3. O’simlik turlarining kelib chiqish markazlari. Hayvonlarning o’simliklarga ta’siri


Download 26.18 Kb.
bet3/4
Sana14.05.2023
Hajmi26.18 Kb.
#1461961
1   2   3   4
Bog'liq
35-O`simliklarning kelib chiqish tarixi va madaniy markazlari

8. Andi Markazi. Bu markaz Janubiy Amerikadan Andi tog`lariga qarab cho`zilgan. Bu yer ko`pgina tuganak mevali ekinlar yoki aniqrog`i, kartoshkaning vatani hisoblanadi. Shu yerdan dunyoga xinn daraxti va kokain turlari tarqalib borgan.

O`simlik markazlari. Geografik markazlarni o`rganishdan shu narsa ma'lum bo`ldiki, o`simliklarning kelib chiqishi faqat o`sha joyning o`simliklar florasiga bog`liq emas, balki o`simliklar florasining boyligi va xilma-xilligi o`sha joyning o`tmishiga, sivilizatsiyasiga ham bog`liq.

O`simliklarning aniqlangan yetti markazi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati rivojlangan hududlar hisoblanadi.

Janubiy Osiyo tropik markazi-qadimgi Hind va Hindu-Xitoy bir-biri bilan chambarchas bog`lanib ketgan. Old Osiyodagi yangi qazilmalar bu madaniyatning o`ta chuqurligini ko`rsatib va ta'kidlab turibdi. Sharqiy Osiyo markazi qadimgi Xitoy madaniyati va Janubiy-G`arbiy Osiyo yoki qadimgi Eron, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin va Assiro-Vaviloni madaniyati bilan bog`liq holda rivojlangan.

O`rta yer dengizi bo`ylarida eramizgacha bo`lgan ming yillikda etruss, ellin va yegipit madaniyati gullab-yashnadi.

Albaniya madaniyatining ildizlari chuqur ketgan bo`lib, u qadimgi Yegipet madaniyati bilan bir vaqtlarda boshlangan, Yangi Dunyodagi Markaziy Amerika madaniyati bilan bog`liq. Bu madaniyat Kolumbgacha fan va san'atning rivojlanishiga katta hissa qo`shgan. Andi markazi Janubiy Amerikada doinklar va inklar sivilizatsiyasi bilan bir davrda rivojlandi.

Albatta, yer shari mamlakatlarining ayrim joylarida yovvoyi floradagi o`simliklar turlari bilan bugungi madaniy o`simliklar turi o`rtasida oddiy o`xshashlik bo`lishi mumkin. Janubiy Amerikaning boy tropik florasida 50000 dan ziyod gulli o`simliklar (er shari florasidagi o`simliklar tarkibining to`rtdan biri) hozirgi dehqonchilikka juda kam madaniy o`simliklarni, tropik Afrika ham o`ta boy floraga ega bo`lishiga (13 mingdan ziyod turlari mavjud) qaramasdan, juda kam madaniy ekinlar turini berdi. Kapsk yerining ajoyib, boy florasida 17-18 ming o`simliklar turi mavjud. Ulardan bugungi kunda manzarali o`simliklar yaratildi.

Floraning sifat tarkibi dehqonchilik madaniyati rivojlanishida o`ziga xos o`rin tutadi. Katta maydonlarda dehqonchilik qilinishi ilgari yovvoyi flora o`simliklaridan foydalanilganini bildiradi. Madaniy o`simliklarning ko`pgina turlari, ma'lumotlarga ko`ra, kelib chiqqan joylaridan ko`p ham uzoqqa tarqalmadi. Ko`pgina o`simlik turlari o`zlari birinchi marta o`stirilgan va foydalanilgan yerlarda aholi tomonidan hozirgacha ekilib kelinmoqda. Madaniy o`simliklarning umumiy soni 1500-1600 ta. Manzarali o`simliklar hisobga olinmaganda, ularning qariyb to`rtdan biri vatanidan uzoqlarga tarqaldi.

O`simliklarning kelib chiqish markazini o`rganish dunyo o`simliklari evolyutsiyasini kuzatish imkonini beradi.

Hayvonlarning o’simliklarga ta’siri haqida


Hayvonlar tarqalishida aniq o’simlik guruhlari fitotsenozlari bilan bog’langan bo’ladi. Hayvonlar va o’simliklarning o’zaro munosabatini o’rganishda hayvonlarning o’simliklarga ko’rsatadigai foydali va zararli ta’sirini farq qilish kerak bo’ladi. Yovvoyi hayvonlar, chamasi, zarardan ko’ra ko’proq foyda keltiradi. Hayvonlar keltiradigan asosiy zarar o’simliklarni yeb tugatish, payhon qilishdan iborat. Lekin ko’pincha hayvonlarning o’simliklarni yeyishi foydali bo’ladi.
Hayvonlar. bidan o’simlikdarning o’zaro ta’siri oziq zanjiri orqali sodir bo’ladi. O’simliklarni va ularning mevasini hayvonlar yeganda, o’simlik qoplamiga katta ta’sir ko’rsatadi. Hayvonlar o’simliklarning juda ko’plab urug’ini yo’qotadi deb hisoblaydilar. Lekin bu borada yetarli ma’lumotlar yo’q, chunki hammaga ma’lum, biror o’simlikka bevosita ta’sir etilsa, u birinchi navbatda yetilgan mevalarini to’kadi.
SHuning uchun hayvonlarniig harakati tufayli o’simlikning pishgan mevalari to’qiladi va hayvonlar ularni yeyishta ham ulgurmaydi. CHigirtkalar, masalan, o’simliklarga juda katta zarar yetkazar edi, ya’ni yo’lida uchraganni yeb, yo’q qilib ketar edi. Ular tufayli dehqonchilikda kagta zarar ko’rilardi. Lekin hoznrgi vaqtda bu xildagi ofat bizda uzil-kesil tugatilgan.
SHuni ham aytish kerakki, hayvonlar o’simliklarga ham bevosita, ham tuproq orqali bilvosita ta’sir ko’rsatishi mumkin. Hayvonlarning bevosita ta’siri changlapishda va meva, urug’larning tarqalishida, yerni go’ng bilan o’g’itlashda namoyon bo’ladi, Hayvonlar o’simliklarning urug’i va mevalarini tarqatib, fitotsenozga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yovvoyi hayvonlarning o’simliklarga bilvosita ta’siri turli hayvonlar tuproqnn qayta ishlashida namoyon bo’ladi. Masalan, qo’shoyoqlar taqirlarda tuproq yoriqlaridan lola piyozchalarini kovlab, bu yerda shuvoq va boshqa o’simliklarning o’sishiga ta’sir etadi.
Yer qazuvchi hayvonlar — krotlar, yumronqoziqlar, sichqonlar, kemiruvchilar yer yuzasiga karbonatlarni, gipsni olib chiqadi, tuproq va tuproq osti ximizmiga nisbatan tuproq sho’rlanishiga hamda chuqurlanishiga imkon yaratadi, bu xildagi sharoit ba’zi o’simliklar uchun foydali bo’lsa, boshqalarni uchun zararli bo’lishi mumkin.
Urta Osiyo cho’llarida qumsichqonlarning faoliyati ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi. Botanik _V. _B. Drobov o’z ishlarining birida takidlashishicha — qumsichqonlar saksovulning yaxshi rivojlanishiga imkon yaratadi. Saksovul shoxlari ostida deyarli hech narsa o’smaydi, chunki uning to’kilayotgan barglaridan yuvilib tushgan tuzlar tuproqni tsementlaydi, natijada uning yuzasnda suv va havo kirishiga to’sqinlik qiluvchi qatlam hosil bo’ladi.
Qumsichqonlar saksovulning-ostiga joylashib olganda, intensiv ravishda shoxcha-larini kemirib arralay boshlaydi, bu esa tinim davrida bo’lgan kurtaklarning uyg’onishiga olib keladi va saksovul ma’lum vaqtgacha yaxshi o’sadi. Lekin bunda saksovul tezda kuchsizlanib qoladi va ildizlari ham shikastlangani uchun qurib qoladi. Saksovul qurib qolgan joylardan piyoda yurish ancha qiyin, tuyada yurish hayot uchun xavfli, chunki bu joylarni qumsich-qonlar juda kovlab tashlagan bo’ladi. Tuproq qatlamida o’sadigan o’simliklar va o’simlik guruhlari hayo-tida umurtqasiz hayvonlarning roli katta.
Tuproqda katta ish olib boruvchi yomg’ir chuvalchanglariga ayniqsa e’tibor berish kerak. Ular tuproqni yumshatadi, o’simliklar qoldig’ini maydalaydi va qayta ishlaydi, ularning parchalanishiga va tuproq organik moddalarga boyishiga imkon yaratadi. Buning natijasida tuproqning strukturasi, suv o’tkazuvchanligi, namligi va ximiyaviy tarkibi yaxshilanadi. Yomg’ir chu-valchanglari tuproqning unumdorligini oshiradi.
Lekin keyingi vaqtlarda tuproqda yomg’ir chuvalchanglari kamayib ketayotganligi kuzatilmoqda, ayniqsa ular turli ximikatlar ishlatiladigan maydonlarda kamayib bormoqda.

Download 26.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling