3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari


Download 102.63 Kb.
bet15/19
Sana15.06.2023
Hajmi102.63 Kb.
#1486108
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
muzrabot tumani

226-bandda qayd etilishicha, ushbu qaror bilan 2021 – 2023 yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Fizika bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida Ahmad Al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasini tashkil etish va uni yuqori saviyada o‘tkazishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining bayoni qabul qilinib, ijroga qaratildi, deyilgan 243-bandda.
Til bilagn el bilar, deb ota-bobolarimiz bejiz naql qilishmagan. Chunki bugungi globallashgan zamon taraqqiyoti jahonga chiqish uchun, o‘zga ellarning yuksak taraqqiyot tajribasini o‘zlashtirish uchun til bilishning ahamiyati ne chog‘lik katta ekanligidan dalolat berib kelmoqda. 227-bandda ham aynan mana shu yo‘nalishda xalqimizning qiziqishini rag‘batlantirish haqida so‘z boradi. Jumladan, xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Prezidentning 2021 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi hamda uning hududiy vakillari lavozimlari tashkil etildi. Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga 50 mln so‘mgacha mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lanishi hamda 2022 yildan boshlab davlat organlariga ishga qabul qilish va yuqori lavozimga tayinlash uchun xorijiy tilni bilish talabgorga qo‘yiladigan majburiy malakaviy ko‘nikma sifatida belgilandi.
Har qanday ta’lim tizimining tamal toshi maktabgacha ta’lim tizimi tashkilotlarida qo‘yilishi hammamizga ma’lum. Yaqin-yaqingacha nafaqat olis qishloqlarda, balki yirik shaharlarda ham maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarni bog‘cha tarbiyasi bilan qamrab olish muammoli masalalardan biri edi. Muassasa tarbiyachilariga bo‘lgan talab ham shunga yarasha edi. Ammo so‘nggi yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim muassaslari tarbiyasiga jalb etish hamda ularda faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasiga bo‘lgan talab oshdi. Bu esa kelajak avlodning barkamolligi yo‘lidagi ulkan xizmatlardan biri bo‘ldi. Jumladan, 228-bandga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 572-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan, 2022 yil 1 yanvardan boshlab maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hamda ta’lim muassasalari miqyosidagi attestasiya komissiyalari tuzish va yig‘ma jild orqali hujjat topshirish amaliyoti bekor qilinib, attestasiyadan o‘tkazish, pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash, o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovini o‘tkazish orqali amalga oshirish, shuningdek, pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifasi (lavozim) berish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Ta’lim inspeksiyasi rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali amalga oshirilishi belgilandi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh etish borasida olib borilayotgan samarali ishlar to‘g‘risida gap borar ekan, shuni alohida ta’kidlash joizki, yurtimiz yoshlari orasida oliy ta’lim olishga bo‘lgan qiziqish va talab borgan sari ortib bormoqda. Bu esa qabul kvotalari sonini oshirishga va yangi oliygohlarni tashkil etishga bo‘lgan talabni keltirib chiqarmoqda. Xususan, 232, 233-bandlarda ta’kidlanishicha, Prezidentning 2021 yil 22 iyundagi “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buryurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-5157-son qarori bilan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga ajratiladigan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarini kamida 25 foizga oshirish, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkazish hamda davlat granti asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun ham shakllantirilishi belgilandi.
Shuningdek, 234-band mazmuni quyidagicha: Prezidentning 2021 yil 31 avgustdagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5241-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha turdosh oliy ta’lim hamda tarmoq tashkilotlariga biriktirish, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish nazarda tutildi.
Har qanday insonni rag‘batlantirish yanada yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilish uchun undashi shubhasiz. Bu haqda 235-bandda quyidagicha ta’kidlanadi: “Yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlashga undash hamda bilimli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezidentning 2021 yil 6 iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5172-son qarori bilan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident grantini joriy etish belgilandi”.
Yuqoridagi fikrlarning uzviy davomi sifatidagi 236-bandga muvofiq, Prezidentning 2021 yil 9 sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-6309-son farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi kvotalari sonini kamida ikki barobarga oshirish hamda xorijiy va qo‘shma oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini joriy etish belgilandi.
Prezidentning 2021 yil 30 iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5203-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 avgustda “Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish choratadbirlari to‘g‘risida”gi 527-sonli qarorlari bilan ta’lim kreditlarini ajratish orqali talabalarga oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, jumladan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlari uchun imtiyozli ravishda ta’lim kreditlarini berish tartibi belgilanligi 237-bandda o‘z aksini topgan.

Download 102.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling