa gumanitar fanlardanmi) tayyorlashi kerak. O‘zi bir sahifa matn u yoqda tursin, mubolag‘a bo‘lsa ham, yozma ravishda bir jumlani mustaqil tuza olmaydi. Unga umrida hali biror varaq ilmiy maqola yozmagan kishi ham “ilmiy rahbar” bo‘lib qolishi ehtimoldan xoli emas. Nima qilsin? Talabaning boshqa iloji yo‘q: u yo “ish”¬ni biror joydan ko‘chiradi, yo unga ko‘chirib berishadi, yo u tayyorini sotib oladi va muqovasiga ismu sharifini katta harflar bilan yozib qo‘yadi. Bu jarayonni ko‘pchilik biladi. Lekin haligacha bu haqda biror mutaxassis yoki mutasaddining “birodarlar, shogirdlarimizni nimaga o‘rgatayapmiz?”, deb tanbeh berganini ko‘rmadim. Kim ham o‘zi o‘tirgan shoxni arralardi?
Haqli savol tug‘iladi: hamma bitiruv malakaviy ish yozishi shartmi? Bu vazifani faqat o‘zi xohish bildirgan iqtidorli talabalarga yuklab, o‘quv rejasida BMIga ajratilgan yuklamaning qolgan qismini (soatlarni) mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy darslar uchun taqsimlab chiqish va soha bo‘yicha davlat imtihonlarini og‘zaki topshirishni qayta joriy etish balki samaraliroq bo‘lar? Shunda kitob o‘qish va uqish yana talabaning asosiy vazifasi ekanligini ular his qilishar? Axir, to‘rt yil oliygohda yurib, kutubxona qaerdaligini bilmay, bitta ham kitob o‘qimay diplom olib ketayotganlar ozmi?
Bitiruv malakaviy ishlar qaerda sotiladi, deysizmi? Marhamat, siz yaxshi ko‘rgan internet janoblaridan so‘rang. Darhol ming-minglab tayyor diplom va bitiruv malakaviy ishlar ro‘yxatini oldingizga tashlaydi. Xuddi shunday — dissertatsiyalarni ham. Ilm ham “ishbilarmonlar” uchun biznesga aylanib qolganiga ancha bo‘ldi. Avvallari ham kimlargadir bu soha yopiq-yashirin biznes edi. Gohida dissertatsiyalar hashar yo‘li bilan yozilardi, tadqiqotchi o‘z aqli, shuuri, mehnati bilan yaratgan dissertatsiya qolib, “buyurtma” ishlar himoya qilinar, tasdig‘ini olardi, deyishadi bilganlar.
Badiiy asarlar mutolaasi jarayonida ko‘plab egizak syujetlarga duch kelaman. Balki bu bir zamon va makonda, bir xil ijtimoiy-iqtisodiy muhitda yashab ijod qilayotgan adiblar biri-biridan bexabar holda yaratayotgan o‘xshash hayotiy manzaralardir? Adabiyotda tanilib qolgan zamondoshlarimiz ijodidan biri biriga monand uchta she’rni o‘qib, qaysi muallif birinchi kashf etdi ekan bu obrazlarni deb o‘ylayman. To‘g‘ri, bir mavzuda minglab she’r yozilishi mumkin. Har bir haqiqiy she’r alohida kashfiyot bo‘ladi, lekin men duch kelgan matnlarda satrlar, ifodaviy vositalarning bu qadar o‘xshashligi ajablantiradi. “Tasodifan shu darajadagi bir xillik bo‘lishi mumkinmikan?” deb savol beraman o‘zimga o‘zim.


  1. Download 91.25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling