3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Hosilaviy qimmatli qog’ozlar va ularning xususiyatlari


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/75
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#217781
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
Bog'liq
qimmatli qogozlar qiymatini baholash

Hosilaviy qimmatli qog’ozlar va ularning xususiyatlari 

Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning umumiy tushunchasi 

Qimmatli  qog‘ozlarning  hosilalari  -  o‘z  egalarining  boshqa  qimmatli  qog‘ozlarga  nisbatan 

huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning optsionlari, 

qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli 

qog‘ozlar 

Hosila qimmatli qog‘ozlar (HQQ) – bu shartnomalar bo‘lib, ular bo‘yicha bir tomon qimmatli 

qog‘ozlarning  ma‘lum  bir  miqdorini  ma‘lum  muddatda  kelishilgan  narxda  sotib  olish  yoki  sotish 

huquqi  yoxud  majburiyatini  oladi.  Ko‘pincha  bazis  aktivi  (ya‘ni  shartnoma  asosida  yotuvchi 

qimmatli qogoz) sifatida aktsiyalar va obligatsiyalar ishtirok etadi. 

O‘zbekistonda  xosila  qimmatli  qog‘ozlarni  chiqarish  va  ular  muomalada  bo‘lishining  o‘ziga 

xos  xususiyatlari  mavjud.  Hosila  qimmatli  qog‘ozlarni  chiqarish  va  ularning  muomalada  bo‘lishi 

haqidagi Nizomga muvofiq respublika hududida faqat ularning negizida akdiyadorlik jamiyatlarining 

qimmatli  qog‘ozlari  yotadigan  xosila  qimmatli  qog‘ozlar  chiqarilishi  mumkin.  Mazkur  xosila 

qimmatli qog‘ozlarning emissiya risolasi davlat ro‘yxatidan o‘tishi va belgilangan tartibda ro‘yxatga 

olish raqamiga ega bo‘lishi lozim. 

Hosila qimmatli qog‘ozlarning emitenti – bu HQQni chiqaruvchi va ushbu qimmatli qog‘ozlar 

egalarining  oldida  ular  bo‘yicha  o‘z  nomidan  majburiyatga  ega  bo‘lgan  yuridik  shaxsdir.  Hosila 

qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror uni chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan emitentning 

boshqaruv idorasi tomonidan qabul qilinadi.  

Hosila  qimmatli  qog‘ozlar  naqd  hamda  naqdsiz  shakllarda  chiqarilishi  mumkin.  Naqdsiz 

shaklda chiqarilgan hollarda ular global sertifikat HQQning naqdsiz shaklidagi butun nashrini (yoki 

bir  qismini)  tasdiqlovchi  va  depozitariyda  saqlanadigan,  shuningdek,  bir  martalik  sertifikat  uchun 

talab  etiladigan  barcha  rekvizitlar,  HQQ  nashri  emissiyasi  va  muomalasining  umumiy  shartlari 

ro‘yxatini o‘z ichiga olgan hujjat bilan rasmiylashtiriladi. 

Hosila  qimmatli    qog‘ozlar  optsionlar,  fyucherslar  va  varrantlar  ko‘rinishida  chiqarilishi 

mumkin. 

Optsion (nemischa option co‘zidan) – emitentning muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini 

optsionda  ko‘rsatilgan  muddatda  qat‘iy  belgilangan  narxda  sotib  olish  huquqini  tasdiqlovchi 

emissiyaviy qimmatli qog‘oz. 

Optsionning  o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  uning  egasi  qimmatli  qog‘ozning  o‘zini  harid 

qilmaydi, balki uni sotib olish yoki sotish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda u o‘zining harid qilish yoki 

sotish xuquqidan foydalanishi yo bo‘lmasa, undan voz kechishi mumkin. 



 

12 


 

Optsion shartnomasida ikki tomon ishtirok etadi optsion haridori (egasi) – ma‘lum miqdordagi 

qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish xuquqiga ega bo‘ladigan shaxs hamda sotuvchi (ustiga 

yozuvchi)  –  tegishli  ravishda  ushbu  qimmatli  qog‘ozlarni  sotish  yoki  harid  qilish  majburiyatini  o‘z 

zimmasiga oluvchi shaxs. 

Barcha optsionlar ikki xilga bo‘linadi. Harid qilish uchun optsion "kolloptsion" (sall) va sotish 

uchun  optsion  –  po‘toptsion  (rut).  Harid  tsilish  optsioni  (sall)  kelajakda  xosila  qimmatli  qog‘oz 

tomonidan belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish xuquqini beradi. Sotish optsioni (rut) o‘z 

egasiga kelajakda bazis aktivini hosila qimmatli qog‘oz shartlariga muvofiq sotish xuquqini beradi. 

Optsion va fyuchers savdolarining negazida olibsotarlik manfaati, qimmatli qog‘ozlar kursining 

ko‘tarilishi yoki pasayishidan pul ishlab olishga intilish yotadi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  qonunchiligiga  muvofiq,  optsionlar  ular  emitentining  ilgari 

chiqarilgan  shaxsiy  qimmatli  qog‘ozlarini  ham,  uchinchi  shaxslar  qimmatli  qog‘ozlarini  ham  harid 

qilish  yoki sotish xuquqini tasdiqlashi mumkin. Bazis aktivi emitentning birinchi marta muomalaga 

chiqarilayotgan  shaxsiy  qimmatli  qog‘ozlaridan  iborat  bo‘lgan  optsionlarning  chiqarilishiga  yo‘l 

qo‘yilmaydi. 

Varrant – bu uning egasi ma‘lum muddat davomida yoki ma‘lum bir kunda varrantlar emitenti 

tomonidan dastlabki chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni harid qilish huhuqini olganligini tasdiqlovchi 

hujjat.  Shunday  qilib,  varrantlarni  chiqarish  bazis  aktivini  tashkil  etuvchi  qimmatli  qog‘ozlarni 

chiqarish bilan bog‘lanadi. Varrantning bazis aktivi bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning bir nashri faqat 

varrantning bitta nashriga xuquq beradi. 

Varrantlar 

muomalaga 

chiqarilgan 

va 

uchinchi 



shaxslarning 

qo‘lida 


bo‘lgan 

yoki 


emitentning 

o‘zi 


tomonidan 

sotib 


olingan 

qimmatli 

qog‘ozlar  bo‘yicha  chiqarilishi  mumkin  emas.  Bazis  aktivining  bahosi  qimmatli  qog‘ozlar 

nominalidan past bo‘lgan varrantlarnin gemissiyasi taqiqanadi (obligatsiyalar bundan mustasno). 

Varrant  emitentlari  varrantlarning  dastlabki  egalariga  ularni  harid  qilish  uchun  teng  narx 

shartlarini ta‘minlashi kerak. Varrantlar egalari uchun qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish narxi ushbu 

qimmatli qog‘ozlarni varrantlar egasi bo‘lmagan sarmoyador tomonidan joylashtirilishi narxidan farq 

qilishi  mumkin.  Varrantlar  bilan  operatsiyalar  qimmatli  qog‘ozlarning  birja  va  birjadan  tashqari 

bozorlarida bajarilishi mumkin. 

Qimmatli  qog‘ozlarga  doir  fyuchers  (futures)    -  o‘zida  nazarda  tutilgan  muddatda  muayyan 

miqdordagi  qimmatli  qog‘ozlarni  qat‘iy  belgilangan  narxda  sotib  olish  yoki  sotish  majburiyatini 

tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz.  

Fyuchers  shartnomalari  birjalarda  sotiladigan  qimmatli  qog‘ozlarga  ham,  tovarlarga  ham 

taqdim etilishi mumkin. 

Fyucherslarning  asosiy  belgisi  –  narxining  aniqligi  va  ijro  etishning  majburiyligidir. 

Fyucherslar  shartnoma  bo‘yicha  sotib  olinadigan  qimmatlikka  egalik  qilish  huquqining  bir  qo‘ldan 

boshqa  qo‘lga  zudlik  bilan  o‘tkazilishini  nazarda  tutmaydi.  Fyucherslar  yordamida  qonun  bilan 

kafolatlangan  majburiyat  sotib  olinadi,  bu  bitim  sifatida  rasmiylashtirilishi  mumkin.  Fyuchersning 

o‘ziga  xos  belgisi  shundan  iboratki,  ular  mazkur  qimmatliklar  (sotuvchilarda  yoki  umuman)  ayni 

yilda bormi yoki yo‘qmi, undan qati nazar, sotilishi mumkin. 

Fyucherslarning  optsionlar  bilan  o‘xshash  tomoni  shundaki,  ularning  ikkalasi  ham  fond 

boyliklarini kelajakda sotib olish imkonini beradi. Farqlarga kelsak, ular quyidagilardan iborat: 

Fyucherslar  oldi–sotdi  hujjati  sanalmaydi;  fyuchers  fond  boyliklarini  etkazib  berish  qatiy 

majburiyatidir. Fyuchers belgilangan muddat tugashi bilan majburiy hisob – kitobni talab qiladi. 

Fyuchers  bo‘yicha  xatar,  optsionnikiga  qarganda  ancha  yuqori,  chunki  fyuchers  haridori 

optsion  haridoridan  farqli  o‘laroq,  optsion  bo‘yicha  yo‘qotilgan  mukofotga  qaraganda  ancha  katta 

summani yo‘qotishi mumkin. 

Fyuchers shartnomasining shartlari andozalidir. Fyuchers shartnomasining narxi birja kimoshdi 

savdolarida  talab  va  taklif  muvozanatining  natijasi  sifatida  belgilanadi.  Fyuchers  bitimlari  bo‘yicha 

hisob–kitoblar,  odatda,  fyuchers  bilan  savdo  qiluvchilar  (sotuvchilar  va  haridorlar)ning  hisob 

raqamlari ochilgan birjalarning kliring palatalari orqali amalga oshiriladi. 



 

13 


 

O‘zbekistonning  qonun  hujjatlariga  ko‘ra,  fyuchers  –  bu  ma‘lum  qimmatli  qog‘ozlarni 

shartnomada  belgilangan  narxda  ma‘lum  kelajak  sanada  sotib  olish  yoki  sotish  uchun  so‘zsiz 

majburiyatni  tasdiqlovchi  qimmatli  qog‘oz  (shartnoma)dir.  Bazis  aktivi  birinchi  marta  muomalaga 

chiqarilayotgan  qimmatli  qog‘oz  bo‘lgan  fyucherslarni  chiqarishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Fyucherslar 

fyuchers  emitentining  o‘zi  tomonidan  yoki  uchinchi  shaxslar  tomonidan  chiqarilgan  qimmatli 

qog‘ozlarni  harid  qilish  yoki  sotish  majburiyatini  tasdiqlaydi.  Fyucherslar  o‘z  xuquqini  amalga 

oshirishdan bosh tortishni nazarda tutuvchi optsionlardan yoki varrantlardan farqli ravishda, ijro etish 

uchun  majburiydir.  Fyuchers  egasi  yo  qimmatli  qog‘ozlarni  etkazib  berishi  yoki  uni  keyingi 

muomalada bo‘lishi uchun qontr agentga sotishi lozim. 




Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling