3. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari. Banklarning qimmatli qogozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalari


Tijorat banklarining passiv operatsiyalari. Tijorat banklari passivlarining barqarorligi


Download 90.26 Kb.
bet2/6
Sana22.06.2023
Hajmi90.26 Kb.
#1650596
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU

2. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari. Tijorat banklari passivlarining barqarorligi.
Passiv operatsiyalar bu bank resurslarini shakllantirilishi bilan boglik operatsiyalardir. Passiv operatsiyalar aylanmadagi bo’lgan, yangi resurslar jalb qilish (orqali) natijasida banklarning aktiv operatsiyalarini amalga oshirishga imkoniyat yaratiladi.
Tijorat bank faoliyatini tashkil qilishning ilk bosqichi, ular passiv operatsiyalarini amalga oshirish hisobiga resurclarini shakllantirishdan iborat. Tijorat banki mustaqil faoliyat yurituvchi sub’ekt sifatida o’z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo’lgan talablardan biri, bu bankning talab darajasidagi o’z potentsiallariga ega bo’lishidir. Shu bois banklar faoliyatini olib borish avvalo yetarli miqdordagi bank resurslarining mavjud bo’lishini taqozo etadi. Har qanday tijorat banklarning passiv operatsiyalarining samarali boshqarib borilishi bank resurslarining mukammal tashkil qilinishi va tejamli ishlatilishiga zamin yaratadi. Hosil qilingan resurslar tijorat banklarning tijorat va xo’jalik faoliyatini ta’minlash uchun ishlatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining passiv operatsiyalari, uning tarkibi va hajmini oshirishda uni samarali boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining resurs bazasini shakllantirish nafaqat yangi mijozlarni jalb etish, balki resurslar manbalari to’zilmasini doimiy ravishda o’zgartirib turishni ham o’z ichiga olgan holda, bank aktivlari va passivlaridan oqilona foydalanishning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Tijorat bank passivlaridan samarali foydalanish passiv operatsiyalarini asosini tashkil qiluvchi, xususan, kapitalini oshirish, depozit siyosatining oqilona yuritish, asosiy strategik va taktik yo’nalishlarini belgilashdan iborat bo’ladi.
Tijorat bank resurslari bizga ma’lumki passiv operatsiyalarni natijasida shakllanadi. Bankning passiv operatsiyalari – bankning o’z va jalb qilingan mablaglarini ustida amalga oshirilgan amaliyotlarda yuzaga keladi. Moliyakredit lugatlarda berilishicha, banklarning passiv operatsiyalari bu – «Banklar kredit va boshqa aktiv amaliyotlarni bajarish uchun o’z resurslarini shakllantirish operatsiyalari»1 dir.
Xalqaro bank amaliyotida passiv operatsiyalarning quyidagi to’rtta shaklidan keng foydalaniladi:
banklarning foydasidan fondlarni shakllantirish va ularni ko’paytirishga ajratmalar;
depozit operatsiyalar;
yuridik shaxslardan olingan kredit resurslar;
qimmatli qogozlar, pul biletlar va tangalarni muomalaga chiqarish (emissiya).
Tijorat banklarining passiv operatsiyalari deganda, ularni resurs bazasini shakllantirish bilan bogliq operatsiyalari tushuniladi.

Bank tizimi faoliyati davlatning iqtisodiy xolati bilan o’zviy xolda boglik va unga o’ziga yarasha ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa xozirgi bozor iqtisodiga o’tish sharoitida, mamlakatdagi moliya – kredit tizimining tashkil etilganligi, iqtisodiy tsikllarning barqarorligini bank faoliyati ko’rsatkichlari orqali ko’rishimiz mumkin. Banklarning iqtisodiy faoliyatidan kelib chiqadigan bo’lsak bank faoliyatida xam o’ziga yarasha extiyojlar va talablar mavjud.


bank passivlarini ikkita katta guruxga bo’lib o’rganadi:2
Bank o’z kapitali va unga tenglashtirilgan moddalarni tashkil etish bilan bogliq operatsiyalar;
Jalb qilingan mablaglar, depozit va nodepozit operatsiyalar.
Tijorat banklarning o’z mablaglari tarkibiga ularni passiv operatsiyalari orqali quyidagilar kiritilgan:
1) Aktsiyadorlik kapitali (Oddiy, Imtiyozli)
2) Qo’shimcha kapital,
3) Zaxira kapitali (Zaxiralar va maxsus fondlar, devalvatsiya)
4) Taqsimlanmagan foyda
5) Qayta baholash ortiqchasidan iborat.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, o’z mablaglari ustav kapital, rezerv kapital, maxsus fondlar, o’tgan yillardagi taqsimlanmagan foydalar, rezervlar, qayta baholash natijalaridan iborat.
Shundan, tijorat banklar ustav kapitali ular tomonidan chiqargan aktsiyalarning nominal qiymatiga teng bo’lib, bankning boshlangich ish faoliyatida bank faoliyatini yuritishi uchun kerakli darajada mablagga ega bo’lish maqsadida o’zi uchun yetarli bo’lgan miqdorda joylashtiriladi. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda fond bozorlariga joylashtirilgan aktsiyalarning nominalidan yuqori bo’lgan bozor narxlari qo’shimcha ravishda nominalidan ortiqcha qismi qo’shimcha kapitalda xisobga olinadi.
Mamlakatimiz tijorat banklarining passiv operatsiyalarini tarkibida ularni depozit mablaglarini shakllantirish manbasi tijorat banklarini aktiv operatsiyalarini tashkil etishda muhim va hal qiluvchi o’ringa ega. Chunki passiv operatsiyalarni ichida ularning depozit mablaglari tijorat banklari o’z aktivlarini oshirish hisobiga o’z likvidliligi va rentabelligini oshirish imkoniga ega bo’ladi.
Depozit operatsiyalar – banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko’ra muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalardir3.
Pul qo’yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar quyidagilarga bo’linadi:
yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar);
jismoniy shaxslar;
Mablaglarni olish shakliga ko’ra depozitlar quyidagilarga bo’linadi:
muddatli depozit mablaglar;
talab qilib olingunga qadar depozit mablaglar;
aholining jamgarma qo’yilmalari.
O’z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi. Muddatli depozit mablaglar ularning muddatidan kelib chiqib tasniflanadi;
3 oy muddatgacha depozitlar;
3 oydan 6 oygacha depozitlar;
6 oydan 9 oygacha depozitlar;
9 oydan 12 oygacha depozitlar;
12 oydan yuqori bo’lgan depozit mablaglar.

Muddatli depozitlar bu banklar tomonidan ma’lum muddatga jalb qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlarlar qo’yilgan muddatda o’zgarmas bo’lishi lozim va ular joriy to’lovlar uchun ishlatilmaydi.


Chizma 1. Tijorat banklari depozit manbaalar



Download 90.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling