3-Seminar mashg'uloti Lokomator harakatlar Reja


Download 29.76 Kb.
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi29.76 Kb.
#1063292
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Seminar

Harakatlar muvofiqligi - odam chaqqonligining, kuchining, chidamliligining zarur shartidir. Harakat reaksiyalari oddiy (masalan, issiq jismga tekkanda qo'lni tortib olish) va murakkab bo'ladi. Murakkab reaksiyalar - ma'lum bir harakatlar vazifasini yechishga yo'naltirilgan ketma-ket harakatlar seriyasi.
Murakkab harakatlarga misol bo'lib, gavdaning fazoda harakatlarini ta'minlaydigan skeletmushak tizimining harakatlari - lokomotsiyalari (yurish, yugurish, suzish, sakrash va h.k.) xizmat qiladi.
Eng murakkab harakatlarga, maxsus harakatlar deb nomlanadigan - mehnat, sport, o'yin va boshqa harakatlar kiradi.
Murakkab, ko'p pog'onali jarayonda erkin harakatlarni shakllantirishda, boshqarishda va ijro qilishda asab tizimining barcha darajalari (orqa miya, bosh miyaning turli hosilalari, periferik asablar) qatnashadilar hamda erkin harakatlarning bevosita ijrochisi - tayanch-harakat apparati (THA) qatnashadi.
Tayanch-harakat apparatini skeletning suyaklari, bo'g'imlar, bog'lamlar va mushak-paylari bilan birgalikda tashkil qiladi, ular harakatlar bilan bir vaqtda organizmning tayanch funksiyasini ham bajaradi.
Suyaklar va bo'g'imlar mushak harakatlariga bo'ysingan holda harakatlarda passiv ishtirok etadilar, lekin tayanch funksiyasini bajarishda yetakchi rol o'ynaydi. Suyaklarning ma'lum bir shakli va tuzilishi ularni juda mustahkam qiladi, ushbu mustahkamlikning qisilish, cho'zilish, egilish zahirasi THA ning kundalik ishi paytidagi mumkin bo'lgan yuklamalardan ancha katta.
Masalan, odamning katta boldir suyagi qisilgan paytda bir tonna og'irlikdagi yuklamaga chidaydi, cho'zilish mustahkamligi bo'yicha esa cho'yanga bas kelishi mumkin. Bog'lamlar va tog'aylar ham mustahkamlikning katta zahirasiga ega.
Harakatlar har bir bo'g'im uchun dvigatel kabi xizmat qiluvchi skelet mushaklarining qisqarishi ta'siri ostidagi ko'rinishida namoyon bo'ladi yoki suyakbo'g'im apparatining ishtirokisiz faqat mushaklar tomonidan amalga oshiriladi (mimika harakatlari va b.).
Skelet mushaklari gavdani ma'lum bir holatda fiksatsiya qilish bilan statik faoliyatni hamda gavdani fazoda, uning alohida qismlarini bir-biriga nisbatan harakatlarini amalga oshirish bilan dinamik faoliyatni bajaradi.
Mushak faoliyatining ikkala turi bir-birini to'ldirib, yaqindan o'zaro harakat qiladi: statik faoliyat dinamik faoliyat uchun dastlabki fonni ta'minlaydi. Qoidaga binoan, bo'g'imning holati bir nechta turli yo'nalgan mushaklar, jumladan qarama-qarshi ta'sir ko'rsatuvchi mushaklar yordamida o'zgaradi.
Bo'g'imlarning barcha mushaklari bir tekis bo'shashgan va harakat chaqirmaydigan holati – fiziologik tinchlik holati deb ataladi, bunda bo'g'imning holati – o'rtacha fiziologik holat deb ataladi.
Bo'g'imning murakkab harakatlari yo'naltirilmagan ish bajaruvchi mushaklarning uyg'un, bir vaqtdagi yoki ketma-ket qisqarishi bilan to'ldiriladi. Ko'pchilik bo'g'imlar ishtirok etadigan harakat aktlarini bajarish uchun muvofiqlik o'ta zarurdir (masalan, chang'ida yugurishda, suzishda va h.k.).
Harakatlarni muvofiqlashtirish mexanizmlari to'g'risidagi zamonaviy tasavvurlar bo'yicha, mushaklar nafaqat ijrochi harakatlantiruvchi apparat, balki o'ziga xos sezgi organi hamdir. Mushak duklarida va paylarda maxsus asab uchlari - retseptorlar mavjud bo'lib, ular MAT ning turli darajalaridagi hujayralarga impulslar yuboradi.

Download 29.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling