3. O‘zbekistonda McDonalds paydo bo’lishi
KFC bilan davom etayotgan kurash
Download 22.8 Kb.
|
mcdonalds
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bundan tashqari, taniqli brendlar o‘zlari bilan zamonaviy marketing mexanizmlarini olib kiradi, minglab yangi ish o‘rinlari tashkil etadi.
KFC bilan davom etayotgan kurash
2019-yilda qovurilgan jo‘ja va tovuq mahsulotlari savdosida yetakchi bo‘lgan KFC kompaniyasining bozordagi ulushlarini egallashga qaratilgan “jo‘ja urushlari” boshlandi. O‘z ulushini burgerlari bilan himoya qilayotgan McDonald’s 2021-yil fevralida ikki yil oldin Popeyes va KFC tomonidan boshlangan ushbu urushga qo‘shildi. Urushga McDonald’sning bevosita qo‘shilishi KFC mahsulotlari sifati va sotuvlar miqdorining oshishiga olib keldi. “YUM brands” (KFC) rahbari Devid Gibsning analizlarga asoslanib ta’kidlashicha, KFC’ning yangi tovuq sendvichlari avvalgi versiyalariga qaraganda ikki barobar ko‘p sotilyapti. Mos ravishda McDonald’s tomonidan 2021-yil fevral oyining boshlaridan sotuvga qo‘yilgan tovuqli sendvichlar ham ko‘plab mijozlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Kalinowski Equity Research kompaniyasining har chorakda o‘tkazadigan tahlillariga ko‘ra McDonald’s do‘konlari kuniga o‘rtacha 262 ta tovuq sendvich sotmoqda. O‘zbekistonda McDonalds paydo bo‘ladiO‘zbekiston Respublikasining sobiq Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyevning 2017-yil 27-sentabrdagi Xalqaro press klub sessiyasida so‘zlagan nutqiga ko‘ra 2017-yildayoq AQShning McDonald’s korporatsiyasi O‘zbekiston bozoriga kirib kelishga qiziqish bildirgan. Bu bilan bog‘liq xabarlar va taxminlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi 5611-sonli “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-mayda qabul qilingan 365-sonli “Chorvoq erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi natijasida ancha ommalashdi. Biroq hozirga qadar McDonald’s’ning O‘zbekistonga kirib kelishi borasida aniq bir harakat ko‘zga tashlangani yo‘q. O‘zbekistonga xalqaro mehmonxonalar tarmoqlari brendlari (mintaqalarda o‘rta darajadagi), restoranlar, kafe va tez ovqatlanish shoxobchalarini franchayzing shartnomalari asosida taklif qilish taklifi ilgari surilmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytiga joylashtirilgan O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida o‘rta istiqbolda turizmni rivojlantirish bo‘yicha Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish choralari to‘g‘risida»gi qarori loyihasiga taqdim etilgan harakatlar konsepsiyasida shunday choralar belgilangan. Hujjatda ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda McDonalds, Burger King, Starbucks, KFC va boshqa jahonga mashhur restoranlar va qahvaxonalar tarmoqlari faoliyat yuritmaydi. Xorijlik sayyohlar esa shu kabi jihatlarga ham e'tibor qaratadi va bu aslida ular uchun qo‘shimcha qulaylik hisoblanadi. Shunday qilib, yuqorida nomlari keltirilgan firma va kompaniyalar uchun to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida savdodan tushgan mablag‘lardan franchayzing xizmatlari uchun talab etiladigan summalar konvertatsiya qilib beriladi. Ekspertlarning fikricha, bu nafaqat O‘zbekistonning turizm jozibadorligini oshiradi, balki mamlakatdagi investitsiyaviy muhitga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, taniqli brendlar o‘zlari bilan zamonaviy marketing mexanizmlarini olib kiradi, minglab yangi ish o‘rinlari tashkil etadi. McDonalds, Burger King, KFC kabilar tez ovqatlanish restoranlari hisoblanadi, Starbucks jahon mamlakatlari bo‘ylab minglab qahvaxonalari bo‘lgan yirik tarmoqdir. Download 22.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling