Reja I. Kirish II. Asosiy qism


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1595036
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


 
Reja 
I. Kirish…………………………………………………………………………….2 
II. Asosiy qism: 
 
I BOB. Mehnat bozorining shakllanishi………………………………………….4 
1.1. Mehnat bozorining mohiyati va shakllanishi………………………………….4 
1.2. Mehnat bozori modellari……………………………………………………...…13 
1.3. Mehnat bozorini tartibga solish………………………………………………….16 
II BOB. Ishsizlikning o`ziga xos xususiyatlari……………………………….…24 
2.1. Ishsizlik hаqidа umumiy tushunchаlаr………………………………………24 
2.2. Ishsizlikning sabablari va turlari…………………………………………….36 
2.3. Ishsizlik аsоsiy shаkllаrining o’zigа xоs xususiyаtlаri ………………………39 
III Xulosa…………………………………………………………………………47 
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………49 
 
 


KIRISH. 
Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taq- 
simlanishiga mos ravishda mehnat resurslari taqsimlanganligi sababli jahon
mehnat bozori tez rivojlanadi. Mehnat bozorida kelgindilar taklifi tez o'sadi,
narx arzonligidan unga taklif ham ortadi. Ma’lumotlarga ko'ra, 2000-yilda Yer
yuzida o'zi tug'ilgan yurtda ishlamaydiganlar soni 80 ming nafardan ziyod
bo'lgan. Xalqaro mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda o'zga
millat diasporasi o'sishiga olib keladi. Masalan, 2002 yilda AQSHdagi xitoyliklar
15 ming bo'lgan. Hozirgi vaqtda o'tish davri iqtisodiyotining oldida turgan
dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakllantirish va 
rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar 
rivojlanishining obyektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur. Mehnat bozori
bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog'langan. Haqiqatdan ham talabga
ega bo'lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning 
belgilangan majmuasiga ega bo'lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu
qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o'z iste’mol sifatlarini yo'qotmasligi uchun doimo 
qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o'zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat 
resurslari va butun aholining sifat ko'rsatkichlarini ham yaxshilanishini oshirib
yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo'q qilish mumkin. Ishchi kuchiga jami
talab — investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi. 
Jamiyatda yoki alohida olingan mamlakatda yaratilgan mahsulotning 
taqsimlanish tamoyillari, shakllari, usullari muhim muammo bo'lib, iqtisodchilar 
e'tiborini jalb etib hamda ular o'rtasida turli tortishuvlarga sabab bo'lib keladi. 
Shunga ko'ra, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi 
daromadlarning asosiy turi bo'lgan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bu mavzuda siz ish haqining iqtisodiy tabiati bilan bog'liq muammolar va 
uning shakllari hamda bozor munosabatlari sharoitida ish haqi darajasiga ta'sir 
ko'rsatuvchi omillar ko'rib chiqiladi. Tahlil ish haqi stavkasini nimaligi va uni 
aniqlashni tushuntirish bilan davom ettiriladi. Mavzuda mehnat munosabatlarining 


iqtisodiy mazmuni va ularni shakllantirishda turli shartnomalarning hamda kasaba 
uyushmalarining roliga alohida o'rin beriladi. 
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma'lumotlar 
talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining 
o'zgarishi, ish vaqtining sarflanishi, ish haqi fondi, to'lov turlari va hodimlar 
kategoriyasi bo'yicha hamda ish haqi fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa 
to'lovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu 
ma'lumotlar asosida mehnat unumdorligi va mehnat resurslaridan foydalanish, 
xodimlar soni, ish haqi fondining sarflanishi va boshqalar bo'yicha reja 
topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma'lumotlar asosida amalga 
oshiriladi. 
Mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining 
ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli 
vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat 
bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning 
sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab 
bilan chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida 
toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat 
birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat 
bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni 
oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir.
1
1
Vikipediya



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling