3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari


Darsliklar va Milliy o‘quv dasturi


Download 102.63 Kb.
bet7/19
Sana15.06.2023
Hajmi102.63 Kb.
#1486108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
muzrabot tumani

Darsliklar va Milliy o‘quv dasturi
Farmonga asosan, 2024 yil 1 sentyabrga qadar Milliy o‘quv dasturining ta’lim jarayoniga to‘liq joriy etilishi lozim. Shu jumladan, 2022 yil yakuniga qadar 3-, 6-, 7– va 10-sinflar uchun, 2023-2024 yillarda 4-, 5-, 8-, 9– va 11-sinflar uchun darsliklar, mashq daftarlari hamda o‘quv qo‘llanmalar yaratilishi zarur.
Maxsus elektron tizimlar (S-testing, Onlineedu, Raqamli darsliklar va boshqalar) orqali:

  • 2022 yil yakuniga qadar yangi avlod darsliklari uchun 10 ta mobil elektron resurs va 100 ta multimedia mahsulotlari yaratiladi;

  • 2022 yil 1 sentyabrga qadar 3-,6-,7–va 10-sinf o‘qituvchilari Milliy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.

Maktab direktorlari sertifikat olishi talab qilinadi
2022 yil 1 dekabrga qadar maktab direktori lavozimiga nomzodlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda baholash natijasi bo‘yicha ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab:

  • maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatini olish uchun Milliy-tadqiqot institutida maxsus pullik dasturlar asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalari ko‘nikmalariga o‘qitiladi;

  • o‘qitish yakuni bo‘yicha Milliy-tadqiqot instituti tomonidan maktab direktori lavozimiga nomzodlarning boshqaruv sohasiga oid bilim va ko‘nikmalari baholanadi hamda natijasi bo‘yicha menejerlik sertifikati beriladi;

  • maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlab olinadi va kelishish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga taqdim etiladi;

  • maktab direktorini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra lavozimdan ozod etish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishish talab etilmaydi.


Download 102.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling