3. O‘zbekistonda McDonalds paydo bo’lishi


-yilgi logotipFoto: “Pngitem.com”


Download 22.8 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi22.8 Kb.
#1572981
1   2   3   4
Bog'liq
mcdonalds

1962-yilgi logotipFoto: “Pngitem.com”
1963-yil sotilgan gamburgerlar soni milliardga yetdi va shu yildan boshlab kompaniya restoranlarga bolalarni jalb qilishga e’tibor qarata boshladi, bunda qizil sochli Ronald Makdonald masxarabozidan foydalanildi. 1968-yilda Big Mac bozorga chiqarildi va 1000-restoran ochildi. 1970-yildan McDonald’s Amerikaning barcha shtatlarida xizmat ko‘rsatishni boshladi. McDonald’s mijozlar qiziqishlarini inobatga olgan holda 1973-yildan restoranlarda nonushta qilish imkoniyatini yo‘lga qo‘ydi. Oradan yetti yil o‘tib McDonald’s tayyor nonushtalar bozorining to‘rtdan bir qismiga egalik qildi. 1975-yildan boshlab mijozlar avtomobillardan tushmasdan taom buyurtma qilish va uni qabul qilib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu xizmatning yo‘lga qo‘yilishi natija bermay qolmadi, vaqt o‘tishi bilan ushbu xizmat turi McDonald’s Corporation daromadlarining yarmidan ko‘pini tashkil eta boshladi. 1979-yilda McDonald’s yosh bolalar orasida o‘z auditoriyasini kengaytirish maqsadida innovatsion xizmat “Happy Meal”(Baxtli taom) — bolalar uchun o‘yinchoq bilan birga oziq-ovqat mahsulotlarini sotish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.


Ronald MakdonaldFoto: Getty Images
Yangi restoranlarning ochilishi eskilarining daromadini kamaytirdi. Natijada har bir tadbirkorlik subyektida bo‘lganidek McDonald’s rahbariyati tomonidan ham daromadni ko‘paytirish maqsadida bir nechta marketing bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi, ammo ularning barchasi ham muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Bunga menyuda yangi taomlarning paydo bo‘lishi (pitssa, makaron va past kaloriyali sendvichlar) yoki yonilg‘i quyish shoxobchalari va savdo markazlarida mini-restoranlarning ochilishini misol qilish mumkin.

1996-yilda nisbatan muvaffaqiyatli loyiha — Walt Disney kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshlarida McDonald’s Britaniyaning Aroma Cafe (1999), Amerikaning Chipotle Mexican Grill (1998), Donatos Pizza (1999) va Boston Market (2000) kafelar tarmog‘ini sotib olish orqali o‘z faoliyatini kengaytirishga harakat qildi. Biroq ushbu xaridlar ham kerakli natijani bermadi va biroz vaqt o‘tib ushbu kompaniyalar sotib yuborildi.

Download 22.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling