3. O’simlik turlarining kelib chiqish markazlari. Hayvonlarning o’simliklarga ta’siri
Download 26.18 Kb.
|
35-O`simliklarning kelib chiqish tarixi va madaniy markazlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Janubiy-G`arbiy
- 4. Old Osiyo.
- 6. Abissiniya
2. Sharqiy Osiyo markaziga Markaziy va Sharqiy Xitoyning mo`'tadil va subtropik qismi, Koreya, Yaponiya va Tayvan orollarining asosiy qismi kiradi. Bu xududlar soya, turli xil tariq, ko`plab sabzavot ekinlari va mevali daraxtlar vatani hisoblanadi. Bizning hisobga ko`ra, Sharqiy Osiyodan Yer shari o`simliklari florasining deyarli 20 foizi boshqa mamlakatlarga tarqalgan.
3. Janubiy-G`arbiy Osiyo markazi tog`li Kichik Osiyodagi Anatoliyaning barcha ichki qismini, Eron, Afg`oniston, O`rta Osiyo va Shimoliy-G`arbiy Hindistonni o`z ichiga oladi. Bu markazga Kavkaz ham kiradi. Izlanishlardan ma'lum bo`lishicha, bu yerda o`simliklar florasi genetik tomondan Old Osiyo o`simliklariga bog`langan. Ushbu markaz quyidagi tarqalish joylariga bo`linadi: a) Kavkaz. Bu yerda bug`doy, javdar va mevali o`simliklarning ko`plab o`ziga xos turlari uchraydi. Bug`doy va javdar ustidagi izlanishlar taqqoslanganda ma'lum bo`ldiki, bu hudud turlarning kelib chiqishi bo`yicha dunyodagi eng asosiy joylardan biri hiosblanadi; b) Shimoliy-G`arbiy Hindistonga Panjob, Shimoliy Hindiston viloyatlari-Kashmir, Belujuston va janubiy Afg`oniston kiradi. Yer sharidagi o`simliklar florasining 14-15 foizi, shuningdek, bug`doy, javdar va Yevropa mevali daraxtlarining yovvoyi turlari shu mamlakatlarda keng tarqalgan. Bu yerlarda hamon juda ko`p turlarning madaniy va yovvoyi shakllarini hamda yovvoyi va madaniy shakllar o`rtasidagi bog`liqlikni kuzatish mumkin. 4. Old Osiyo. Bu hudud Kichik Osiyo, Suriyaning ichkarisi, Falastin, Transiordaniya, Eron, Shimoliy Afg`oniston, O`rta Osiyo, Xitoy, Turkiston (Uyg`uriston)ni o`z ichiga oladi; 5. O`rta yer dengizi markazi o`z ichiga O`rta yer dengizi atrofida joylashgan mamlakatlarni oladi. Bu ajoyib geografik markaz, ulug` sivilizatsiyadan xotira bo`lib, yer shariga 10-11foiz madaniy o`simliklar turini berdi. Bular orasida eng moyli zaytun, shox daraxti, ko`plab sabzavot va yem-xashak ekinlari bor. 6. Abissiniya alohida geografik markaz hisoblanadi. Bu yerda madaniy o`simliklarning avlod va turlari ko`plab uchraydi. Ular orasida boshoqli don, teff (Eragrostis adyssinica Link), o`ziga xos moyli ekin nug (Guizotia abissinica Cass), bananning alohida turi va qahva daraxti ham bor. Abissiniyadan kelib chiqqan o`simliklar, floraning 3-4foizini tashkil qiladi. Yangi dunyoda asosiy o`simliklar turi jiddiy ravishda ikkita markazga joylashganligi aniqlandi. 7. Markaziy Amerika markazi Shimoliy Amerikaning katta qismini egallangan bo`lib tarkibiga Janubiy Meksika ham kiradi. Bu markaz o`simliklar joylarining joylashishiga qarab, uchga bo`linadi: a) Tog`li Janubiy Amerika; b) Markaziy Amerika; v) Vest-Hindu orollari. Markaziy Amerika markazi hozir o`stirilayotgan ekinlardan qariyb 8 foizining boshlang`ich joyi hisoblanadi. Bu yerda makkajo`xori, upland g`o`zasi, fasolning bir necha turlari, qovoqdoshlar, kakao yoki shokolad daraxti va boshqa mevali o`simliklar (gvayyava, anonlar va avokado) kelib chiqqan. Download 26.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling