3-Seminar mashg'uloti Lokomator harakatlar Reja


Harakatlar faolligi va harakatlar muvofiqligining rivojlanishi


Download 29.76 Kb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi29.76 Kb.
#1063292
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Seminar

Harakatlar faolligi va harakatlar muvofiqligining rivojlanishi. Yangi tug'ilgan bolada harakatlanish bo'lmaydi, harakatlar to'plami juda chegaralangan va shartsiz-reflektorli xarakterga ega. Bu yoshda suzish refleksi ifodalangan bo'lib, 40-kunga kelib, u maksimal namoyon bo'ladi va chaqaloq suvda harakatlar bajarib, 10-15 min suzishi mumkin. Lekin, chaqaloqni boshidan ushlab turish kerak, chunki uning bo'yin mushaklari hali juda kuchsiz bo'ladi.
Bolada harakatlarning rivojlanishi nafaqat THA va MAT ning rivojlanishi bilan, balki trenirovka (gimnastik mashqlar, o'yinlar, chiniqtirishni qo'llash va h.k.) bilan ham belgilanadi. Bolalarda, tabiiy lokomotsiyalar (yurish, o'yinlar, yugurish, sakrash va b.) va ularning muvofiqlashuvi 2-5 yoshgacha shakllanadi.
Bunda, hayotining birinchi yilida gimnastika, o'yinlar bilan shug'ullantirish katta ahamiyatga ega. Shuni aytish kerakki, muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar maktab yoshigacha bo'lgan bolalarda ham hali mukammal bo'lmaydi. Harakatlarning muvofiqligini shakllantirish o'spirinlik davriga kelib yakuniga yetadi. Tizimli trenirovkalar qilinganda harakatlarning mukammallashuvi va ularning muvofiqligi sodir bo'ladi.
Yuqori maktab yoshida gavdaning proporsiyalari voyaga etganlarning ko'rsatkichlariga yaqinlashadi. Yoshi 14-16 ga etganda, epifizar tog'aylarda, umurtqa pog'onasi oraliqlaridagi disklarda suyak darajasidagi sohalar paydo bo'ladi. Qizlarda 16 yoshda, o'g'il bolalarda 17-18 yoshda o'sish to'xtaydi.
O'ta og'ir jismoniy yuklamalar, ayniqsa og'irliklarni (gantellar, toshlar, shtanga va b.) ko'tarish suyaklanish jarayonlarini tezlashtiradi va o'sish hamda rivojlanishga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. O'spirinlik davrida mushak massasi va kuchining ortishi kuzatiladi. Bolaga 7-10-15 yoshlik davrida ortiqcha jismoniy yuklama berish, THA tarkibiy tuzilmasini o'zgarishi tufayli oyoqlarning bo'g'imlarini, jumladan umurtqa pog'onasini ham deformatsiyaga olib kelishi mumkin. 13-14 yoshdagi qiz bolalarga og'irliklar ko'tarish (atletizm, shtanga, gantel va b.) bilan bog'liq jismoniy yuklamalar berishda ehtiyotkor bo'lish kerak.
O'spirinlik davrida o'g'il bolalar bilan qiz bolalar o'rtasida mushak kuchi ko'rsatkichlarida farq katta bo'ladi.

Download 29.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling