3. O‘zbekistonda McDonalds paydo bo’lishi


Download 22.8 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi22.8 Kb.
#1572981
  1   2   3   4
Bog'liq
mcdonalds


Reja :
1.Kompaniyaning paydo bo‘lish va rivojlanish tarixi


2.Burger urushlari

3.O‘zbekistonda McDonalds paydo bo’lishi



Kompaniyaning paydo bo‘lish va rivojlanish tarixi
McDonald’s Corporation – umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritadigan fast-fud restoranlarining eng yirik tarmog‘i hisoblanadi. McDonald’s daromadi bo‘yicha ham dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. Kompaniya tomonidan har kuni 100 dan ortiq mamlakatda o‘rtacha 69 million mijozga xizmat ko‘rsatiladi. McDonald’s gamburger, chizburger va qovurilgan kartoshka(fri)lari bilan mashhur bo‘lsa-da, ular mijozlarga qovurilgan jo‘ja, nonushta yeguliklari, alkogolsiz ichimliklar va turli shirinliklarni ham taklif qiladi. So‘nggi yillarda iste’molchilarning notabiiy oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan salbiy reaksiyasi kuchaydi. Bunga javoban kompaniya o‘z taomnomasiga salat, baliq, kokteyl va mevalarni ham qo‘shdi. 2018-yil hisobotlariga ko‘ra McDonald’s 1,7 million ishchi bilan dunyodagi ikkinchi yirik xususiy ish beruvchidir. McDonald’s brendi 2020-yilgi ko‘rsatkichlarga ko‘ra dunyoning eng yaxshi tovar belgilari reytingida 9-o‘rinni egalladi.


McDonald’s’ning do‘konlaridan biri, 1948-yil.Foto: “Telegraf”
Kompaniya 1940-yilda aka-uka Richard va Mavrik Makdonald(McDonald)lar tomonidan tashkil etilgan. Birinchi restoran 1940-yil 15-may kuni Kaliforniya shtatining San-Bernardino shahrida ochilgan. 1948-yilda ushbu kompaniya dunyoda birinchi marta “tezkor tamaddi qilish” tushunchasini amaliyotga kiritdi. 1954-yilda illinoyslik tadbirkor Rey Krok aka-uka Makdonaldlardan ushbu franshiza doirasida maxsus agent sifatida harakat qilish huquqini sotib oldi, hamda 1955-yilda Illinoys shtatidagi Dez-Plens shaharchasida McDonald’s restoranini(hozirda korporatsiya muzeyiga aylantirilgan) ochdi. Shu yili Rey Krok kompaniya nomini McDonald’s System, Inc. ko‘rinishida ro‘yxatdan o‘tkazdi. 1959-yilga kelib Krok tomonidan ochilgan restoranlarning soni yuzdan oshdi, 1960-yilda esa u kompaniya nomini McDonald’s Corporationga o‘zgartirdi. Rey 1961-yilda Makdonaldlardan 2,7 million dollar evaziga kompaniyaga bo‘lgan barcha huquqlarni sotib oldi. Aynan shu yili oziq-ovqat sanoati uchun kadrlar tayyorlash (avvalo McDonald’s tizimida ishlovchi kadrlarni yetkazib berish)ni maqsad qilgan birinchi o‘quv muassasa — Gamburgerologiya universiteti ochildi. Bugungi kunda dunyoda jami 8 ta shunday universitet faoliyat yuritmoqda. Ular Chikago (AQSh), Tokio (Yaponiya), San-Paulu (Braziliya), London (Buyuk Britaniya), Myunxen (Germaniya), Shanxay (Xitoy), Sidney (Avstraliya) va Moskvada (Rossiya) shaharlarida joylashgan.
1960-yillar boshlaridan kompaniyaning reklamaga katta e’tibor qaratishi o‘z natijasini bermay qolmadi, ushbu doimiy reklamalar natijasida McDonald’s eng taniqli brendlardan biriga aylandi. 1962-yilda “M” harfini tashkil etuvchi ikkita oltin arka kompaniyaning logotipi sifatida tanildi.



Download 22.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling