3. Quyidagi gaplarning qaysi uslubga tegishli ekanligini aniqlab yozing


Savolnoma-4 1. Nutq uslublari va uni shakllantiruvchi vositalar. 2


Download 86 Kb.
bet2/5
Sana21.06.2023
Hajmi86 Kb.
#1643310
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-kurs Ona tili ORALIQ

Savolnoma-4
1. Nutq uslublari va uni shakllantiruvchi vositalar.
2. O’zbek tilida tinish belgilari va ularning tasnifi;
3. “Vatanparvarlik” mavzusida publisistik uslubda matn tuzing


Savolnoma-5

  1. Badiiy uslub va uning o’ziga xos xususiyatlari.

  2. Nuqtaning ishlatilishi.

3. Berilgan qo’shma gaplarni sodda gaplarga, sodda gaplarni esa qo’shma gaplarga aylantirib yozing.
1. Bilib turibman, sen Jamshidga o’xshaganini xohlayapsan. 2. Kim kimning oyog’idan olyapti – buni hamma ko’rib turibdi-ku, nodon! 3. SHuni yaxshi bilib qo’yginki, sen suyangan tog’ning tagi nurab bo’lgan. 4. Men sening samimiyligingga, niyati pok, yuragi pok, yaxshi yigit ekaningga shubha qilmayman, bolam. 5. Otaxonning bu ishdan o’kinayotgani, shundoqqina bilinib turardi.


Savolnoma-6
1.Uslub va uning turlari.
2.So’roq belgisining ishlatilishi.


3. Quyidagi gaplarning qaysi uslubga tegishli ekanligini aniqlab yozing.
1. Ma’lumki, bugun mustaqil respublikamizda sanoatning turli tarmoqlari, jumladan, avtomobilsozlik, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlari, energetika va boshqa sohalar gurkirab rivojlanmoqda. 2. Yomg’ir suvidan bahra olib yashnayotgan sahro giyohlari, endigina bosh ko’targan tuyaqorin ham asta badaniga kuch yig’a boshladi. 3. Kelishikli boshqaruvda tobe so’z hokim so’zning talabi bilan tushum, jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishiklaridan birida qo’llanadi. 4. Aruz vazni hijolarning talaffuzdagi uzun-qisqaligiga asoslangan bo’lib, musiqa bilan chambarchas bog’liqdir. 5. Alvir-shalvir Ibodin soqov Hayotxon degich momoning yolg’iz o’g’li bo’ladi.


Savolnoma-7
1.So’zlashuv uslubi va uning o’ziga xos xususiyatlari.
2. Leksik va fonetik uslubiyatning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Tegishli o’rinlarga nuqta, so’roq va undov belgilarini qo’ygan holda gaplarni ko’chiring.
1. Dunyoda pul o’g’risi bor, mol o’g’risi bor, lekin qadr o’g’risi yo’qmi Birovning qadrini yerga urish yo’li bilan o’z qadrini oshiradigan odam qadr o’g’risi emasmi (P. Q.) 2. — Yo’q, singlim, o’limdan qo’rqqanning kuni qursin O’lim qo’rqoqqa dahshat Hayotda o’z o’rnini topgan, ideali yuksak odam uchun o’lim umrning qonuniy yakunlanishi CHunki u nima maqsadda yashab, nima uchun o’layotganini biladi Oliy maqsad yo’lida yashab, dunyodan o’tish naqadar sharaf (SH.) 3. Nigoraning eng katta boshlig’i ham, eng yaqin sirdoshi ham eri Eng katta quvonchi esa bolalari



Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling