Kirish Nazariy qism


Download 1.25 Mb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi1.25 Mb.
#1065004
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
aynomus111111117777777777777777777777777777777777


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL­–XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI
LOYIHA ISHI

Bajardi: 682-22-guruh talabasi Shavkatov Avazbek


Qabul qildi: Joʻrayev Mansurbek M

Farg’ona 2022





MUNDARIJA:




Kirish

  1. Nazariy qism

Raqamli iqtisodiyotining izchil rivojlanishining birinchi va eng muhim omili — zamonaviy AKT-infratuzilmani yaratishdir. Bu bo‘yicha O‘zbekistonda bir qator yirik loyihalar amalga oshirildi.


O‘tgan davr “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 16,0 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming km. ga yetkazildi.1 million port montaj qilindi. Shundan kelib chiqib optik tolali liniyalarining umumiy uzunligi 36,6 ming kilometrgacha yetkazildi.
Internet tarmog‘iga keng polosali simli ulanishni kengaytirish loyihasi doirasida operator va provayderlar tomonidan 1 mln. port montaj qilindi va keng polosali tarmoqqa ulanish portlarining umumiy soni 2 mln.dan ortdi.
Bu esa, o‘z navbatida, Internet tezligini keskin oshirishiga omil bo‘ldi. «Ookla» kompaniyasining Speedtest.net servisi internet tezligi bo‘yicha 2020 yil mart oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi va ushbu Speedtest Global Index reytingida O‘zbekiston keskin o‘sishni namoyon etdi.
Internet tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston hozirgi kunda 95-pog‘onani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir oyda 7 pog‘onaga, bir yil ichida esa 36 pog‘onaga ko‘tarilishi kuzatildi.
Umuman, oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekiston simli internet tezligi 2,5 barobarga o‘sdi.
Shu bilan birga telekommunikatsiya xizmatlari uchun tarif narxlari arzonlashmoqda. 2019 yil davomida provayder va operatorlar uchun tashqi kanalga ulanish tariflari narxi 1 Mbit/s. uchun 85 ming so‘mdan 75 ming so‘mgacha (17 foizga) arzonlashtirilgandi. 2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 56,0 ming so‘mni tashkil etdi. E’tiborli jihati shundaki, bozor iqtisodiyoti talablariga ko‘ra, tizimli ravishda internet xizmatlari narxlari kamaytirilib borilmoqda.
Joriy yil mart oyida “O‘zbektelekom” AK tomonidan yirik xorijiy IT-kompaniyalarining server uskunalari va ko‘plab xizmatlari mahalliylashtirildi. Bu butun O‘zbekiston uchun muhim bir voqeadir. Yirik internet xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliylashtirish Internet foydalanuvchilari ushbu xizmatlar tomonidan taqdim etiladigan audio va video kontentlarni, dasturiy ta’minot va boshqa kontentlarni yuklab olish tezligini oshirishga yordam beradi.
O‘zbekiston hududida xizmatlarning mahalliylashtirilishi xalqaro Internet kanalini sezilarli darajada yengillashtirishi ham muhim omillardan biridir. Bu O‘zbekistonning barcha operatorlari va provayderlariga abonentlar uchun yanada arzon va tezkor takliflarni taqdim etish imkonini beradi.
Mobil aloqa sohani rivojlantirishda ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur davr mobaynida 6 mingdan ortiq mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatildi, va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 97 foizga va mobil internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70 foizga yetkazildi.
Aytish joizki, shu kunga qadar asosan telefon xizmatlarini ko‘rsatuvchi 2G mobil tarmoqlarni kengaytirish amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda tarmoqning qamrovini oshirish bo‘yicha barcha loyihalar 3G/4G tarmoqlarini kengaytirishga yo‘naltirilmoqda. Xususan shu yilning o‘zida 2200 3G/4G baza stansiyalarini o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Yil boshidan Bekobod, Bo‘ka, Pskent, Ohangaron, O‘rtachirchiq, Quyichirchiq, Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Yangiyo‘l tumanlaridagi mavjud barcha baza stansiyalarini LTE (4G) texnologiyasiga modernizatsiyalash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar yakunlandi.
Aprel oyida esa "O‘zbektelekom" AKning "UzMobayl" filiali texnik xizmati Toshkent shahrida uyali aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek LTE qamrov zonasini kengaytirish loyihasi bo‘yicha ishlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Natijada, LTE Internet standartidan foydalanish tezligi sezilarli darajada oshirildi.
Ta’kidlash joizki, respublikada AKT sohasidagi eng ilg‘or texnologik ishlanmalarni joriy etishga muhim e’tibor qaratiladi. 2019 yil sentyabrdan boshlab bir vaqtda ikkita mahalliy mobil operatorlar — UZMOBILE va UCELL 5G texnologiyani test sinovidan o‘tkazishni boshladi.

Аlgоritm so’zi vа tushunchаsi IX аsrdа yashаb ijоd etgаn buyuk bоbоkаlоnimiz Muхаmmаd аl-Хоrаzmiy nоmi bilаn uzviy bоg’liq bo’lib, uning аrifmеtikаgа bаg’ishlаngаn “Аl jаbr vа аl muqоbаla” nоmli аsаrining dаstlаbki bеtidаgi “Dixit Algoritmic” (“Dеdiki Аl Хоrаzmiy”ning lоtinchа ifоdаsi) dеgаn jumlаlаrdаn kеlib chiqqаn.


Аl-Хоrаzmiy birinchi bo’lib o’nlik sаnоq tizimining printsiplаrini vа undа turli аmаllаr bаjаrish qоidаlаrini аsоslаb bеrdi. Bu esахisоblаsh ishlаrini iхchаmlаshtirish vаоsоnlаshtirish imkоnini yarаtаdi.
Аlgоritmgа quyidаgichа tа’rif bеrishimiz mumkin: аlgоritm dеb аniq nаtijаgаоlib kеlаdigаn аmаllаrning chеklаngаn kеtmа-kеtligigааytilаdi.
Аlgоritmning хizmаti nimаdаn ibоrаt? Аlgоritmlаr – bu bilimlаr ustidа fikrlаsh vа yetkаzib bеrishdаn ibоrаt. Хаqiqаtаn хаm kimdir qаndаydir mаsаlаniyechishni o’ylаb tоpib vа uni bоshqаlаrgааytmоqchi bo’lsа, u хоldа u o’ylаb tоpgаnyechimini shundаy tаsvirlаshi kеrаkki, nаtijаdа bоshqаlаr хаm uni tushunsin, хаmdа shu tаsvirgа ko’rа bоshqаlаr хаm mаsаlаni to’g’riyechishsin.
Аlgоritmlаrni аsоsаn 3 turgа bo’lish mumkin:
Chiziqli аlgоritmlаr;
Tаrmоqlаnuvchi аlgоritmlаr;
Tаkrоrlаnuvchi аlgоritmlаr

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling