3-to’plam 29 may 2022


Download 357.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet121/204
Sana08.11.2023
Hajmi357.62 Kb.
#1757332
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   204
Bog'liq
35-19-PB

www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 140 
Rivojlangan mamlakatlarida tabiiy hududlar sayohati qimmat sayohat turlaridan 
biri bo‘lishiga qaramasdan minglab odamlar bunga o‘z mablag‘larini 
ayamayapdilar. Ekoturizm ko‘pchilik davlatlarning asosiy daromad manbai 
hisoblanadi. Masalan, AQSHda bir yilda qariyb 80 million amerkalik sayohatlarga 
220 milliard dollar sarflab tabiat qo‘ynida dam olib qaytadilar. Keniya milliy 
daromadining 80 foizi turizmdan olinadi. Chili aholisining 30 foizi turistlarga 
xizmat ko‘rsatish bilan band. Keyingi 10 yilda ekologik turizm bilan 
shuullanayotgan dalatlar soni 47 tadan 123 taga etdi. Ekoturistik firmalar soni 2 
baravar, xizmat ko‘rsatish darajasi esa 3 baravar oshdi.
Haqiqatdan ham so‘nggi yillarda jahon mamlaktlarida ekologik turizmga 
e’tibor kuchayib borayotganligini hisobga olgan holda ekologik turizmni yanada 
rivojlantirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2002 yilni Ekologik 
turizm yili deb e’lon qilgan edi. Bu esa ekoturizm sohasida havaskor va kasb 
bilan bog‘liq turizm tarmog‘iga bo‘lgan qiziqishning ortishiga va sayohatlarning 
takomillashtirilishiga sabab bo‘ldi. Ekoturizmning rivojlanishi tabiatni muhofaza 
qilish, turistlarni ona tabiatimizga jalb etish, noyob o‘simliklar va hayvonot 
dunyosini saqlash va ko‘paytirish muammolarini hal qilishga katta hissa qo‘shadi. 
O‘zbekistonga kelayotgan yoshi 50 dan oshgan sayyohlarning 41 foizi 
mamlakatimizning eng hushmanzara hamda tabiiy lanshaftlar yaxshi saqlanib 
qolgan noyob joylarini ko‘rish, 5 - 30 yoshlar atrofidagi sayyohlarning 26 foizi esa 
ekologik 
muammolar 
mavjud 
hududlarni 
ko‘rish istagida ekanligini 
bildirishgan. Ekologik turizmni rivojlantirishning yana bir ijobiy tomoni shundaki, 
unda turistlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxonalar talab 
qilinmaydi. Mamlakatimizdagi mavjud imkoniyatlar turistik yo‘nalishlarning har 
xil turlarini tashkil etish va sayyohlarni yil davomida qabul qilish imkonini beradi.
Tabiat insonning sayohatga chiqishi uchun joylarda turli darajada qulayliklar 
yaratgan. Har bir tabiiy komplekslarda inson organizmiga mavjud tabiiy omillar 
majmuali ravishda turlicha ta’sir etadi. Tekislik bilan tog’ mintaqalarida ta’sir 
etuvchi tabiiy omillarning majmuasini bir biriga solishtirib bo’lmaydi. Shularni 
e’tiborga olib har bir tabiiy kompleksni ekoturizm nuqtai nazaridan baholash 



Download 357.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling