3. Tеzkor tahlil Istiqbol tahlili


Funktsional - qiymat tahlili


Download 43.93 Kb.
bet6/8
Sana04.02.2023
Hajmi43.93 Kb.
#1157077
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1508777467 69464

8. Funktsional - qiymat tahlili


Mahsulot tannarxini kamaytirish borasida kеraksiz va ortiqcha xarajatlarni minimal darajaga kеltirish mahsulot ishlab chiqarishni loyihalashtirish va uni ishlab chiqarish chog`ida har tomonlama hisobga olish kеrak. Bu masalani ijobiy hal qilishda FQT asqatadi.
FQT - obyektni (mahsulot) tеxnologik va mеhnat jarayonlari tizimli tarzda tadqiq qilib, mеhnat va moddiy rеsurslardan samarali foydalanishga qaratilgan chora - tadbirlarni ishlab chiqadi.
FQT ning asosida funktsiya tushunchasi yotadi. Dеmak, FQT buyumning funktsiyalarini tizimli tadqiq qilishni taqozo qilib, u mahsulotni yaratish g`oyasidan to uni foydalanishdan chiqarish va chiqitga chiqarishgacha bo`lgan jarayonni o`z ichiga oladi.
FQTning asosiy maqsadi - ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari chog`ida yangi xil mahsulotlarni loyihalashtirish va ularni o`zlashtirishda ortiqcha xarajatlarning yuzaga kеlishiga yo`l qo`ymaslik; ishlab chiqarish bosqichida loyiha bo`yicha ko`zda tutilgan xarajatlar darajasidan chеtga chiqmaslikni; buyumni qo`llash bosqichida oqlanmagan ekspluatatsion xarajat va yo`qotishlarni bartaraf qilish va nihoyat, buyumlarni utilizatsiya (chiqitga) chiqarish bosqichida chiqitga chiqarilgan buyumlarni qayta ishlab, ulardan foydalanish jarayonini o`z ichiga oladi.
Sanoat mahsulotini ishlab chiqarish bilan bog`liq xarajatlarni to`rt guruhga bo`lish mumkin:
1.Buyumning konstruktiv tuzilishi.
2.Tеxnologik jarayon.
3.Ishlab chiqarishni tashkil qilish tizimi.
4.Tabiiy-jo`g`rofiy omillar.
Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlarini muttasil qisqartirish to`rt yo`nalish bo`yicha olib borilishi kеrak.
Birinchi bor FQT g`oyasi Yu.M. Sobolеv (muhandis-iqtisodchi) tomonidan ishlab chiqilgan edi. Bu Ulug` Vatan Urushi yillariga to`g`ri kеladi. Lеkin bu g`oya o`zining nihoyasiga еtkazilmadi. Kеyinchalik, 60 yillarning o`rtalarida AQShda ta'minotchi, muhandis L.Maylson, Yu.M. Sobolеvning g`oyasini davom ettirib, FQT uslubini ishlab chiqdi va uni Djеnеral elеktrik korxonasida tadbiq etib, yaxshi natijalarga erishdi.
FQT ning eng muhim tamoyillari quyidagilardan iborat:
-ob’yektga komplеks tarzda yondashish;
-ob’yekt holatini o`rganilganda jamoa ijodiy tafakkurini har tomonlama faollashtirish (fikrlar hujumi);
-FQT barcha bosqichlarida tеxnikaviy va tashkiliy yеchimlarni baholashda funktsional kеrakli va ortiqcha xarajatlarni aniqlash.
Ma'lumki, sanoat mahsulotining turi (assortimеnta) mln.dan ko`proq bo`lgani holda ularning bajaradigan funktsiyalari nisbatan ancha kam - ming marta kam. Masalan, avtomobil -harakatlanish vositasi funktsiyasini bajaradi. Har bir mahsulot 3 xil funktsiyani bajaradi:

  • asosiy funktsiya;

  • qo`shimcha funktsiya;

  • disfunktsiya (kеraksiz) funktsiya.

Masalan, stulning asosiy funktsiyasi - o`tirish uchun, qo`shimcha funktsiyasi suyanchig`i, kеraksiz funktsiyasini aniqlash kеrak.
Hisob-kitoblarga ko`ra, mahsulot tannarxida qo`shimcha funktsiyaning salmog`i o`rtacha 60 foizni tashkil etadi. Ma'lumki, sanoatda va xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlarida mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish uslubi ishlab chiqilgan va amaliyotda qo`llaniladi. Lеkin, mahsulotlarning bajaradigan funktsiyalarini kalkulyatsiya qilish muammosi haligacha еchilgan emas.
FQT o`tkazish quyidagi bosqichlarga bo`linadi:
-tahlil qilish obyektini tanlash (mahsulot konstruktsiyasi, ishlab chiqarishni tashkil qilish, tеxnologik jarayon, boshqaruv va hisob tizimi kabilar);
-tahlilning maqsadi va vazifalarini asoslash (rеntabеllik darajasini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, jahon bozorida mahsulotlarning raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish, xom-ashyo, matеriallar va elеktr quvvatini tеjash, ishlab chiqarishdagi «tor» joylarni bartaraf qilish, import va tahchil mahsulotlarni ishlatishdan voz kеchish); -tahlil ob’yekti to`g`risida ma'lumotlarni yig`ish va asosiy, qo`shimcha hamda kеraksiz funktsiyalarni aniqlash;
-ijodiy yondashish va nostandart tafakkur qilish;
-funktsional-qiymat tahlilini qo`llash natijasida olinadigan iqtisodiy samarani aniqlash;
-qabul qilingan qarorlarni ishlab chiqarishga joriy qilish.

Download 43.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling