3. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari. Banklarning qimmatli qogozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalari


Tijorat banklarining kredit operatsiyalari


Download 90.26 Kb.
bet3/6
Sana22.06.2023
Hajmi90.26 Kb.
#1650596
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU

3. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ichida kreditlash jarayoni asosiy o’rinni egallaydi. U quyidagi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi:
– kredit olish uchun berilgan mijozning ariza talabnomasini ko’rib chiqish;
–qarz oluvchining to’lovga va kreditga layoqatliligini bank tomonidan o’rganib chiqilishi;
– kredit qo’mitasining qarori;
– kredit bitimini rasmiylashtirish;
– kredit berilishi;
– ssuda va u bo’yicha foiz to’lashning bank tomonidan nazorat qilinishi.
Kredit va uni to’lash jarayoni kredit shartnomasida ko’rsatilgan bo’lib, kredit va qarz oluvchi o’rtasidagi majburiyat va huquqlarni belgilab beradi. Unda kreditlashning maqsadi va ob’ekti, kredit miqdori, ssudani berish va uni to’lash muddati, kredit ta’minotining turlari, kredit uchun foiz stavkasi va boshqalar ko’rsatiladi. Ssudani to’lashni nazorat qilish bankning kredit portfelini muntazam tahlil qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi.
Tijorat banklari o’zining xalk xo’jaligida tutgan urni va o’ziga xos faoliyati bilan bozor iktisodiyotining ajralmas kismi sifatida yuzaga keldi. Tijorat bank larining bugungi kundagi faoliyatiga e’tibor beradigan bo’lsak, xalk xo’jaligining xech bir sub’ekti yukki, u bugun bank xizmatidan foydalanilmayotgan bo’lsin.
Bundan tashkari banklar o’z mijozlariga moliyaviy broker sifatida xam xizmat ko’rsatmokda. Banklarning bunday funktsiyani bajarishlari korxona tashkilotlarning kimmatli kogozlar bozori operatsiyalarida katnashishlari uchun kulay sharoit yaratmokda.
Aktivlarni boshkarishning asosiy maksadi tavakkal qilishning eng past darajasi sharoitida daromad foiz tushumlari va xarajatlar orasidagi farkni mumkin kadar oshirish eki uni juda bo’lmaganda barkaror darajada saklab turishdan iborat ekanligi malum.
Kiska muddatli kreditlarga quyidagilar kiradi:
1. Lombard.
2. Kontakorrent.
3. Overdraft.
Umuman Bankda kredit berish jarayoni karz oluvchilar sonini ancha kupaytirishga, mijozlarni moliyaviy axvolini xar tomonlama va chukur taxlil qilish, ishonchli mijozlarni tanlash asosida, kredit soxasida uchraydigan tavakallarni kamaytirish, kreditdan maksadga muvofik ravishda foydalanish, kredit olishga karatilgan takliflarni shu yunalishda taksimlash va qabo’l qilish, kreditning kaytarilishini ta’minlaydigan kushimcha shakllardan foydalanish tomonga yunaltirilgan.
Mijozlar kredit olish uchun bankka kredit summasi, muddati, foiz stavkasi, maksadi, ta’minot turi ko’rsatilgan ariza, ta’sis xujjatlaridan nusxa, suralayotgan loyixa buyicha biznesreja, sunggi xisobot sanasiga to’zilgan va tasdiklangan balans xisobotlari takdim etishlari lozim.
Biznesrejada loyixani amalga oshiruvchi buyicha tulik ma’lumotlar, kreditning maksadi va uning axamiyati, loyixa buyicha bozorning urganish natijalari, boshkaruv tizimi, mexnat resurslari, ishlab chikarishni tashkil etilishi va rejalashtirilishi, ishlab chikarish va boshka xarajatlar, ma’muriyboshkaruv xarajatlari, olinadigan daromad va foyda, loyixaga ta’sir etuvchi risk faktorlari, pul okimlari prognozi, kreditning kaytarish jadvali ko’rsatilishiga katta axamiyat beriladi.
Berilgan arizalar Universal Bank bo’limlari tomonidan 3 ish kuni mobaynida kurib chiqiladi. Agar suralgan kredit mikdori bank bo’limlari uchun belgilangan chegaradan ortik bo’lsa, arizani kurib chikish uchun bosh bankka takdim etiladi.
Universal Bank bo’limlari uchun xududiy chegaralanish mavjud bo’lib, kuyi bo’limlar o’z joylashgan joylaridan 50 km radiusga kadar bo’lan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga kredit ajratishi mumkin. Ba’zi xollarda Bank Boshkaruvi ruxsati bilan ushbu chegara o’zgartirilishi mumkin.
2006 yil 1 fevraldan boshlab Universal Bank tomonidan chakana savdoni amalga oshirish maksadida beriladigan kreditlarning maksimal muddati 3 oy etib belgilangan.
2 Lizing operatsiyalari.
Lizing operatsiyalarining kichik va o’rta biznes sub’ektlari uchun kulay tomoni, ta’minot talab etilmaydi. Shuningdek, O’zbekistonning amaldagi Konunchiligiga asosan, lizingga olingan molmulklar uchun molmulk soligi lizing davri uchun tulanmaydi.
Shu bilan birgalikda, lizing operatsiyalarini amalga oshirish chogida, lizing ob’ekti texnologik uskuna bo’lib, import kilinadigan bo’lsa, bojxona tshchlovi va KKS tshchlashdan ozod etiladi.
3 Faktoring operatsiyalari
Koidalarda kredit berishning quyidagi yangi shakllari ko’zda tutilgan:
"kredit liniyasini ochmasdan" va "kredit liniyasini ochib" aloxida ssuda xisobvaragidan kredit berish;
kontokorentkredit;
overdraft;
kimmatli kogozlarni garovga kuyib kredit olish (garovxona krediti);
veksel krediti.
Qisqa muddatli kreditlar quyidagi 3 ta asosiy ob’ektni kreditlashga yo’naltiriladi:
Tovar moddiy boyliklar.
Ishlab chiqarish xarajatlari.
Hisob kitoblar uchun zarur bo’lgan mablaglar.
Qurilish uchun "oraliq" kreditlari bino va inshootlar, offislar, savdo markazlari va shu kabilarni qurish uchun beriladi. Aniqrogi kredit, bino va inshootlarni qurishda kerak bo’ladigan qurilish materiallari, qurish jihozlarini sotib olishga, quruvchi ishchilarni yollashga beriladi. Bu kabi kreditlar kredit oluvchining boshqa bir o’zoq muddatli ta’minoti ostida beriladi.
Qimmatli qogozlar dilerlariga kreditlar, davlat qimmatli qogozlari va xususiy qimmatli qogozlar dilerlari ba’zi vaqtlarda qisqa muddatlarda yangi qimmatli qogozlar sotib olish uchun mablagga ehtiyoj sezadilar. Bu kabi kreditlarni ko’pgina banklar "jon" deb taqdim etadilar. Sababi, bu kreditlar davlat qimmatli qogozlari bilan ta’minlangan bo’ladi. Bundan tashqari, bu kreditlar juda qisqa muddatlarga beriladi. (bir kundan bir necha kungacha).
Chakana tovaroborotga kreditlar. Banklar avtomobillar, elektrmaishiy jihozlar, mebellar va boshqa o’zoq muddat ishlatiladigan tovarlarni qarzga sotib olishni, dilerlar qarzga sotish shartnomasini imzolaganidan so’ng paydo bo’ladigan debitorlik qarzini moliyalashtirish orqali kredit beradi. Bu kabi kreditlashni debitorlik qarzini sotib olish deb ham izohlash mumkin.
Tijorat banklari tomonidan beriladigan barcha kreditlar uning kredit portfelida o’z ifodasini topadi.
Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o’rni va manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin. Tijorat banklari tasniflashni asosan milliy valyutada olib boradilar va ba’zi hollarda qayta moliyalashtirish va xususiy mablaglari hisobidan beriladigan kreditlar, masalan, Milliy bank va shunga o’xshash banklarda qattiq valyutada ham ifodalanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda markazlashtirilgan kreditlar davlatning qarorlariga asosan ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish uchun milliy valyutada beriladi. Qayta moliyalashtirish va bankning o’z mablaglari hisobidan beriladigan kreditlar mijoz kreditga layoqatli bo’lganda milliy valyutada yoki xorijiy davlat valyutasida berilishi mumkin.
O’zoq muddatli kreditlar quyidagi kreditlash ob’ektlariga yo’naltirilishi mumkin:
ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish uchun;
ishlab chiqarish ob’ektlarini qayta ta’mirlash, texnik qurollantirish va kengaytirish uchun;
texnikalar, asbob uskunalar va transport vositalarini sotib olish uchun;
yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun;
noishlab chiqarish sohasidagi ob’ektlarni qurish va hokazo.



Download 90.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling