Vakolatli organlar tomonidan turistlarning nazorati va jamoat xavfsizligi


Download 19.55 Kb.
bet1/3
Sana16.04.2023
Hajmi19.55 Kb.
#1358781
  1   2   3
Bog'liq
1 мавзу


Vakolatli organlar tomonidan turistlarning nazorati va jamoat xavfsizligi.

YUzlab, minglab yillar muqaddam amalga oshirilgan ilk sayohatlar davridan boshlab ham, turizm iqtisodiyot tarmog‘iga aylangan paytdan (XIX asrning oxiridan) e’tiboran ham inson oldida butun sayohat marshruti davomida shaxsiy xavfsizlikni saqlash vazifasi turadi. Turistga birinchi navbatda har xil kriminal unsurlar xavf soladi. SHu bois har bir turoperator va turist o‘zini himoya qilish choralarini ko‘rishi lozim. Bu erda o‘zini o‘zi himoya qilish uchun qurol sotib olish to‘g‘risida emas (aksariyat mamlakatlarda turist qurol saqlashi va undan foydalanishi taqiqlanadi), balki qonun yo‘li bilan ruxsat etilgan va nazarda tutilgan xavfsizlik chora-tadbirlaridan foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Bunda sayohatlarning xavfsizligi dasturini quyidagi yo‘nalishlarda ishlab chiqish mumkin:


- turist bo‘lib turuvchi mamlakatning huquqni muhofaza qilish organlari bilan ishlash;
- jinoyatchilar tajovuzidan himoyalanishning odatdagi chora-tadbirlaridan foydalanish;
- mamlakat mintaqalari bo‘ylab yanada xavfsizroq marshrutlarni ishlab chiqish;
- umumiy e’tirof etilgan xulq-atvor qoidalariga amal qilish, o‘zining chet ellik maqomini suiiste’mol qilmaslik.
Turistik marshrutni tayyorlashda turoperator uchun quyidagi sxema taklif qilinadi (2.1-jadval).

2.1-jadval


Kriminal xavfsizlik qoidalarini ishlab chiqish

Turfirmalar uchun chora-tadbirlar

Turist xavfsizligining shaxsiy chora-tadbirlari

Mamlakatda o‘zini tutishning umumiy qoidalari

huquqiy tartibot uchastkalarining va politsiyadagi vakolatli shaxslarning manzili, telefon raqami va ism-sharifini bilish

Valyutani rasmiy muassasalarda ayirboshlash, qimor o‘ynamaslik

Yo‘lni belgilangan joydan kesib o‘tish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish

Mazkur marshrutni politsiyaga ekspertizaga taqdim etish

SHubhali shaxslar bilan aloqa qilmaslik

YAshash joyida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tish

Tur vaqtida tezkor xizmatlar bilan muntazam aloqa bog‘lab turish

Pullar va qimmatbaho buyumlarni qo‘riqlanadigan joylarda saqlash

Terrorizm aktlari qayd etilgan mamlakatlar bo‘ylab safarda ziyrak bo‘lish

2.1-jadvalda safar tashkilotchilari va turistlar amal qilishi lozim bo‘lgan umumiy qoidalar berilgan. Turoperator bu yo‘nalishda avvalambor safar mamlakatining huquqni muhofaza qilish organlari bilan ishlashi lozim. Avval jinoyatchilik to‘g‘risida milliy statistika ma’lumotlari, shuningdek politsiya faoliyati haqida ma’lumotlar olish kerak. Ayrim mamlakatlarda politsiyaning maxsus bo‘linmasi – turistik politsiya faoliyat ko‘rsatadi. U faqat chet ellik turistlar muammolari bilan shug‘ullanadi. Mazkur xizmatlar bilan hamkorlikda turistlarni mahalliy jinoyatchilikdan himoya qilish dasturini ishlab chiqish, turistlarga bu haqda, masalan, soat kechqurun ettidan keyin falon joylarga bormaslik, valyutani falon joylarda ayirboshlamaslik, kissavurlar, o‘g‘rilar va bosqinchilar e’tiborini tortmaslik uchun o‘zini qanday tutish kerakligi to‘g‘risida to‘liq axborot berish lozim.


Safar mamlakatining huquqni muhofaza qilish organlari bilan oldindan va muntazam ish olib borish turistik firmaning bosh vazifasidir. Turistik marshrutlarni ishlab chiqishdan tashqari, turoperator mazkur hududdagi kriminogen vaziyat to‘g‘risida maslahat olishi va zarur holda marshrutni o‘zgartirishi lozim. Zotan, o‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi qonuniga binoan, turistik korxonalar turistlarning borilgan joy (mamlakat) qonun hujjatlariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshirishlari shart, chunki ular turistlar bilan teng javobgar bo‘lishlari mumkin.
Bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning taxminiy sxemasi 2.2-jadvalda keltirilgan.

2.2-jadval



Download 19.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling