3-seminar. 3-mavzu: antik davrdan VII asrgacha va sharq uyg‘onish davrida ilm-fan va pedagogik fikrlar taraqqiyoti


Qadimgi turkiy xalqlar yodgorliklarida tarbiyaga doir fikrlar


Download 35.64 Kb.
bet3/8
Sana14.05.2023
Hajmi35.64 Kb.
#1459784
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
psix 3 akobir(1)

Qadimgi turkiy xalqlar yodgorliklarida tarbiyaga doir fikrlar.

Turkiy xalqlarning yozma ma'rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular «Urxun-Enasoy yodgorliklari», «Irq bitigi» («Ta'birnoma») kabi manbalar bo’lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turkiy-run yozuvida bitilgan Urxun-Enasoy bitiklarini «toshlarga bitilgan kitoblar» ham deb ataydilar. o’ziga xos xat(yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VII-VIII asrlarida yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta'lim-tarbiyaga oid qimmatli malumotlarni beradi. Bu yodnoma yoshlarni o’z elini sevish, do’st va ittifoq bolib yashash, vatan va xalq manfaati uchun kurashga tayyor turish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Turk xoqonlari Bilga xoqon hamda Kul tegin jasoratlari haqiqiy vatanparvarlik hamda jasoratning ibrat namunasi bo’lib hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, Urxun-Enasoy yodgorliklari, garchi yo’nalish nuqtai nazaridan ta'lim-tarbiya masalalariga bag’ishlanmagan bo’lsa ham, ularda bayon etilgan fikrlar o’sha davrda amal qilingan axloqiy qoidalar va talablarning mohiyatidan birmuncha xabardor bolishga munosabatlar mohiyati asosan qushlar va hayvonlar obrazlari orqali ochiladi. Xulosa qilib aytganda, o’zbek xalqi tomonidan eng qadimgi davrlar-dan eramizning IX asrigacha qaror topgan ma'rifiy qarashlari inson shaxsining shakllanishida, uning kamolotini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda turkiy xalqlarning inson xulqodobi va uni tarbiyalashga oid dastlabki tasavurlari ifodalangan.




3. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim–tarbiya va pedagogik fikrlar.
Kishilik jamiyati paydo bo’lishi bilan odamlarda mеhnat faoliyati jarayonida ishlab chiqarish tajribalari, mеhnat qilish malakalari va mеhnat qurollarini ishlatish ko’nikmalari hosil bo’ldi. Bu qurollarni takomillashtirish natijasida nutq va tafakkur o’sib, kamol topa bordi. Kеksa avlod mеhnat qilish jarayonida orttirgan tajribasi asosida yosh avlodni ham mеhnat qilishga o’rgatdi, uni mеhnat jarayonida tarbiyaladi. Shunday qilib, kishilik jamiyatining paydo bo’lishi bilan tarbiya ham vujudga kеldi, u bilan birga taraqqiy etdi, jamiyatning o’zgarishi bilan u ham o’zgarib bordi. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi kishilarni bilim, malaka, ko’nikmalarda aks etgan mеhnat, bilim tajribalarini avloddan - avlodga еtkazishdir. Tarbiyani amalga oshirish jarayonini anglash va bu sohadagi tajribalarni o’rganishga bulgan ehtiyojning tug’ilishi pеdagogika fanini yuzaga kеltirdi. Shaxs jamiyatdan tashqarida kamol topa olmaydi, jamiyatdan tashqari tarbiya ham bo’lishi mumkin emas. Tarbiya ijtimoiy hodisa bo’lib, jamiyat hayoti, uning to’xtovsiz taraqqiy etib borishi tarbiyasiz bo’lmaydi. Tarbiya bo’lmasa, jamiyat ham bo’lmaydi, jamiyat usiz yashay va taraqqiy eta olmaydi.


  1. Download 35.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling