3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati
Download 102.63 Kb.
|
muzrabot tumani
7. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati
So‘nggi yillarda Xalq ta’limi vazirligiga o‘qituvchi-pedagoglardan kelib tushayotgan ariza va shikoyatlarning aksariyati buxgalteriya sohasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va nuqsonlar bilan bog‘liq. Xususan, xodimlarning oylik ish haqlarini hisoblashda, direktor jamg‘armasidan ustama haq tayinlashda yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishlar pedagoglarning haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan edi. Bu ta’lim muassasalarining buxgalteriya tizimida hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar borligini ko‘rsatadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 21 avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-son 3231-son qarori bu kabi muammolarga barham berish, hisob-kitob xizmatini takomillashtirish singari maqsadlarga qaratilgan.Qarorda ta’lim va tibbiyot muassasalarida byudjet mablag‘laridan foydalanish jarayonida shaffoflikni ta’minlash va nazoratni kuchaytirish, byudjetdan moliyalashtirish, hisob va hisobot mexanizmini takomillashtirish, vazirlik va idoralarning bo‘ysunuvidagi muassasalarda byudjet intizomini yanada mustahkamlash, xalqaro e’tirof etilgan moliyaviy nazorat standartlarini joriy qilish yo‘li bilan qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadlari ko‘zda tutilgan.Mazkur qarorga binoan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida individual tarzda faoliyat yuritib kelayotgan buxgalteriya xizmati faoliyati tugatilib, tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tashkil etiladi. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati quyi muassasalarning xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro etilishi, ish haqini hisoblash va to‘lash, tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishi, byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobining yuritilishini ta’minlash, faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan tushadigan daromadlar monitoringini yuritish kabi vazifalarni bajaradi.O‘z navbatida, Xalq ta’limi vazirligi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalarida Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tashkil etilmoqda. Mazkur tizim tuman (shahar)dagi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati faoliyatini nazorat qilib, byudjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishi va talon-toroj qilinishining oldini olish, tasarrufidagi muassasalarda xarajatlar smetasini rejalashtirish, byudjet hisobining yuritilishi, tender (tanlov) savdolarining o‘tkazilishi va shartnomalar tuzilishi ustidan monitoring qilish hamda profilaktika ishlari bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yo‘l qo‘ymaslik, qonunbuzarliklarga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishda bevosita ishtirok etadi.Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida shu yil 31 oktyabrida Xalq ta’limi vazirining Moliya vaziri bilan kelishilgan “Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 346-son buyrug‘i qabul qilindi. Nizomda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining vazifa va majburiyatlari belgilab berildi.Bugungi kunga ыadar ta’lim muassasalaridagi individual buxgalteriya samarali faoliyat yuritishi uchun maktab direktori ham yetarli darajada hisob-kitob ilmiga ega bo‘lishi talab qilinar edi. Tabiiyki, maktab direktorlari bu borada yetarli bilimga ega bo‘lmagach, turli qonun buzilishlari yuzaga kelardi. Kimdir direktor fondi mablag‘larini noto‘g‘ri taqsimlaydi, yana kimdir o‘z tanish-bilishlariga ustamalar berishga intiladi. O‘tgan yillar davomida bizga fuqarolardan kelib tushgan ko‘plab murojaatlarda ayni shu mavzu ko‘tarilgan. Mazkur qaror asosida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tashkil etilayotgani shunday salbiy holatlarni bartaraf etish va korrupsiyaga barham berishda muayyan tizim yaratadi.Pedagog-xodimlarga oylik maoshi va turli ustamalar berilishida shaffoflikni ta’minlashga erishiladi. Har bir o‘qituvchining necha soat dars o‘tishi, unga to‘lanayotgan ish haqi miqdori, direktor fondidan tayinlanayotgan ustamalar kimlarga berilayotgani, umuman, byudjetdan ajratilayotgan mablag‘ning nimaga sarflanayotgani haqidagi ma’lumotlar maktabdagi “E’lonlar taxtasi”ga joylashtirilib, jamoaga ochiq-oydin ko‘rsatib boriladi.Yana bir jihati, maoshning pedagog-xodimlarga yetkazilishidagi yangilikdir. Maktab direktori pedagog-xodimlarning maoshini berish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani tasdiqlagach, “O‘zASBO” elektron dasturi orqali uni markazlashgan moliya-buxgalteriyaga jo‘natadi. Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati hisobchilari qabul qilib olgan xujjatlarni hisob-kitobini qilib belgilangan muddatlarda tumandagi barcha o‘qituvchining bank plastik kartochkasiga o‘z vaqtida o‘tkazib beradi.Natijada, o‘qituvchilar o‘rtasida “Oylik maoshimni haligacha ololmadim, kechikayapti” yoki “Hisobchimiz nimagadir oylik maoshimdan ushlab qolibdi”, degan e’tirozlar kelib chiqmaydi.Shuningdek, xududdagi ta’lim muassasalari soniga qarab, tuman xalq ta’limi bo‘limlaridagi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining vaqtinchalik shtatlar jadvali tasdiqlandi. Bunda har bir xodim o‘ziga biriktirilgan vazifani bajaradi. Masalan, bir hisobchi moashlar bo‘yicha ishlasa, yana biri shartnomalar, xizmat (ish) ko‘rsatish yo‘nalishida hisob-kitobni amalga oshiradi.“Ayrimlar hisob-kitoblarning yangicha tizimini joriy etilishi maktab direktorining faoliyatini murakkablashtiradi” yoki “biron joyga pul o‘tkazmoqchi bo‘lsa ham tumanga borishga to‘g‘ri kelar ekanda” - degan mulohazalar tug‘ilishi tabiiy. Aksincha, yangi tizimda bu jihatlar ancha soddalashtirilgan. “Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari to‘g‘risidagi nizom”da buxgalteriya xizmati va ta’lim muassasasi rahbari o‘rtasidagi munosabat tartibga solingan. Download 102.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling