3-Seminar mashg'uloti Lokomator harakatlar Reja
Download 29.76 Kb.
|
3-Seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odam lokomotsiyalari (harakatlari) turlari Organizmning lokomotsiyalari
Issiklik lokomotivlari — parovoz, teplovoz, motovoz, gaz-turbovoz. Bularda energiya ishlab chiqaradigan alohida (xususiy) kuch qurilmasi boʻladi.
Elektr lokomotivlari kontakli va akkumulyatorli elektrovozlardan iborat. Parovozni bugʻ mashinasi, teplovoz va motovozni inki yonuv dvigatel, gaz-turbovozni gaz turbinasi, elektrovoz va elektr poyezdni elektr dvigateli va akkumulyator harakatlantiradi. Asosiy lokomotivlardan tashqari har xil aralash lokomotivlar ham bor: dizel-elektrovozlar, teplovozlar, kontaktli-akkumulyatorli elektrovozlar va boshqa (bular unchalik keng tarqalmagan). Asosan, teplovoz va elektrovozlardan foydalaniladi, tezligi 200 km/soatdan oshadigan aviatsiya gaz turbinali turbovozlar (Angliya, Rossiya), magnit va havo yostiqli Lokomotiv (tezligi 500 km/soat gacha) yaratilgan (Yaponiya), yoqilgʻi elementlar va yadro reaktorlardan foydalanib ishlaydigan energetik qurilmali lokomotiv loyihasi ustida ishlar olib borilmoqda. Odam lokomotsiyalari (harakatlari) turlari Organizmning lokomotsiyalari - atrof-muhit bilan faol o'zaro harakatlar imkoniyatini ta'minlovchi hayot faoliyatining ko'rinishlaridan biridir. Lokomotsiyalar (lot. locus - joy va motio - harakat) - hayvonlar va odamlarni fazoda faol harakatlarini chaqiruvchi, ularning muvofiqlashgan harakatlari birligidir: muhitning turli sharoitlarida yashashi uchun muhim moslashishidir. Odamning lokomotsiyalariga yurish, yugurish, sakrash, suzish kabilar va boshqalar kiradi. Evolyutsiya jarayonida lokomotsiyalar o'zgargan va murakkablashgan. Lokomotsiyalarning har bir turi, juda ko'p har xil turlarga ega. Masalan, oddiy yurish va sport yurishi, qisqa, o'rta va uzoq masofalarga yugurish farqlanadi va h.k. Lokomotsiyalarga individual xususiyatlar xos. Odamning lokomotsiyalari gavda holatini ushlab turishni, gavdaning alohida qismlari harakatlari va gavdani fazoda to'liq harakatini ta'minlaydigan skelet mushaklarining qisqarishi natijasi ko'rinishida bo'ladi. Harakatlarni tasniflash paytida gavda qismlari erishadigan vaziyatlarning xarakteri (bukish, rostlash va b.), funksional vazifasi (orientirlanish, himoya va b.) yoki ularning mexanik xususiyatlari (masalan, aylanma harakatlari) hisobga olinadi. Odamning harakatlari markaziy asab tizimi (MAT) tomonidan nazorat qilinadi: u harakat organlarining faoliyatini ketma-ket mushak qisqarishlarida amalga oshiriladigan u yoki bu vazifalarini bajarishga yo'naltiradi. Harakatlar faolligining ushbu shaklini erkin yoki ongli harakat deb, harakat aktlarini amalga oshirish paytidagi mushak guruhlarining muvofiqlashgan faoliyatini – harakatlar muvofiqligi deb atashadi. Download 29.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling