3. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari
Download 130.03 Kb.
|
2 5253936611619514423
Kontokorrent operatsiyalari
Banklarning noa’anaviy operatsiyalaridan biri kontokorrent operatsiyalar hisoblanadi. Kontokorrent (overdarft) operatsiyalarda mijozlarning banklardagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari bo‘yicha ma’lum miqdorda debet qoldiq (overdraft) qolishiga ruxsat beriladi. Albatta, bu iqtisodiy jarayon bank va mijoz o‘rtasida tegishli shartnoma asosida rasmiylashtiriladi, kontokorrent shartnomasiga binoan mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarida mablag‘lar mavjud bo‘lmagan holda, unga to‘lovlarni amalga oshirish uchun tegishli summani debet qoldig‘i hisobidan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi. Kontokorrent (overdraft) operatsiyalarida mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘ining aktiv qismida qolgan qoldiq asosida bank hisobiga tegishli foiz hisoblanadi. Mijoz tomonidan sotilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan mablag‘lar uning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i tushishi orqali debet qoldiq (overdraft) summasi yopiladi. SHu tariqa, bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan muddat davomida kontokorrent (overdraft) operatsiyasi amalga oshiriladi. Uning ishtirokchilari bank va bankning mijozi hisoblanib, bank kontokorrent (overdraft) shartnomasini tuzayotganda mijozning moliyaviy holati, balansining likvidligi va boshqa mezonlariga alohida e’tibor qaratadi. Bunda asosan bank bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgan va asosli to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan hamda ishonchli mijozlari yuqori mavqiega ega bo‘ladi. Kontokorrent (overdraft) operatsiyalarining qator afzalliklari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilar hisoblanadi: – mijozning qisqa muddatli moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi va qo‘shimcha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ketadigan vaqt va moliyaviy mablag‘larni tejash imkoniyatini beradi; – banklarga moliyaviy mablag‘larni ishonchli va samarali maqsadlarga joylashtirish imkoniyatini berish bilan birga, qo‘shimcha foyda olishga sharoit yaratadi. Download 130.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling