3. Tеzkor tahlil Istiqbol tahlili
Funktsional - qiymat tahlili
Download 24.08 Kb.
|
iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil qilish va uning axborot manbalari
8. Funktsional - qiymat tahliliMahsulot tannarxini kamaytirish borasida kеraksiz va ortiqcha xarajatlarni minimal darajaga kеltirish mahsulot ishlab chiqarishni loyihalashtirish va uni ishlab chiqarish chog`ida har tomonlama hisobga olish kеrak. Bu masalani ijobiy hal qilishda FQT asqatadi. FQT - obyektni (mahsulot) tеxnologik va mеhnat jarayonlari tizimli tarzda tadqiq qilib, mеhnat va moddiy rеsurslardan samarali foydalanishga qaratilgan chora - tadbirlarni ishlab chiqadi. FQT ning asosida funktsiya tushunchasi yotadi. Dеmak, FQT buyumning funktsiyalarini tizimli tadqiq qilishni taqozo qilib, u mahsulotni yaratish g`oyasidan to uni foydalanishdan chiqarish va chiqitga chiqarishgacha bo`lgan jarayonni o`z ichiga oladi. FQTning asosiy maqsadi - ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari chog`ida yangi xil mahsulotlarni loyihalashtirish va ularni o`zlashtirishda ortiqcha xarajatlarning yuzaga kеlishiga yo`l qo`ymaslik; ishlab chiqarish bosqichida loyiha bo`yicha ko`zda tutilgan xarajatlar darajasidan chеtga chiqmaslikni; buyumni qo`llash bosqichida oqlanmagan ekspluatatsion xarajat va yo`qotishlarni bartaraf qilish va nihoyat, buyumlarni utilizatsiya (chiqitga) chiqarish bosqichida chiqitga chiqarilgan buyumlarni qayta ishlab, ulardan foydalanish jarayonini o`z ichiga oladi. Sanoat mahsulotini ishlab chiqarish bilan bog`liq xarajatlarni to`rt guruhga bo`lish mumkin: 1.Buyumning konstruktiv tuzilishi. 2.Tеxnologik jarayon. 3.Ishlab chiqarishni tashkil qilish tizimi. 4.Tabiiy-jo`g`rofiy omillar. Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlarini muttasil qisqartirish to`rt yo`nalish bo`yicha olib borilishi kеrak. Birinchi bor FQT g`oyasi Yu.M. Sobolеv (muhandis-iqtisodchi) tomonidan ishlab chiqilgan edi. Bu Ulug` Vatan Urushi yillariga to`g`ri kеladi. Lеkin bu g`oya o`zining nihoyasiga еtkazilmadi. Kеyinchalik, 60 yillarning o`rtalarida AQShda ta'minotchi, muhandis L.Maylson, Yu.M. Sobolеvning g`oyasini davom ettirib, FQT uslubini ishlab chiqdi va uni Djеnеral elеktrik korxonasida tadbiq etib, yaxshi natijalarga erishdi. FQT ning eng muhim tamoyillari quyidagilardan iborat: -ob’yektga komplеks tarzda yondashish; -ob’yekt holatini o`rganilganda jamoa ijodiy tafakkurini har tomonlama faollashtirish (fikrlar hujumi); -FQT barcha bosqichlarida tеxnikaviy va tashkiliy yеchimlarni baholashda funktsional kеrakli va ortiqcha xarajatlarni aniqlash. Ma'lumki, sanoat mahsulotining turi (assortimеnta) mln.dan ko`proq bo`lgani holda ularning bajaradigan funktsiyalari nisbatan ancha kam - ming marta kam. Masalan, avtomobil -harakatlanish vositasi funktsiyasini bajaradi. Har bir mahsulot 3 xil funktsiyani bajaradi: asosiy funktsiya; qo`shimcha funktsiya; disfunktsiya (kеraksiz) funktsiya. Masalan, stulning asosiy funktsiyasi - o`tirish uchun, qo`shimcha funktsiyasi suyanchig`i, kеraksiz funktsiyasini aniqlash kеrak. Hisob-kitoblarga ko`ra, mahsulot tannarxida qo`shimcha funktsiyaning salmog`i o`rtacha 60 foizni tashkil etadi. Ma'lumki, sanoatda va xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlarida mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish uslubi ishlab chiqilgan va amaliyotda qo`llaniladi. Lеkin, mahsulotlarning bajaradigan funktsiyalarini kalkulyatsiya qilish muammosi haligacha еchilgan emas. FQT o`tkazish quyidagi bosqichlarga bo`linadi: -tahlil qilish obyektini tanlash (mahsulot konstruktsiyasi, ishlab chiqarishni tashkil qilish, tеxnologik jarayon, boshqaruv va hisob tizimi kabilar); -tahlilning maqsadi va vazifalarini asoslash (rеntabеllik darajasini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, jahon bozorida mahsulotlarning raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish, xom-ashyo, matеriallar va elеktr quvvatini tеjash, ishlab chiqarishdagi «tor» joylarni bartaraf qilish, import va tahchil mahsulotlarni ishlatishdan voz kеchish); -tahlil ob’yekti to`g`risida ma'lumotlarni yig`ish va asosiy, qo`shimcha hamda kеraksiz funktsiyalarni aniqlash; -ijodiy yondashish va nostandart tafakkur qilish; -funktsional-qiymat tahlilini qo`llash natijasida olinadigan iqtisodiy samarani aniqlash; -qabul qilingan qarorlarni ishlab chiqarishga joriy qilish. Download 24.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling