3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


-mavzu. Hosilaviy va boshqa turdagi qimmatli qog‟ozlar qiymatini baholash


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/75
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#217781
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75
Bog'liq
qimmatli qogozlar qiymatini baholash

8-mavzu. Hosilaviy va boshqa turdagi qimmatli qog‟ozlar qiymatini baholash 

 

Reja: 

1.  Hosila va maqsadli qimmatli qog„ozlarni baholash asoslari 

2.  Maqsadli qimmatli qog„ozlarni baholash 

3.  Opsion shartnomalarni baholash 

4.  Fyuchers shartnomalarini baholash 

 

Tayanch iboralar: derivativlar, maqsadli   qimmatli   qog‗ozlar, vaucher, veksel, opsion, 

konosament, fyuchers  shartnomasi. 



 

1. Hosila va maqsadli qimmatli qog„ozlarni baholash asoslari 

Hosila  va  maqsadli  qimmatli  qog‗ozlarni  baholash  ularning  o‗ziga  xosliklari  va 

xususiyatlarini  hisobga  olishga  asoslangan.   

Hosila  qimmatli  qog‘ozlar  –  bu  ularning egasiga   aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa fond 

qimmatliklari  (opsionlar,  fyucherslar  va  b.)  ni  xarid  qilish  yoki  sotish  huquqini  beruvchi  ixtiyoriy 

qimmatli  qog‗ozlardir.  Hosila  qimmatli    qog‗ozlar    (hosila    moliyaviy  instrumentlar  yoki 

muddatli  shartnomalar)  –  qimmatli    qog‗ozlarning    ancha    o‗ziga    xos    turidir.  Ular  fond 

bozori  rivojlanishi,  kelishilgan  muddatda  savdo  bitimlarini  rasmiylashtirish  uchun  qimmatli 

qog‗ozlar  bilan operatsiyalarni   kengaytirish   va   takomillashtirish   natijasida   vujudga   kelgan.  

Hosila  moliyaviy  instrumentlar  uchun  bazaviy  aktiv  tushunchasi  –  narxining  kelgusi  o‗zgarishiga 

muddatli   shartnoma   tuzilayotgan   aktiv   dolzarb   hisoblanadi.   Bazaviy   aktiv   sifatida aksiyalar,  

indekslar,    turli    moddiy    va    nomoddiy    aktivlar,    muayyan    mulqiy    huquqlar namoyon bo‗lishi 

mumkin. 


Maqsadli    qimmatli    qog‘ozlar    —    bu    muayyan    maqsadda    (garov,    tovarning 

ombordaligini  tasdiqlovchi  guvohnoma,  tashish  uchun  yuklarni  qabul  qilib  olinganligi bo‗yicha 

dalolatnoma  va  boshqalar)  chiqariladigan  qimmatli    qog‗ozlardir.  Maqsadli  qimmatli 

qog‗ozlar  orasida  garovga    oid,    konosamentlar,    varrantlar    yoki    tovar  omborxonasi 

guvohnomasi, vaucherlar kabi turlari farqlanadi. 

Hosila  va  maqsadli  qimmatli  qog‗ozlarni  baholash  quyidagi  bosqichlarni  o‗z  ichiga 

oladi: 

– baholash maqsadi, qiymat turi, uslubiy yondashuv va baholash usullarini aniqlash; 

–fond   bozori   tendentsiyalarining   qimmatli   qog‗ozlarning   bozor   qiymati darajasiga 

ta‘sirini,  bazaviy  aktiv  qiymati  o‗zgarishini,  shuningdek,  muqobil  moliyaviy  instrumentlar  narxi 

dinamikasini baholash; 

– emitentning fond bozoridagi holatini va fond  operatsiyalari natijalarini aniqlash; 

– qimmatli qog‗ozlarning bozor qiymatini hisoblash. 


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling