3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari


TA’LIM VA FAN SOHASINI RIVOJLANTIRISH


Download 102.63 Kb.
bet14/19
Sana15.06.2023
Hajmi102.63 Kb.
#1486108
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
muzrabot tumani

TA’LIM VA FAN SOHASINI RIVOJLANTIRISH.
Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiya. Shu boisdan jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas.
Jumladan, maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Shu sababli o‘tgan vaqt mobaynida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish — ta’lim sohasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olindi.
“Aqlvoy” loyihasi doirasida respublikadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan hamda qamrov ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarda 4,7 mingdan ortiq bolalarni qamrab olishga mo‘ljallangan 49 ta Isuzu avtobuslari sotib olindi va ularning negizida 98 ta MFY hududlarida 294 ta guruhni shakllantirish ishlari yakuniga yetkazildi.
BMTning YUNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda Namangan viloyatining Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Chust va Norin hamda Xorazm viloyatining Bog‘ot va Qo‘shko‘pir tumanlarida maktabgacha ta’limning “Turli xil yoshdagi maktabgacha ta’lim guruhlari” muqobil shaklini faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yildi va 400 nafar maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar qamrab olindi, deyiladi 222-bandda.
225-bandga asosan, Xalq ta’limi tizimida umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini bosqichma-bosqich (2021 – 2025 yillar) joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Mazkur rejaga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yili davomida Milliy o‘quv dasturi 1- va 2-sinflarda bosqichma-bosqich joriy qilinishi belgilandi6.
Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Prezidentning 2021 yil 19 martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son qarori qabul qilindi.

Download 102.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling