3. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari. Banklarning qimmatli qogozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalari

Tijorat banklarining komissionvositachilik operatsiyalari

Download 90.26 Kb.
bet5/6
Sana22.06.2023
Hajmi90.26 Kb.
#1650596
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU

5. Tijorat banklarining komissionvositachilik operatsiyalari.
Tijorat banklari o’z faoliyati davomida turli xil xizmatlar ko’rsatadilar. Tijorat banklarining bu xizmatlari ular uchun ma’lum daromad olib keladi. Bu daromadlar komission mukofot, o’tkazmalar va yigimlar shaklida bo’lishi mumkin. Keyingi yillarda bank xizmatlarining turlari va miqdori o’sib, bu soha bank faoliyatining sezilarli yo’nalishiga, ularning daromadining manbalaridan biriga aylanib bormoqda. O’zbekistonda tijorat banklar faoliyatining tahlili shuni ko’rsatadiki, ba’zi banklar daromadlari tarkibida asosiy o’rinni har xil xizmatlardan keladigan tushumlar tashkil qiladi.
Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatida ijara yoki lizing (Leasing – ingl. «ijara») operatsiyalarini moliyalashtirish bilan bogliq faoliyat turlari keng rivojlanmoqda. Bu operatsiyalarning mohiyati shundaki, banklar mashinauskuna, jihozlar, transport vositalarini sanoat korxonalariga o’zoq muddatli ijaraga beradi va ular bilan lizing shartnomalarini to’zadi. Bu holda bank vositalarni sotib olish uchun sanoat korxonalariga ssuda berish o’rniga ularni o’zi sotib oladi va iste’molchilarga ijaraga bergan holda egalik huquqini o’zida saqlab qoladi. Bunda bank ssuda foizini emas, balki ijara haqini (lizing to’lovini) oladi. Korxonalar uchun esa lizing investitsiyalarni moliyalashtirishning maxsus usullaridan biri hisoblanadi.

Lizing operatsiyalarida uch sub’ekt – ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va mol etkazib beruvchi ishtirok qiladi.
Ijaraga beruvchi bu – moliyaviy xarakterdagi vazifani bajaruvchi, ixtisoslashgan moliyaviy (lizing) korxonadir. Lizing, eng avvalo, moliyaviy investitsiyayalarning vositasi va ishonchli moliyaviy manbalarni talab qilgani uchun jahon amaliyotida lizing kompaniyalari banklar tomonidan nazorat qilinadi yoki ularning sho’’ba korxonalari bo’ladi.
Ijaraga oluvchi – ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun vositalarni ijaraga oluvchi ishlab chiqarish yoki savdo korxonasidir.
Mol etkazib beruvchi tomon lizing shartnomasi ob’ektini ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilot bo’lib, u ishlab chiqarish yoki savdo korxonasi sifatida bo’lishi mumkin.
Odatda, mol etkazib beruvchi va ijaraga oluvchi tijorat shartnomasining asosiy shartlarini ishlab chiqadi. Shu bilan bir qatorda, ijaraga beruvchi (bank) moliyalashtirish shartlarini o’rganib chiqadi va ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasini imzolaydi.
Moliyalashtirish masalasini hal qilishda bank mijozning daromad darajasini o’rganib chiqadi. Lizing ob’ektidan to’gri va samarali foydalanish imkoniyatlarini ba’zida mutaxassislar ko’rib chiqishi va qo’shimcha kafolatlar talab etilishi mumkin. Shartnomada lizing operatsiyalari bo’yicha ijara muddati, miqdori, valyutasini, ijara haqini to’lash muddati va shartlari, ijaraga olinuvchining vositaning (asbob-uskunaning) tarkibi, ishga yaroqligi bo’yicha majburiyatlari va boshqa ko’rsatkichlar o’z ifodasini topishi lozim.
Amaliyotda lizingning bir necha turlari qo’llaniladi. Bo’lar operativ yoki ishlab chiqarish lizingi, moliyaviy lizing va boshqalardir.
Operativ lizing ko’proq ishlab chiqarish davri bilan bogliq bo’lib; ob’ekt qisqa davrga, ya’ni uning hayotiy yaroqlilik davridan qisqaroq vaqtga ijaraga beriladi. Bu holda ob’ektning amortizatsiyasi (eskirishi) to’liq amalga oshmaydi, ya’ni ob’ektni yana bir necha marta ijaraga berish imkoniyati saqlanib qolinadi.
Tijorat banklari va ularning lizing kompaniyalari tomonidan, odatda, ko’proq moliya lizing operatsiyalari o’tkaziladi. Lizingning bu turi eng ko’p tarqalgan lizing shakllaridandir. U shartnomaning o’rta va o’zoq muddatligi bilan tavsiflanadi. Bunda amortizatsiya to’liq bo’lishi yoki ijara ob’ekti qoldiq bahoda qaytarib berilishi mumkin. Bu haqda ijaraga oluvchi ijara muddati tugashidan oldin e’lon qiladi.
Moliyaviy lizing haqiqatda ijara ob’ektini o’zoq muddatli kreditlash bo’lib, oddiy savdosotiqdan (egalik huquqi xarid vaqtida iste’molchiga o’tadi) farq qiladi. Lizing kompaniya asosiy vositalarni ijaraga oluvchi korxonaning ko’rsatmasiga binoan sotib oladi. Uni shu korxonaga o’zoq yoki o’rta muddatga (3, 5, 7 yilga) ijara shartnomasiga asosan sotishi va lizing muddati tugagandan keyin qoldiq bahoda sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasini tuzishi mumkin.
Tijorat banklarining moliyaviy operatsiyalarining yana bir turi bu faktoring operatsiyalari hisoblanadi. Bu operatsiyalar butun xo’jalik ko’lamida to’lovlar aylanishini amalga oshirish bilan bogliqdir. Faktoring (ingl. Factor – vositachi) – hisob-kitoblarni tashkil etish sohasidagi yangi xizmat turlaridan bo’lib, mijozning aylanma kapitalini kreditlash bilan muvofiqlashadi. Bunday operatsiyalarni chet ellarda, odatda, maxsus faktoring kompaniyalari amalga oshiradilar. Ular banklar bilan bogliq yoki ularning ixtisoslashgan sho’’balari va kompaniyalari hisoblanadi.
Moliyaviy aktivlar miqdorining o’sishi bilan rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining ishonch (trast ing. Trust“ishonch” ) operatsiyalarining hajmining oshishiga olib kelmoqda. Bankning bu xizmatlari bank bilan mijoz o’rtasida ishonchlilik munosabatlarining o’rnatilishi bilan bogliq. Tijorat banklarining trast bo’limlari, mijozlar topshirigi bo’yicha uning nomidan asosan mulk egaligi bilan bogliq va boshqa xizmatlarni bajaradi. Banklar trast operatsiyalarini xususiy korxona va firmalar, shaxslar va boshqa tashkilotlar uchun amalga oshiradi. Trast operatsiyalarini uch turga bo’lish mumkin: dalolatnoma, gamxo’rlik bilan bogliq operatsiyalar va vositachilik xizmatlari bo’yicha ko’rsatiladigan operatsiyalardir.
Merosni boshqarish bilan bogliq trast operatsiyalari xususiy shaxslar dalolatnomasi bo’yicha amalga oshirilib, bankning trast bo’limi qator majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. Ularning asosiylariga: merosxo’rning merosini sud qarori yoki meros xati asosida to’plash, boshqaruv ma’muriy xarajatlarini to’lash, merosxo’rlar o’rtasida merosni bo’lishi va shu oila a’zolariga xususiy xizmatlarni ko’rsatish kiradi.

Download 90.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling