3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
qimmatli qogozlar qiymatini baholash
Veksellar
Veksel (nemischa Wechsel so‘zidan) – veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz. Oddiy veksel (solo veksel) – bu qarzdorning (veksel beruvchining) muayyan pul summasini ko‘rsatilgan muddatda kreditorga (birinchi oluvchisiga) to‘lash majburiyatini ifodalovchi hujjat. O‘tkazma veksel (tratta) – bu veksel beruvchi kreditor(trassant)ning qarzdor(trassat)ga ma‘lum pul summasini ko‘rsatilgan muddatda uchinchi shaxs birinchi oluvchi(remitent)ga to‘lashi buyrug‘ini ifodalovchi hujjat. O‘tkazma veksel, agar u qarzdor – trassat tomonidan aktseptlanmagan bo‘lsa, qonuniy kuchga ega bo‘lmaydi. Aktsept (to‘lash uchun rozilik) yozma ravishda vekselning ustki tomonida amalga oshiriladi. Aktsept umumiy yoki chegaralangan (qisman) bo‘lishi mumkin. Qismli aktsept – bu qarzdorning veksel valyutasi bir qismini to‘lash uchun yozma ravishdagi roziligidir. Veksel aktseptlanmagan hollarda yoki u bo‘yicha to‘lovdan bosh tortilsa, veksel bo‘yicha da‘vo qilinishi mumkin. Bunda uning egasida veksel bo‘yicha majburiyatga ega bo‘lgan oldingi shaxslarga regress, ya‘ni qaytarma talab tartibida to‘lash xuquqi paydo bo‘ladi. Veksel majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim, ulardan hech bo‘lmaganda bittasining yo‘qligi vekselni haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi. O‘tkazma vekselning oddiy vekseldan asosiy farqi shundan iboratki, u qimmatliklarni bir shaxs ixtiyoridan boshqa shaxs ixtiyoriga o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. O‘tkazma vekselning mazmunidan shu narsa kelib chiqadiki, u bo‘yicha majburiyat trassat (to‘lovchi) uchun faqat u veksel (aktsept)ni qabul qilgan yildan boshlab paydo bo‘ladi. Aks holda trassat veksel beruvchi uchun mutlaqo begona shaxs bo‘lib qoladi. Bundan kelib chiqib, veksel bo‘yicha pullarni oluvchilar oldindan, to‘lov muddati kelgunga qadar to‘lovchining vekselni to‘lashga bo‘lgan munosabatini aniqlashi mumkin. Bu maqsadga vekselni trassatga uni aktseptlash, demak, o‘z zimmasiga to‘lovni amalga oshirish majburiyatini olish taklifi bilan taqdim etish yo‘li orqali erishiladi. Shu bilan birga, vekselni aktseptga taqdim etish veksel egasi trassat va trassantning qodirligiga ishongan hollar uchun majburiy hisoblanmaydi. Veksel aktseptga istalgan yilda, veksel berilgan kundan boshlab to to‘lov muddati boshlanadigan yilgacha taqdim etilishi mumkin. Veksel hatto 11
to‘lov muddatidan keyin ham aktseptga taqdim etilishi hamda aktseptlanishi mumkin va trassat u bo‘yicha vekselni muddatigacha qabul qilgandek javob beradi. Odatda, veksel aktseptga banklar tomonidan to‘lovchining manzili bo‘yicha taqdim etiladi. Trassat unga veksel birinchi marta taqdim etilganidan bir kundan so‘ng uni ikkinchi marta taqdim etilishini talab qilish huquqiga ega. Agar u ushbu muddatdan so‘ng qabul qilinmasa, u holda veksel qabul qilinmagan hisoblanadi. Trassat vekselni aktsept uchun o‘zida qoddirishni talab qilish huquqiga ega emas. Aktsept, odatda, vekselning ustki tomoni chap qismida belgilanadi va to‘lovchining imzosi majburiy ravishda qo‘yilgan holda "aktseptlangan", "qabul qilindi", "to‘layman" so‘zlari bilan ifodalanadi. Vekselning ustki tomonidagi oddiy imzo ham vekselning qabul qilinganligini anglatadi. Veksel istalgan summaga 3 oy muddatgacha, istisno hollarda esa – 6 oygacha yozilishi mumkin. U "belgilangan kunga" yoki "tuzilgan kundan qandaydir yilga" mudddt bilan berilishi mumkin. Agar vekselda muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u taqdim etilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan veksel sifatida ko‘rib chiqiladi. To‘lov muddati kelib, veksel taqdim etilgan yilda veksel beruvchi unda ko‘rsatilgan summani veksel egasiga to‘lashga majbur, shundan so‘ng ikki kunlik muddatda veksel berilganligini ro‘yxatga olgan bankka veksel bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganligi haqida xabar berishi kerak. Agar veksel muddatida to‘lanmagan bo‘lsa, bank qarzdor korxonaning hisobraqamiga kelib tushadigan pul mablag‘larini veksel bo‘yicha majburiyatlarni qoplash hisob raqamiga o‘tkazish huquqiga ega. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling