3-to’plam 29 may 2022
Download 357.62 Kb. Pdf ko'rish
|
35-19-PB
www.pedagoglar.uz
29-son 3 –to’plam may 2022 Sahifa: 141 amaliy ahamiyatga ega. Tabiiy komplekslarni majmuali baholashdan avval har bir komponentni alohida baholash maqsadga muvofiqdir. Ekoturizm va uning rivojlanishi na faqat o’rganilayotgan hududning ijtimoiy- iqtisodiy sharoitiga bog’liq bo’libgina qolmasdan balki shu hududning tabiiy sharoitiga, unda ekoturistik ob’ekt-larning mavjudligiga va ularning geografik o’rniga ham bog’liqdir. Chunki tabiiy sharoit xususiyatlari hududning ekoturistik imkoniyatlarini va uning qaysi turlarini rivojlantirish mumkinligini aniqlashga imkon beradi. O’zbekistonning ekoturistik imkoniyatlarini o’rganishning asosiy mazmuni ekoturistlarning talablaridan kelib chiqqan holda geomajmualarni ekoturizm uchun yaroqliligi, qulay yoki noqulaylik darajasini aniqlab berishdan, hamda o’rganilayotgan geomaj-mualarning ekoturistik ob’ektlarga nechog’lik ega ekanligini, ularning geografik o’rnini aniqlashdan iborat. O’zbekistonning ekoturistik imkoniyatlarini o’rganganda, baholaganda eng avvalo ikki omilga e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Uning birinchisi ekoturistga – insonga va ikkinchisi tabiiy muhit va uning komponentlariga. Bunda ekoturist baholash sub’ekti sifatida, tabiiy muhit va uning komponentlari esa ob’ekt sifatida qaraladi. Ekoturizm o’zini rivojlanishi uchun ma’lum tabiiy geografik sharoitni talab qiladi. Hududning tabiiy omillari – relefi, iqlimi, suvlari, tuproq va o’simlik qoplami, hayvonot dunyosi va landshaftlari ekoturizm uchun geoekologik muhitni hosil qiladi. Shuning uchun hududlarning ekoturistik imkoniyatlarini aniqlashda yuqorida keltirilgan omillarni uyg’unlikda tahlil qilish talab etiladi. Tabiiy komplekslarni ekoturizm nuqtai–nazardan baholaganda uning ekoturistik aniqlab beradigan hamma xususiyatlarini inobatga olish talab etiladi. Bu xususiyatlar quyidagi omillar asosida shakllanadi. Ular litologo-geomorfologik, iqlim, suv rejimi, tuproq va o’simlik qoplami, hayvonot dunyosidir. Ular birgalikda u yoki bu tabiiy sharoitni shakllantirib joyni ekoturizm uchun yaroqligini va qaysi darajada qulayligini aniqlash imkonini beradi (jadval). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling