3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari


Uchinchi tashabbus — yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish


Download 102.63 Kb.
bet13/19
Sana15.06.2023
Hajmi102.63 Kb.
#1486108
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
muzrabot tumani

Uchinchi tashabbus — yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish

25.

Umumta’lim maktablarini keng polosali Internet tarmog‘iga ulash.

Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)

100%

100%

100%

100%

100%

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

26.

Zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlash va mavjud ma’nan eskirgan kompyuter texnikalarini yangilash.

Foizda
(ehtiyoj mavjud bo‘lgan kompyuter sinflari soniga nisbatan)

30%

40%

50%

60%

100%

Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Investisiya va tashqi savdo vazirligi

27.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida robototexnika, axborot texnologiyalari va dasturlash kabi zamonaviy to‘garaklar ulushi.

Foizda
(jami to‘garaklar soniga nisbatan)

3%

6%

9%

10%

15%

Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi

28.

Xalq ta’limi tizimini boshqarish axborot tizimining (ERP) joriy etilishi.

Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)

50%

70%

90%

100%

100%

Xalq ta’limi vazirligi

29.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 1-sinflarga o‘quvchilar qabuli tashkil etiladigan umumta’lim muassasalari.

Umumta’lim muassasalar soni

500

700

900

1 000

5 000

Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi

30.

Umumta’lim maktablarida «Elektron kundalik» axborot tizimini joriy etish.

Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)

60%

75%

90%

100%

100%

Xalq ta’limi vazirligi

31.

Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilishning Yagona elektron apparat-dasturiy kompleksini joriy etish.

Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)

-

5%

8%

10%

30%

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

To‘rtinchi tashabbus — yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish

32.

Umumta’lim maktablarida kutubxonalar tashkil etish.

Foizda
(jami maktablar soniga nisbatan)

100%

100%

100%

100%

100%

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi

33.

Umumta’lim maktablari kutubxonalarini lotin grafikasidagi badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash.

Foizda
(jami o‘quvchilar soniga nisbatan)

30%

31%

34%

35%

40%

Xalq ta’limi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

34.

Umumta’lim maktablarida doimiy kitobxonlar soni.

Foizda
(jami o‘quvchilar soniga nisbatan)

60%

61%

62%

63%

65%

Xalq ta’limi vazirligi

35.

O‘zbek mumtoz va jahon adabiyoti (200 nomda) durdona asarlarini audio kitob shaklida nashr etish.

Foizda

40%

60%

80%

100%

100%

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Xalq ta’limi vazirligi

Beshinchi tashabbus — o‘quvchi-qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb qilish

36.

Umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari uchun «Tikuvchilik» yo‘nalishi bo‘yicha sinf xonalarini jihozlash.

Sinf xonasi komplekti

636

821

1054

1 286

1 950

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi

37.

Umumta’lim maktablarida «Tikuvchilik», «Oshpazlik» va «Qandolatchilik» yo‘nalishlaridagi to‘garaklarga o‘quvchi-qizlarni jalb etish.

Foizda
(jami o‘quvchi-qizlar soniga nisbatan)

8%

8,5%

9%

10%

12%

Xalq ta’limi vazirligi

38.

Umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari uchun «Oshpazlik» va «Qandolatchilik» yo‘nalishlari bo‘yicha sinf xonalarini jihozlash.

Sinf xonasi komplekti

245

368

557

615

815

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi

39.

«Oshpazlik» va «Qandolatchilik» yo‘nalishlariga o‘quvchi-qizlarni jalb etish.

Foizda
(jami o‘quvchi-qizlar soniga nisbatan)

7,7%

8%

9%

10%

13,5%

Xalq ta’limi vazirligi

40.

Umumta’lim maktablarining 10-11-sinflari o‘quvchilari uchun «Sartarosh» va «Kosmetolog» yo‘nalishlari bo‘yicha sinf xonalarini jihozlash.

Sinf xonasi komplekti

102

132

185

227

370

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi

41.

«Sartarosh» va «Kosmetolog» yo‘nalishlariga o‘quvchi-qizlarni jalb etish.

Foizda
(jami o‘quvchi-qizlar soniga nisbatan)

4,4%

5%

7%

7,8%

10,8%

Xalq ta’limi vazirligi

Izohlar:
1) maqsadli ko‘rsatkich 2030 yilga qadar 100 foizni tashkil etgan taqdirda, ushbu ko‘rsatkich keyingi yillarda saqlanib qoladi;
2) yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga erishish uchun davlat organlari o‘zlarining vakolatlari doirasida amaliy yordam ko‘rsatadilar.
(ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2022 y., 06/22/134/0407-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoniga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha
«YO‘L XARITA»SI

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish
mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul
ijrochilar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 2019 yildagi maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha kompleks choralarni ko‘rish.

Tashkiliy-amaliy choralar.

2019 yil
1 iyun

-

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

2.

O‘zgaruvchan o‘quv rejalarini
va o‘quv dasturlarini joriy etish, o‘quvchilarning qiziqishlari
va xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.

1. Ushbu yo‘nalishda xalqaro tajribani o‘rganish asosida o‘zgaruvchan o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.
2. Ishlab chiqilgan o‘quv rejalari
va dasturlarini sinovdan o‘tkazish
va sinov natijalarini ta’lim muassasalarida keng joriy etish
va qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilish.

2019 yil
1 sentyabr

2019 yil
1 dekabr



-

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)

3.

Umumiy ta’lim tizimi uchun ilmiy-pedagogik, pedagogik
va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish, shu jumladan
yosh kadrlarni ta’lim sohasiga jalb qilishni rag‘batlantirish.

1. Pedagogik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlaridagi sirtqi ta’lim uchun kvotalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
2. Xalq ta’limi sohasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy-pedagogik tadqiqotlar o‘tkazish uchun
yosh o‘qituvchilarni doktortaranturaga
yoki mustaqil tadqiqotchilar institutiga jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlash.
3. Yangi tayinlangan maktab direktorlari uchun qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.

2019 yil
1 iyul

2019 yil
1 oktyabr

2019 yil
1 noyabr


Davlat byudjeti

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi
(D. Sultanov)

4.

Fan olimpiadalarini o‘tkazish mexanizmlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va eng qobiliyatli, bilimli o‘quvchilarni aniqlashda shaffoflikni ta’minlash, baholash mezonlarini
mos ravishda tegishli xalqaro olimpiada va tanlovlar mezonlariga moslashtirish.

Tashkiliy-amaliy choralar.

2019 yil
1 sentyabr

-

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov), Moliya vazirligi
(D. Sultanov)

5.

Umumta’lim muassasalarida nogiron bolalarni tarbiyalash uchun zarur sharoitlarni bosqichma-bosqich yaratish bilan imkoniyati cheklangan har bir bolani inklyuziv ta’lim olish huquqini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish.

Idoraviy hujjat.

2019 yil
1 dekabr

-

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi
(D. Sultanov)

6.

Sinflar, o‘qituvchilar va maktab ma’muriyatlarini elektron resurslar, kompyuter, interaktiv doska, planshet va boshqa jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash, elektron interaktiv ta’lim resurslarini ishlab chiqish.

1. Umumta’lim muassasalarini jihozlash uchun zarur bo‘lgan elektron resurslar, kompyuter texnikasi
va boshqa jihozlar bilan ta’minlanish darajasini o‘rganish.
2. Tegishli jihozlarga muhtoj bo‘lgan umumta’lim muassasalari ro‘yxatini shakllantirish.
3. Umumta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2019 yil
1 iyul

2019 yil
1 iyul



2019 yil davomida

Davlat byudjeti, Xalq ta’limi vazirligining
byudjetdan tashqari jamg‘armalari

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi
(D. Sultanov)

7.

Eduportal.uz portalida darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarning elektron versiyasini joylashtirish
va yangilash.

Tashkiliy-amaliy choralar.

2019 yil davomida

-

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)

8.

Davlat-xususiy sheriklik asosida ta’lim jarayonlarini avtomatlashtirishga (o‘quvchilar kundaliklari, jurnallar, davomati va boshqalar) imkon beradigan axborot tizimini umumta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich joriy etish.

1. Axborot tizimini yaratish bo‘yicha texnik topshiriq ishlab chiqish.
2. Belgilangan tartibda axborot tizimini ishlab chiqaruvchi kompaniyani tanlash.
3. Axborot tizimini sinovdan o‘tkazish.

2019 yil
1 avgust
2019 yil
1 sentyabr
2019 yil davomida

Xalq ta’limi vazirligining
byudjetdan tashqari jamg‘armalari

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)

9.

Nodavlat umumta’lim maktablariga davlat subsidiyalarini berish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat.

2019 yil
1 oktyabr

-

Xalq ta’limi vazirligi,
(Sh. Shermatov)
Moliya vazirligi
(D. Sultanov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Investisiyalar
va tashqi savdo vazirligi
(S. Umurzakov)

10.

Ushbu yo‘nalishda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish va tahlil qilish asosida umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida zo‘ravonlikning (buling) oldini olish bo‘yicha dasturni joriy etish.

1. Umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning tajribasini o‘rganish va tahlil qilish.
2. Umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish va uni joriy etish.

2019 yil
1 iyun

2019 yil
1 sentyabr



Xalqaro tashkilotlarning grantlari
va moliyaviy ko‘mak mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)

11.

2020-2025 yillarda umumta’lim muassasalarini sport inshootlari, maydonchalari, inventarlari
va jihozlari bilan jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

1. Sport infratuzilmasini xatlovdan o‘tkazish.
2. 2020 — 2025 yillarda umumta’lim muassasalarini sport inshootlari, maydonchalari, inventarlari
va jihozlari bilan jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2019 yil
1 iyun
2019 yil
1 oktyabr

-

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi (D. Nabiyev)

12.

Xalq ta’limi tizimining xodimlari odob-axloq qoidalarining (Etika kodeksi) yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i.

2019 yil
1 noyabr

-

Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov)



(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 06/19/5712/3034-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021 y., 06/21/6268/0700-son; 11.05.2022 y., 06/22/134/0407-son)

Download 102.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling