9. Beruniyning axloqiy, aqliy, jismoniy, nafosat tarbiyasi haqidagi fikrlarini izohlang?
Beruniy Xorazm tili bilan birga so’g’diy, forsiy, suryoniy, yunon, qadimgi yahudiy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o’rgangan. U yunon klassik ilmi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, falsafa va filologiyadan ham chuqur bilim oladi.
O’sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga xayrixohlik ko’rsatadi. «Shams al-Maoliy»(«Oliy martabalar quyoshi») laqabi bilan mashhur bo’lgan bu podshohga bag’ishlab Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O’rta Sharqqa mashhur qildi.
Beruniy yana «Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami» («Mineralogiya»), «Dorivor o’simliklar haqida kitob» («Kitob as-saydona fi-t-tibb») kabi asarlarni ham yozdi. «Mineralogiya» Sharqdagina emas, Yevropada ham mashhur bo’lgan.
Beruniy fikricha, axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo’lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o’zaro muloqoti, ijtimoiy muhit- jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi.
Beruniy inson kamolotida 3 narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi ham e’tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir.
Yoshlarni tarbiyalashda axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning shaxsiy gigiyenasi muhim ahamiyatga ega, degan olim
10. Beruniy ilmiy merosining ahamiyati nimada?
Beruniy Xorazm tili bilan birga so’g’diy, forsiy, suryoniy, yunon, qadimgi yahudiy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o’rgangan. U yunon klassik ilmi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, falsafa va filologiyadan ham chuqur bilim oladi.
O’sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga xayrixohlik ko’rsatadi. «Shams al-Maoliy»(«Oliy martabalar quyoshi») laqabi bilan mashhur bo’lgan bu podshohga bag’ishlab Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O’rta Sharqqa mashhur qildi.
Beruniy yana «Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami» («Mineralogiya»), «Dorivor o’simliklar haqida kitob» («Kitob as-saydona fi-t-tibb») kabi asarlarni ham yozdi. «Mineralogiya» Sharqdagina emas, Yevropada ham mashhur bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |