3. Quyidagi gaplarning qaysi uslubga tegishli ekanligini aniqlab yozing


Download 86 Kb.
bet1/5
Sana21.06.2023
Hajmi86 Kb.
#1643310
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-kurs Ona tili ORALIQ




Sirtqi bo’lim 3-kurs BT ta’lim yo’nalishi talabalari uchun “Ona tili” fanidan oraliq nazorat savolnomalari


Savolnoma-1

  1. O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy tamoyillari

  2. Leksik va sintaktik uslubiyat haqida.

3. Quyidagi gaplarning qaysi uslubga tegishli ekanligini aniqlab yozing.
1. Barmoq tizimida bo’g’inlarning muayyan guruhlarga ajratilishi oqibatida paydo bo’ladigan ritmik bo’lak turoq deb yuritiladi. 2. O’lguday yomon ko’raman uni. Odam qurib qolganday shuni brigadir qilishganiga o’laymi. 3. O’rtaga sovuq bir jimlik cho’kdi, kemiruvchi, vahimadan vahimaga otguvchi jimlik edi u. 4. – Voy, bo’yginangday aylanib ketay seni. Sog’intirib qo’yding-ku ayajoningni. 5. Yana urishib qolamiz xuddi. Yaxshisi, xo’p degin-da, bir boshdan o’sha kashfiyotingni tushuntirib ber.


Savolnoma-2

1. Matn turlari va uni shakllantiruvchi vositalar.


2. Fonetik va morfologik uslubiyat haqida.
3. Berilgan bir bosh bo’lakli gaplarni ikki bosh bo’lakli gaplarga, ikki bosh bo’lakli gaplarni esa bir bosh bo’lakli gaplarga aylantirib yozing.
1. Yarim yillik imtihonni yaxshi topshirdim. (G’.G’.) 2. Uchastkang trassasini bir necha bo’laklarga bo’lib qo’ygansan. (J.Abd.) 3. Yurt orasida yangilikni rasm qilarmishlar... (CH.) 4. Orenburg chegaralari ham bosib o’tildi. (G’.G’.) 3. Devorlar boshqatdan suvalib, oqlandi. (J.Abd.) 5. U yerda meni juda yaxshi qarshi oldilar


Savolnoma-3

1. Tinish belgilarining qo‘llanish o‘rinlari.


2 Nutq uslublari.
3. Quyidagi gaplarning qaysi uslubga tegishli ekanligini aniqlab yozing.
1. Qisqa, cho’ziq, o’ta cho’ziq bo’g’inlarning turlicha birikuvidan har xil rukn (ustun) deb ataluvchi ritmik bo’laklar tuziladi. (2. G’o’za tuplari barglarini tashlab, oppoq momiq tolalarini xuddi qo’lda tutganday yuqoriga ko’tarib, shabadada shitirlashib turibdi. 3. – Arz bilan keluvdingmi? – Go’rnimi? Kasaldan turgan ekan, bir ko’rib ketay deb keluvdim. 4. Ma’lumki, qizil imperiya parchalanib, yurtimiz bo’ylab ozodlik, mustaqillik shabadalari esa boshlagandan so’ng paxta ishlarini qaytadan ko’rish sharafiga Oliy sud muyassar bo’lgan edi. 5. Qisqa talaffuz qilinuvchi unlidan iborat bo’lgan yoki shunday unli blan tugagan ochiq bo’g’inlar qisqa bo’g’in (hijo) deb ataladi.



Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling