4.Qimmatli qog„ozlar qiymati tushunchasi va ularning turlarini tasnifi
Qimmatli qog‗ozlar qiymati tushunchasi va ularning turlarini tasnifi Qimmatli qog‗ozlar
qiymati tushunchasi. Qimmatli qog‗ozlar qiymati tushunchasi ularning yuridik jihatdan o‗ziga xos
xususiyatlari va
iqtisodiy mohiyati bilan chambarchas bog‗langan. Qimmatli qog‗ozlar
qiymati, odatda, ularning narxidan farqlanadi, chunki qiymat professional baholovchi, xaridor,
sotuvchi, potentsial investor, vositachi yoki emitentning
muayyan fikrini ifodalaydi, narx esa
tuzilgan bitim shartlarini o‗zida aks ettiradi. Qimmatli qog‗ozlar qiymati hisoblanadi, narxi esa
to‗lanadi.
Qimmatli
qog‗ozlarni
baholash
maqsadlari
qo‗llaniladigan
qiymat
standartlarini oldindan belgilab beradi. Natijada aynan bir qimmatli qog‗oz bir vaqtning o‗zida
miqdori bo‗yicha jiddiy farqlanadigan bir nechta qiymat turiga ega bo‗lishi mumkin.
Qimmatli qog‗ozlar qiymatining har bir turini aniqlashda maxsus metodika qo‗llaniladi.
Qimmatli qog‗ozlar qiymati turlari tasnifi:
1.Nominal qiymat. Bu shunday moliyaviy mablag‗larki, hatto korxona tugatilgan taqdirda
ham ular albatta qimmatli qog‗ozlar egalariga qaytariladi;
2. Emissiya qiymati. Aksiyalarni ochiq bozorda joylashtirish vaqtida belgilanadigan qiymat;
3. Balans qiymati. Emitent kompaniyalarning buxgalteriya hisobi ko‗rsatkichi, demak,
kompaniyalar moliyaviy faoliyatini tahlil qilish vositasi ham hisoblanadi.
4. Tugatish qiymati. Tashkilotlarning aktivlari kim oshdi savdosida sotilganda, tugatish
tartibotini amalga oshirishda va hatto ularning faoliyati yakunlanishi bo‗yicha ham o‗zgarmasligicha
qoladigan qiymat;
5. Investitsiya qiymati. Investor nuqtai nazaridan eng qiziqarli qiymat. U mazkur qimmatli
qog‗ozlarga qo‗yilmalarning daromadliligi va foydaliligini belgilab beradi;
6. Bozor qiymati. Ochiq bozorda qimmatli qog‗ozlarni xarid qilish uchun to‗lov miqdorini
belgilab beruvchi qiymat;
7. Hisob-kitob qiymati. Qimmatli qog‗ozlar qiymatini baholash natijasi sifatida hisoblash
metodi bilan keltirib chiqariladigan qiymat.
Do'stlaringiz bilan baham: |